- Gruntdan quriladigan inshootlarni asosiy turlari. Gruntdan quriladigan barcha inshootlar qazilma va ko’tarma turlarga bo’linadi. Qazilma ko’rinishidagi grunt inshootlari er satxidan pastda joylashadi (2.1– rasm e, j, z, i, l,). SHuningdek, gruntdan quriladigan inshootlar yarim ko’tarma-yarim qazilma (2.1–rasm v, g) holatida ham bo’ladi.
- Qazilma va ko’tarma inshootlar vazifasiga qarab ma’lum bir shaklga ega (kanallar, kotlovanlar, to’g’onlar, dambalar va hakozo) yoki ega bo’lmasligi mumkin (tuproq konlari, grunt uyumlari va h.k.). Xizmat qilish vaqtiga qarab ular doimiy (kanallar, dambalar, tuproq to’g’onlar va h.k.) yoki vaqtinchalik (grunt konlari, kotlovanlar, transheylar, grunt uyumlari va h.k.) bo’ladi. Qazilma va ko’tarma tuproq inshootlar quriladigan gruntning turiga va chuqurligiga qarab ularning kundalang qirqimini ko’rinishlari har xil bo’ladi. (2.2 - chizma).
2.2– rasm. Tuproq inshoot ko’ndalang qirqimi elementlari. a-qazilma; b-ko’tarma; v-chuqur qazilma; g-qazilma va ko’tarma inshoot qiyaligi; 1-qazilma inshoot kundalang qirqimi; 2-qazilma tagi; 3-qazilma tagi bilan qiyalik tutashgan joy; 4-qazima qirgogi; 5-qazilma usti; 6-supacha (berma); 7-ko’tarma usti; 8-ko’tarma qiyaligi bilan usti tutashgan joy; 9-ko’tarma qiyaligi; 10-ko’tarma qiyaligi bilan er tutashgan joy; 11-ko’tarma inshoot asosi; 12-oraliq supacha (berma).
Suv xo’jaligi qurilishida har xil ko’rinishdagi kanallar, zax qochirish tarmoqlari, quvur transheylari, inshoot kotlovanlari, tuproq to’g’on va dambalar ko’p uchraydi. Bajariladigan er ishlarining hajmi geometrik shakllar hajmini topish ifodalari yordamida aniqlanadi. Misol uchun trapetsiya yuzasini aniqlab uni uzunligiga ko’paytirsak trapetsiya shaklidagi kanal qurishda qazib chiqariladigan grunt hajmi kelib chiqadi.
Qurilishda bajariladigan barcha er ishlar hajmi gruntning tabiiy xoldagi zichligi bo’yicha aniqlanadi. SHuning uchun ham bajariladigan er ishlarining loyihaviy va ishlov berish davridagi hajmi bir-biridan farq qiladir. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki loyihaviy va ishlab chiqarish hajmlari orasida quyidagi bog’liqlik bor ekan:
- Ifodadan ko’rinib turibdiki bir joydagi hajmi harakatga keltirilgan grunt albatta ma’lum joyga joylashtirilishi kerak. Bu qurish va ta’mirlash ishlarini bajarish vaqtida mexanizmlar tanlash, ularning ish unumdorligini va sonini aniqlash, ularning ish unumdorligini oshirish bo’yicha tadbirlar o’tkazishda hisobga olinmay iloji yo’q. Masalan , kovshining hajmi 1 mz bo’lgan ekskavator tabiiy strukturasi buzilmagan shuncha hajmni ololmaydi. Qazilgan grunt hajmi albatta qaergadir to’kilishi majburdir. Buni grunt hajmlari muvozanati deb tushiniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati :
Do'stlaringiz bilan baham: |