Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти сиртқи факультет


Download 157.96 Kb.
bet4/7
Sana24.12.2022
Hajmi157.96 Kb.
#1052046
1   2   3   4   5   6   7
Induksiya – alohida faktlar bilimidan umum bilimlarga (ya’ni qo- nunlar yoki boshqa amaliy va zaruriy aloqalarni aks ettiradigan) o‘tish usulidir.
Deduksiya – fikrlarni umumiylikdan xususiylikka tatbiq etish usuli, bunda umumiy tasnifdagi qonunlar, bog‘liqliklar xususiy tasnifga o‘tka- ziladi.
Mazkur usullar yordamida iqtisodiy hodisalarni ham xususiy, ham umumiy jihatlari o‘rganilib, tegishli xulosalar chiqarilib, amaliyotga tatbiq etiladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan bilishning elementlari, usullari (dialektika, analiz, sintez, induksiya va deduksiya) iqtisodiy-tahlil fanida ham iqtisodiy voqea va jarayonlarning o‘rganish asosini tashkil etadi. Moliyaviy tahlil aytib o‘tilgan umumiy usullar va xususiy jihatlar bilan birgalikda alohida fan sifatida yuzaga chiqib, korxonalarni tadqiq qilish tizimiga ega bo‘ladi.


    1. O‘zbekiston Respublikasida Moliyaviy tahlilning tashkil topishi va rivojlanishi

Tabiat va jamiyatdagi hodisalar singari iqtisodiy hodisalarning ham tarkibiy qismlarini bilmay turib, ya’ni tahlil qilmay turib, ularni ilmiy jihatdan o‘rganib bo‘lmaydi.


Analiz iborasi «analisys» so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘laman», «hal etaman» degan ma’noni bildiradi. Binobarin, tahlil murakkab hodisa va predmetlarni tarkibiy qismlarga bo‘lish, ajratib qo‘yish asosida ko‘rsatkichlarni taqqoslash va o‘rganish demakdir. Ma’lumki, korxo- nalarda iqtisodiy samaradorlikni oshirish, faoliyatning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari bo‘yicha muvaffaqiyatlarni o‘rganish va uni takomillashtirishning qulay yo‘llarini belgilash - Moliyaviy tahlilni tashkil qilishning zaruriy shartlaridan biridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Moliyaviy tahlilning roli keskin oshadi, chunki boshqarishda oldingi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechilib yangi, erkin iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish tizimi shakllanadi. Oldingi tahlil, asosan, reja ko‘rsatkichlarini asoslashga, uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, har bir xo‘jalik subyekti o‘z faoliyatini mustaqil ravishda boshqaradi. Bu, o‘z navbatida, tahlilning rolini oshiradi. Moliyaviy tahlil orqali har bir subyektda mavjud bo‘lgan ichki va tashqi imkoniyatlar aniqlanadi, ularni amaliyotga safarbar qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Moliyaviy tahlil orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi hamda mamlakatning iqtisodiy salohiyati aniqlanadi. Bunda, tahlil uchun man- ba bo‘lib, yig‘ma statistik ma’lumot asos bo‘la oladi. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishdan maqsad korxona va birlashmalarning ish faoliyatiga obyektiv baho berish va xo‘jalik yuritishning samaradorligini yanada oshirishdan iboratdir. Bunday tahlil natijalari korxonaning xo‘jalik faoliyatini doimo nazorat qilib turishni, unga rahbarlik qilishda xatoga yo‘l qo‘ymaslikning oldini olishga xizmat qiladi. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish quyidagi tamoyillarga amal qilgan holda amalga oshiriladi:

  • ilmiy asoslangan tamoyil;

  • obyektivlik tamoyili;

  • tizimli va komplekslik tamoyili;

  • operativlik tamoyili;

  • umumiylik tamoyili.

Moliyaviy tahlilning vazifasi - ushbu bandlarda keltirilgan vazifalar
bilan cheklanmaydi. Korxona faoliyati shu darajada serqirraki, tahlil jarayonida uning hamma jihatlarini o‘rganish lozim. Shunday ekan, tahlil vazifasi ham ko‘p qirralidir. Tahlil jarayonida barcha kamchiliklar aniqlanadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda esa aniqlangan kamchi- liklarga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Shu tariqa kamchiliklar bartaraf qilinib, xo‘jalik faoliyatining uzluksiz ravishda takomillashuvi va samaradorligi oshib borishi ta’minlanadi.
Moliyaviy tahlilning asosiy vazifasi - bu korxonalar faoliyatida foyda miqdorini ko‘paytirishning to‘g‘ri va optimal yo‘llarini aniqlab berish- dir. Agar korxona faoliyatida foyda miqdorining oshishiga narx- navoning ko‘tarilishi yoki atrof-muhitga zarar yetkazish evaziga erishilsa, buni hech qachon korxona muvaffaqiyati deb bo‘lmaydi. Moliyaviy tahlil oldida turgan muhim vazifalardan yana biri – bu korxona mehnat jamoasi faoliyatining iqtisodiy natijasini aniqlashdir. Tahlil qilish jarayonida tashqi va mehnat jamoasiga bog‘liq omillar ahami- yatini o‘rganish lozim. Bunda erishilgan natijalarni me’yoriy yoki hisobot davri natijalarini taqqoslash bilan chegaralanib qolish kerak emas. Eng muhimi – mamlakat erishgan yutuqlari, raqobatbardosh mahsulot ko‘rsatkichlari va dunyo ilmiy-texnika darajasi bilan solishtirish muvaffaqiyatlar garovi ekanligini unutmaslikdir.
Masalan, tahlilni quyidagi masshtablarda amalga oshirish mumkin:

  • xalq xo‘jaligi tahlili;

  • korxonalar xo‘jalik faoliyatining tahlili.

Xalq xo‘jaligi tahlilida iqtisodiyotning butun tarmog‘i, ayrim hu- dudlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasi, o‘sish darajasi va ular- ning rivojlanishdagi o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlari o‘rga- niladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida hisob va hisobotni ikki qismga bo‘lish qabul qilingan:

  1. Boshqaruv hisobi.

  2. Moliyaviy hisob (umumbuxgalteriya hisobi).

Shunga muvofiq Moliyaviy tahlil ham ikki qismga: moliyaviy va boshqaruv tahliliga bo‘linadi, o‘z navbatida, moliyaviy tahlil tashqi va ichki moliyaviy tahliliga, boshqaruv tahlili esa ichki boshqaruv tahliliga bo‘linadi. Tashqi moliyaviy tahlil buxgalteriya hisobi va hisoboti asosida, ichki moliyaviy tahlil buxgalteriya hisobi va hisoboti hamda tezkor hisobotlar asosida olib boriladi. Ichki boshqaruv tahlili esa tezkor hisobotlar va boshqaruv hisoboti asosida olib boriladi. Moliyaviy tahlilning maqsadi bu korxonani hisobotlar orqali o‘tgan davrda, tahlil qilina- yotgan vaqtda va kelajakda erishilgan va erishiladigan moliyaviy natija- lari va moliyaviy holatiga baho berish hamda iqtisodiy tashxis qo‘yishdan iborat.

Download 157.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling