Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Download 4.59 Mb.
bet92/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   135
Bog'liq
B majmua

Darsning jihozlari: Sinf doskasi va bo’r, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, ko’rgazmali stendlar, ko’rgazmali qurollar, izohli lug’atlar, muammoli toshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar.
Darsda qo’llaniladigan usullar: savol – javob, aqliy hujum, kichik guruhlarda Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi:
Tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining darsga tayorligini va sanitariya holatini kuzatish, davomatni qayd etish va o’quvchilarning darsga ruhan tayyorligini tekshirish.
Kirish qismi (Motivatsiya) o’tilgan mavzuni mustahkamlash (20 minut): O'qituvchi jurnalga yo'qlama qiladi va yangi mavzuni doskaga yozib qo'yadi hamda mavzuni tushuntirishda qaysi metoddan foydalanish to'g'risida qisqacha aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni o'zlashtirganliklarini tekshirish uchun o'quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib so`raydi
Yangi mavzu bayoni (45 minut)
Har xil binolar yagona issiqlik energetika markazi: kvartal yoki tuman qozonxonasi yoki issiqlik elektr markazi (TES) dan issiqlik tarmoqlari bo’yicha issiqlik.bilan ta’minlanadi.
Issiqlik bilan ta’minlash sistemalarida issiqlik eltgich sifatida qaynoq suv va bug’ ishlatilishi mumkin. Isitish, ventilyasiya va qaynoq suv, bilan ta’minlash sistemasida yuqori temperaturali suvdan foydalaniladi. Bug’ bilan ta’minlash sistemalaridan faqat texnologik maqsadlarda foydalaniladi.
Issiqlik bilan ta’minlash sistemalarida issiqlik eltgich sifatida suv qo’llaniladi. Issiqlik bilan ta’minlash manbaining ta’sir doirasini kengaytirish uchun va trubada yuradigan issiqlik eltgich miqdorini kamaytirish, ya’ni trubalarning diametrini kichraytirish uchun temperaturasi 150°S gacha (ba’zan 180°S ga yetadigan) qaynoq suv ishlatiladi: Yuqori temperaturali suv ishlatilishiga sabab shuki, 130—150°S gacha qizigai suv 95°S gacha qizigan suvga qaraganda iste’molchiga ancha ko’p miqdorda issiqlik beradi.
Masalan, 130°S gacha qizdirilgan 1 kg suvni 70°S gacha sovitilsa, isitish sistemasida 60 kkal issiqlik ajraladi, 95°S gacha qizdirilgan 1 kg suv esa faqat 25 kkal, ya’ni birinchi galdagidan 2,4 marta kam issiqlik ajratadi.
Parallel o’tkazilgan trubalar soniga qarab, issiqlik bilan ta’minlash sistemalari bir trubali, ikki trubali va ko’p trubali bo’lishi mumkin. Bir trubali sistemalarda issiqlik eltgichni iste’molchi to’liq ishlatadi yoki trubalarda sovib kanalizasiyaga to’kiladi. Bir trubali sistemalar keng tarqalmagan. Ko’pchilik hollarda ikki trubali sistemalar ishlatiladi. Bunday sistemada issiqlik eltgich TES yoki qozonxonadan chiqib iste’molchilarga boradi va sovigandan keyin TES yoki qozonxonaga qaytib keladi. Ikki trubali sistemalarda hamma vaqt issiqlik eltgich issiqlik manbai bilan mahalliy issiqlik iste’mol sistemalari orasida sirkulyasiyalanib yuradi.

Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling