Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкeнт молия институти


Ўзбекистон Республикаси бюджет тизими


Download 115.77 Kb.
bet4/8
Sana09.02.2023
Hajmi115.77 Kb.
#1182846
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ССТ51 Хаитова Г Бюд.Муносабат

Ўзбекистон Республикаси бюджет тизими




  1. Budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar


Respublikamizda budjetlararo munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa tegishli vazirliklar tomonidan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan. Budjetlararo munosabatlarning asosini belgilagan birinchi hujjat bu O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidir. Konstitutsiyaning 122-moddasida3 Davlat budjetining tarkibi belgilab berildi.
Hozirgi vaqtda 2001-yilning 1-yanvaridan kuchga kiritilgan «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonun amal qilmoqda. Ushbu qonun budjet tizimining tarkibi va boshqaruvining asoslarini, tuzilish tamoyillarini va Davlat budjetining tarkibini, uning tuzilishi va ijro etilish tartibini, daromadlar shakllanishining va xarajatlarni amalga oshirishning tamoyillarini qamrab olgan, shuningdek turli darajadagi budjetlararo munosabatlar mexanizmi aniqlab berilgan, Davlat budjetining mablag‘lari bilan muomala qilish ustidan nazorat va hisobot tartibi belgilab berilgan.
Qonunga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar uchun quyidagilarga yo‘l ko‘yilmaydi:

  • budjet taqchilligi;

  • qonunda ko‘zda tutilmagan manbalar hisobidan jamg‘armalar tuzish;

  • yuqori budjetlardan ssudalar olinishidan tashqari o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;

  • qonunda ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari budjet xarajatlarini amalga oshirish;

  • o‘zga shaxslar foydasiga budjet mablag‘lari hisobidan moliyaviy kafilliklar berish;

  • yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalarini berish.

Yuqorida sanab o‘tilgan cheklanishlar mahalliy soliqlarning parametrlarini aniqlash bo‘yicha vakolatlarning yo‘qligi bilan bir qatorda mahalliy budjetlar mustaqilligini tasdiqlay olmaydi.
«Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish tartibi to‘g‘risida4» gi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2001-yil 28-iyunda 58-son bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligidan 2001-yil 19-iyulda 1052-son bilan ro‘yxatga olingan. Ushbu nizom bo‘yicha yuqori budjet ssudalari, barcha budjet manbalarining maksimal mobilizatsiyasi birinchi darajali qoldirib bo‘lmaydigan tadbirlarni moliyalashtirish ta’minlanmaganda beriladi.
Yuqori turuvchi budjetdan quyi budjetlarga ssudalar quyidagi muddatlargacha berilishi mumkin:

  • rejalashtirilgan va haqiqiy vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplashga – uch kalendar oygacha;

  • maqsadli moliyalashtirish sxemalarini amalga oshirishga – bir kalendar oygacha.

Ushbu tartibda quyi budjetlarga ssuda berishda birinchi navbatda yuqori budjetning vakolatlari ustun ekanligi ko‘rinib turibdi, bu bir tomondan to‘g‘ri, chunki beriladigan mablag‘larni o‘z vaqtida qaytishini ta’minlaydi hamda quyi budjetlarning iloji boricha o‘z imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanishga undaydi, lekin shu bilan bir qatorda salbiy tomonini qaraydigan bo‘lsak, ssuda olish jarayoni uchun ko‘proq vaqt sarflanishi mumkin, ya’ni ssuda olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar hisob-kitobi va qo‘shimcha ma’lumotlar hajmi e’tiborga olinsa. Bundan tashqari, ushbu tartibda ssuda o‘z vaqtida keyingi budjet yiliga uzaytirilgan taqdirda to‘lov hajmi, ya’ni foiz stavkasi ssuda beruvchi moliya organi rahbari tomonidan belgilanishi ko‘rsatilgan. Bu holatga izoh beradigan bo‘lsak, budjetlar bo‘yicha ssuda uchun foiz stavkasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir, chunki quyi budjet ssudani imkon darajasida o‘z vaqtida qaytarishga harakat qiladi.
Budjetlararo munosabatlarni barqarorlashtirishning asosiy sharti turli darajadagi budjetlar moliyaviy bazasini shakllantirish jarayonlarini o‘zaro bog‘lashdir.
Ular moliyaviy bazalari har bir budjetning daromadidan tartibga soluvchi, biriktirilgan soliqlar tushumidan, shuningdek yuqori budjetdan beriladigan moliyaviy yordamlardan tashkil topadi.
Barcha soliq tushumlarini hisobga olish maqsadida barcha soliqlarni respublika budjetiga markazlashgan yig‘imi va tushumi amalga oshiriladi. Undan keyin turli budjet bo‘g‘inlar bo‘yicha ularning taqsimoti amalga oshadi.
Budjetlar o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash nuqtai nazaridan soliqlarning bo‘linishi va ularni budjetning ma’lum bo‘g‘iniga biriktirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Har qanday iqtisodiy holatga qaramay davlat o‘z mavjud bo‘lishining eng muhim omili uning o‘z oldida turgan vazifalarini bajarish uchun yetarli bo‘lgan moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lishidadir. Bu masalada davlat budjeti tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan mahalliy budjetlar daromadlarini shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Bu o‘ziga xoslik mahalliy budjetlarning o‘z hududlari doirasida amalga oshiriladigan vazifalaridan kelib chiqadi.
Budjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida umumdavlat pul resurslarini taqsimlash asosida mahalliy budjetlarning mustaqillik tamoyillari, ularning davlat moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tamoyili, manbalar va daromadlarini hududiy shakllantirish tamoyillari yotadi. Ushbu tamoyillardan kelib chiqib mahalliy budjetlarning daromadlari biriktirilgan va tartibga soluvchi daromad manbalari hisobiga shakllantiriladi.


Download 115.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling