Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат шарқшунослик университети


yerlardan firor tariqigʻa iste’jol qadamin qoʻyib, ovoraligʻ dashtigʻa yuz


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/66
Sana19.01.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1100725
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66
Bog'liq
Конференция тўплами Огаҳий 16 12 2021 cover (2)

yerlardan firor tariqigʻa iste’jol qadamin qoʻyib, ovoraligʻ dashtigʻa yuz 
urdi”.
1
“…sheri gʻarranda va babri darranda yangligʻ doxil boʻlib, oʻn toʻrt 
kishining tigʻi bedarigʻ ishorati bila oxirat dashtigʻa oʻzim qilib,koʻp 
gʻanoyim olib va olti yuz teva qovub, murojaat koʻrguzdilar”.
2
 
Munis va Ogahiy oʻxshatish san’atini qoʻllar ekanlar, oʻxshatilayotgan 
narsani (mushabbihun bih) ifodalashda koʻpincha tabiat hodisalari, hayvonlar
parrandalar, hasharotlar va tarixiy joy nomlaridan foydalanishgan. Bir xil 
oʻxshatishlar koʻp oʻrinda qoʻllanilganki, bunda muarrixlar bir soʻzning turli 
sinonimlaridan unumli foydalanib, oʻzlarining yuksak badiiy mahorat qirralarini 
namoyon qila olishgan. 
Biz muarrixlarning qanday mushabbihun bihlardan foydalanganligiga koʻra, 
ularni istisno tariqasida quiydagicha tasnifladik:
1.Kishi nomlari bilan bogʻliq oʻxshatishlar. Bunday matnlarda talmih 
usuli qoʻllanilib,muarrix oʻz fikrlarining isboti sifatida barchaga tanish boʻlgan 
mashhur insonlar nomini shunchaki keltirib oʻtmasdan bevosita ifoda etilayotgan 
fikr mazmuniga aloqador nomlarni tanlaydi. Bunday talmihlarga asarda koʻplab 
misollar keltirishimiz mumkin. 
a) Sulaymon nomi bilan bogʻliq oʻxshatishlar. Muarrix Sulaymon nomini 
keltirishda uning saxiylik, davlat boshqaruvidagi adolatparvarlik kabi xislatlarini 
e’tiborga olgan holda yondashgan. Birgina “Firdavs ul-iqbol” asarida bu nom 32 
ta oʻrinda misol tariqasida keltirilgan. 
“Hazrati a’loxoqon, Sulaymon nishon sariroyi makramat va ehson 
boʻlib, ish koʻrguzgan va bosh kesgan va asir tushurgan yigitlarga xil’ayi 
garonmoya va tashrifoti tillopiroya in’omidin sarofrozligʻ bagʻishlab…”;
3
“Alar dogʻi Sulaymon hazratigʻa malax oyoqin qorinchqa peshkash 
kelturgandek, ul hazratning dargohi falak ishtibohigʻa boru yoʻqin nisor 
qildilar”.
4
Bu parchada hazrati Sulaymon alayhissallomning chumoli (qarinchqa) bilan 
suhbatiga ishora qilinmoqda. 
1
Firdavs ul –iqbol. -Toshkent: Oʻqituvchi, 2010. -B. 286. Bundan keyingi oʻrinlarda 
asar va ma’lumot olingan beti koʻrsatiladi.
2
Firdavs ul –iqbol. –B. 302.
3
Firdavs ul –iqbol. –B. 181.
4
Nosiruddin Burhoniddin Rabgʻuziy. Qisasi Rabgʻuziy. II jild. –Toshkent. 
Yozuvchi,1991. –B. 35. 


81 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling