Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Issiqlik ta’minoti haqida umumiy ma’lumotlar


Download 4.59 Mb.
bet93/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   135
Bog'liq
B majmua

Issiqlik ta’minoti haqida umumiy ma’lumotlar
Issiqlik tarmoqlari har xil binolarni markazlashtirilgan usulda issiqlik bilan ta’minlash uchun yusizmat qiladi. Issiqlik manbai TES, issiqlik stansiyalari, tuman va kvartal qozonxonalari bo’lishi mumkin. Issiqlik iste’molchilariga isitish sistemalari, oqava ventilyasiya, qaynoq suv bilan ta’minlash siste­malari va ishlab chiqarish binolarining texnologik jihozlari kiradi. Markaziy issiqlik bilan ta’min­lash sistemalarida issiqlik eltgich sifatida tempera­turasi 115— 150°S ga yetadigan qaynoq suv va bug’ ishlatiladi.
Issiqlik bilan ta’minlash manbaidan abonentlarning kirish trubalarigacha issiqlik eltgich uzatadigan trubalar sistemasi issiqlik tarmoqlari deb ataladi. Tuman qozonxonasidan issiqlik bilan ta’minlash sxemasi a da keltirilgan. 115°S gacha qizdirilgan suv tashqi magistrallar 2 bo’ylab ayrim binolarning „isitish sistemalari 3 ga beriladi va ularda sovib, teskari magistrallar 4 bo’ylab yana qozonga qaytadi.
Tuman issiqlik ta’minoti sxemalari: a — issiqlik eltgichining temperaturasi 95° S bo’lganda, b—issiqlik eltgichning temperaturasi 150° S bulganda: /—qozonlar, 2— tashqi uzatuvchi magistral, 3 binoni isitish sistemasi, 4 — tashki teskari magistral, 5 — nasos, 6 — elevator.
S istemada suv issiqlik markaziga o’rnatilgan nasos 5 yordamida sirkulyasiyalanadi. Kengaytirish idishi teska­ri magistralga issiqlik markaziga yaqinroq joyga o’rnatiladi.
Yuqori temperaturali suv bilan isitish sis­temasi, b da keltirilgan. Bu sxemaning oldingi sxemadan farqi binolarga suv oqimi elevatorlari 6 o’rnatiladi. Elevatorga kelgan qaynoq, suv mahalliy isitish sistemasidan kelgan sovuq suvga aralashadi. Shu tufayli, mahalliy isitish sistemasiga hisobiy temperaturasi 95—105°S li suv kiradi. Bundan tashqari, elevatorlar sistemada sirku­lyasion bosimni hosil qiladi.
Suv oqimli elevator konussimon soplo 1, so’rish kamerasi 3 (unga isitish sistemasining teskari magistralidan sovigan suv kiradi), aralashtirish konusi 4 va diffuzor 5 dan iborat.
Berk sistema ketma-ket ulangan ikkita boylerdan iborat. Ularda sovuq vodoprovod suvi I pog’ona boyleri 5 da teskari tarmoq suvidan qiziydi, so’ngra II pog’ona boylerlari 2 da zarur tetemperaturasigacha qiziydi. II pog’ona boyleri tarmoq suviga ulangan, shuning uchun uzatuvchi liniyadan chiqqan suv boyler orqali o’tib, yana shu liniyaga qaytadi. Issiqlik tarmog’ining uzatuvchi liniyasiga termorelyeli sarf rostlagichi yoki uch yo’lli klapan o’rnatilgan. Ular qaynoq suv temperaturasini doimo birdek saqlab turadi.

Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling