Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкeнт молия институти
Mahalliy byudjetlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar
Download 115.77 Kb.
|
ССТ51 Хаитова Г Бюд.Муносабат
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq
- Respublika byudjeti
062 Mahalliy byudjetlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar
071 Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag‘lar 072 Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar "Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalarni mahalliy moliya organlarida hisobga olib borish uchun mo‘ljallangan. "Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalarni mahalliy moliya organlarida hisobga olib borish uchun mo‘ljallangan. "Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq Debetida: A) Respublika byudjetidan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan summalar; B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetiga o‘tkazilgan summalar; V) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lashda hisobga olingan, yuqori byudjetdan olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subvensiyalarning summalari. Kreditida: A) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha respublika byudjetiga berilishi lozim bo‘lgan summalar; B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetidan kelib tushgan summalar; V) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashda hisobga olingan va yuqori byudjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan ortiqcha daromadlar summalari; G) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladigan summalarda hisobga olingan, respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalarining summalari; D) respublika bo‘ysunishidan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilgunga qadar korxona va tashkilotlarning respublika byudjeti bo‘yicha ochilgan byudjet mablag‘ ajratmalari summalari. 062 - "Mahalliy byudjetlar bilan hisob-kitoblar" nomli hisobvaraqda yuqori va quyi mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalar hisobga olinadi. Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar" nomli 072-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlarga beriladigan va mahalliy byudjetlardan olinadigan mablag‘lar hisobga olinadi. 072-sonli hisobvaraqning debetida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlarga beriladigan summalar aks ettiriladi; 072-sonli hisobvaraqning kreditida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlardan olinishi lozim bo‘lgan summalar aks ettiriladi. O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar olishi kerak bo’lgan mablag’lar so’mmasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 061 – “Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar” subschyoti; Kredit 071 – “Respublika byudjetiga berilgan va undan olingan mablag’lar” subschyoti O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha paydo bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti oldidagi qarz so’mmasi ularning bank muassasasidagi “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i”dan to’langanda quyidagi provodkasi tuziladi: Debet 061 – “Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar” subschyoti; Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti. O’zaro hisob-kitoblarga doir tegishli hujjatlar asosida yuqori mahalliy byudjetlar bilan quyi mahalliy byudjetlar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarga doir amalga oshirilgan operatsiyalarga Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi va mahalliy moliya organlarida: O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha boshqa mahalliy byudjetlardan olishi kerak bo’lgan so’mmalarga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 062 –“Mahalliy byudjetlar bilan o’zaro hisob-kitoblar” subschyoti; Kredit 072 – “Mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan mablag’lar” subschyoti. O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha boshqa mahalliy byudjetlarga qarzlarni to’lash tariqasida o’tkazib berilgan so’mmalarga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 062 –“Mahalliy byudjetlar bilan o’zaro hisob-kitoblar” subschyoti; Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti. Byudjet ssudasini ajratilishi tartibini klaster (jadval, chizma) ko`rinishda aks ettiring. Respublika byudjeti Qorapalpog’iston Respublikasi Mahalliy byudjetlar byudjeti Qorapalpog’iston Respublikasi Mahalliy byudjetlar tarkibidagi tarkibidagi tuman va shahar byudjetlari uman va shahar byudjetlari XULOSA Budjetlararo munosabatlarni barqarorlashtirishning asosiy sharti turli darajadagi budjetlar moliyaviy bazasini shakllantirish jarayonlarini o‘zaro bog‘lashdir. Ular moliyaviy bazalari har bir budjetning daromadidan tartibga soluvchi, biriktirilgan soliqlar tushumidan, shuningdek yuqori budjetdan beriladigan moliyaviy yordamlardan tashkil topadi. Barcha soliq tushumlarini hisobga olish maqsadida barcha soliqlarni respublika budjetiga markazlashgan yig‘imi va tushumi amalga oshiriladi. Undan keyin turli budjet bo‘g‘inlar bo‘yicha ularning taqsimoti amalga oshadi. Budjetlar o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash nuqtai nazaridan soliqlarning bo‘linishi va ularni budjetning ma’lum bo‘g‘iniga biriktirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday iqtisodiy holatga qaramay davlat o‘z mavjud bo‘lishining eng muhim omili uning o‘z oldida turgan vazifalarini bajarish uchun yetarli bo‘lgan moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lishidadir. Bu masalada davlat budjeti tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan mahalliy budjetlar daromadlarini shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Bu o‘ziga xoslik mahalliy budjetlarning o‘z hududlari doirasida amalga oshiriladigan vazifalaridan kelib chiqadi. Budjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida umumdavlat pul resurslarini taqsimlash asosida mahalliy budjetlarning mustaqillik tamoyillari, ularning davlat moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tamoyili, manbalar va daromadlarini hududiy shakllantirish tamoyillari yotadi. Ushbu tamoyillardan kelib chiqib mahalliy budjetlarning daromadlari biriktirilgan va tartibga soluvchi daromad manbalari hisobiga shakllantiriladi. Download 115.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling