Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Download 4.59 Mb.
bet47/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   135
Bog'liq
B majmua

Darsning jihozlari: Sinf doskasi va bo’r, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, ko’rgazmali stendlar, ko’rgazmali qurollar, izohli lug’atlar, muammoli toshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar.
Darsda qo’llaniladigan usullar: Tarmoqlar texnologiyasi, umumlashtirish va sistemalashtirish darsi
Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi:
Tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining darsga tayorligini va sanitariya holatini kuzatish, davomatni qayd etish va o’quvchilarning darsga ruhan tayyorligini tekshirish.
Kirish qismi (Motivatsiya) o’tilgan mavzuni mustahkamlash (20 minut): O'qituvchi jurnalga yo'qlama qiladi va yangi mavzuni doskaga yozib qo'yadi hamda mavzuni tushuntirishda qaysi metoddan foydalanish to'g'risida qisqacha aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni o'zlashtirganliklarini tekshirish uchun o'quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib so`raydi
Yangi mavzu bayoni (45 minut)
Rejada joylashishi bo'yicha gazlashtirish tizimlari ikki turga bo'linadi: halqasimon, boshi berk yoki tarmoqlangan tizimlar.
Halqasimon tizimlar o'zaro bog'liq bo'lgan tutash, halqasimon gaz quvurlaridan iborat bo'ladi. Bunday tizimning asosiy afzalligi ularning ishonchligidir. Chunki gazlashtirish tizimining biron-bir uchastkasida avariya sodir bo'lib, gaz oqimi berkilib qolsa, avariya bo'lgan uchastkadan keyin joylashgan (gaz oqimi bo'yicha) iste'molchilarga gaz qo'shni halqasimon quvur orqali yetib boradi va iste'molchilarning gazsiz qolishga yo'l qo'yilmaydi. Lekin bunday tizimlarning kamchiligi ulardagi gaz quvurlari umumiy uzunligining kattaligi va natijada qurilishga ko'p kapital mablag' talab qilishidir.
Tarmoqlangan boshi berk tizimlar shaharning har tarafiga tarmoq­langan boshi berk gaz quvurlaridan iborat bo'ladi. Quvurlarning oxirgi uchastkalari o'zaro tutashmagan. Shuning uchun bunday tizimlarga kamroq kapital mablag' sarf bo'lib, qurilish arzonga tushadi. Lekin bunday tizimlarning biror joyida avariya bo'lsa, o'sha joydan keyin joylashgan (gaz oqimi bo'yicha) iste'molchilar gazsiz qoladi. Shuning uchun shaharlarda gaz ta'minotining ishonchliligini oshirish maqsadida kapital xarajatlar ko'proq bo'lsa ham, halqasimon tizimlar qo'llaniladi.
Tarmoqlangan boshi berk tizimlar kichik aholi punktlarida, sanoat korxonalari hududida hamda biror shaharni gazlashtirish jarayoni boshlanishida qo'llanilishi mumkin. Bunda avval shaharning har tomoniga boshi berk asosiy gaz quvurlari o'tkazilib, asosan, gaz iste'molchilari birinchi navbatda ta'minlanadi, keyinchalik esa gazlashtirish rivojlantirilib, boshi berk gaz quvurlari o'zaro tutashtiruvchi gaz quvurlari bilan ulanib, halqasimon gazlashtirish tizimlarini hosil qilishi mumkin. Shuning uchun boshi berk tizimlar kelajakdagi halqasimon gazlashtirish tizimlarining asosini tashkil qilishi mumkin.

Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling