Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Download 4.59 Mb.
bet85/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   135
Bog'liq
B majmua

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar bilimini mustahkamlash va mustaqil fikrlashga o’rgatish


Darsning jihozlari: Sinf doskasi va bo’r, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, ko’rgazmali stendlar, ko’rgazmali qurollar, izohli lug’atlar, muammoli toshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar.
Darsda qo’llaniladigan usullar: dialog, aqliy hujum, kichik guruhlarda Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi:
Tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining darsga tayorligini va sanitariya holatini kuzatish, davomatni qayd etish va o’quvchilarning darsga ruhan tayyorligini tekshirish.
Kirish qismi (Motivatsiya) o’tilgan mavzuni mustahkamlash (20 minut): O'qituvchi jurnalga yo'qlama qiladi va yangi mavzuni doskaga yozib qo'yadi hamda mavzuni tushuntirishda qaysi metoddan foydalanish to'g'risida qisqacha aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni o'zlashtirganliklarini tekshirish uchun o'quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib so`raydi
Yangi mavzu bayoni (45 minut)
Sanoat korxonalari kommunal maishiy korxonalar gaz yoqilg’isini o’rtacha va yuqori bosimli shaxar gaz tarmoqlaridan oladilar.
Kam gaz istemol qiluvchi sanoat korxonalari (50÷150 m3/soat) past bosimli tarmoqlar orqali gaz yokilg’isi bilan ta’minlanishi mumkin.
Sanoat korxonlarining qanday bosimli gaz tarmog’iga bog’lanishi va ularning optimal bog’lanish yo’llari texnik iqtisodiy xisob bilan asoslanadi. Yirik sanoat korxonalari (SKX) issiqlik elektr markazlari (IEM), lar maxsus gaz quvurlari yordamida GTS dan to’g’ridan-to’g’ri bog’lanadi yoki magistral gaz quvuridan GTS orqali tabiiy gaz bilan ta’minlanadi. Sanoat korxonalari gaz ta’minoti sistemalari quyidagi qismlardan tashkil topgandir:
1. Sanoat korxonalari maydonlariga gaz tarmog’ining kiritilishi;
2. Sexlar oralig’i gaz tarmog’i (SOGT);
3. Sexlar ichi gaz tarmog’i (SIGT);
4. Gaz boshqaruv shaxobchalari (GBSh) va gaz boshqaruv qurilmalari (GBQ);
5. Gaz miqdorini o’lchovchi joy (GMUJ);
6. Gazdan foydalanuvchi qurilmalari agregatlarda aylanma gaz tarmoqlari.
Sanoat korxonalariga gaz, shaxar gaz tarmoqlaridan tarmoqlar orqali va aloxida kiritilishi mumkin. Gaz tarmog’i kiritilishda asosiy boshqaruv qurilmalari o’rnatilib, uning joylanishi xizmat ko’rsatish uchun ko’lay bo’lishi korxona xududidan tashqarida o’rnatilishi va tarmoqlangan gaz quvuriga yaqin masofada o’rnatilishi kerak.
Sanoat korxonalarini gaz bilan ta’minlashdagi tasvirlarida markazlashgan gaz boshqaruv shaxobchalarida (MGBSh) ni loyixalash ko’zda tutilib, sexlar oralig’idagi gaz tarmoqlarida gaz bilan kamaytirib boshqarilib turiladi. Bunday xollarda ularga gaz miqdorini o’lchovchi qurilmalar o’rnatiladi. Sexlar oralig’idagi gaz quvurlarida doimo o’rtacha bosim saqlab turiladi va faqatgina mayda istemolchilargina past bosimli gaz tarmog’i orqali ta’minlanadi. Yuqori bosimli gaz quvurlaridan gazdan foydalanuvchi qurilmalar qo’llaniladi. Sexlarga gaz tarmog’i kiritilganda tashqaridan va ichkaridan boshqariluv qurilmalari o’rnatiladi. Sex ichki gaz tarmoqlari devorlar va kolonnalar bo’yicha berkli tarmoq ko’rinishida yotqiziladi. Sex ichki gaz quvurlari zaruriy xollarda sanoat sexlarini xalqa ko’rinishli tasvirda loyixalanish mumkin. Gaz agregatlariga gaz quvurlari tarmoqlarida asosiy boshqaruv qurilmalari o’rnatiladi.
Sanoat korxonalari va qozon qurilmalari gaz tarmoqlari maxsus gazni chiqaruvchi bekitgichlar bilan birgalikda quvurlar bilan jixozlanadi. Bunday qurilmalarning o’rnatilishi sex ichki gaz quvur-larning oxirgi oraliqlaridan, gaz chiqruvchi quvurlarga gaz oqimining xarakati yo’nalishiga qarab bekitgich qurilmalar loyixalanadi. Sexlar ichidagi gaz quvurlarida gazning bosimi sexlarga o’rnatilgan gorelkaning oldidagi gaz bosimiga qarab aniqlanadi.



Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling