Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти сиртқи факультети
Download 0.93 Mb.
|
KICHIK KORXONALARDA BYUDJETGA TO’LANMALAR VA ULARNING TAHLILI
Jadval ma'lumotlaridan ko'rininb turibdiki, mazkur yo'nalishda olib borilayotgan samarali islohotlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining kichik biznes subyektlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi 56,9 foizgacha, sanoatda esa 45 foizgacha oshdi. Hozirgi kunga kelib iqtisodiyotda ish bilan band aholining 78 foizi mazkur sohada mehnat qilmoqda. 2016 yilda mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyati jahon iqtisodiyotida, shu jumladan, asosiy savdo hamkorlarimiz hisoblangan davlatlarda kuzatilayotgan nobarqaror moliviy-iqtisodiy vaziyatlar, shuningdek, tashqi bozorlarda asosiy xomashyo tovarlari narxlarining pasayishi ta'sirida yuzaga kelgan noqulay raqobat sharoitlariga qaramasdan, 2016 yil yakunlariga ko'ra tashqi savdo aylanmasi qariyb 24,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2015 yilga nisbatan 1,0 foizga kamaydi. Tashqi savdo balansining ijobiy saldosi 453,6 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu esa mamlakatimiz to'lov balansi ijobiyligini ta'minlab, oltin-valyuta zaxiralarining oshishiga xizmat qildi. 2016-yilda O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishining asosi bo’lgan biznes yuri- tish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda kichik biznes va xususiy tad- 6 www.stat.uz ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi birkorlik uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan qator tizimli chora- tadbirlar amalga oshirildi. 2016 yil oktyabr oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevning "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rejadan tashqari va muqobil tekshirishlarning barcha turlarini bekor qilish orqali yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjatda asosiy e'tibor kichik va xususiy korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va ularning eksport faoliyatini rag’batlantirishni ta'minlash bo’yicha amaliy chora-tadbirlarga qaratilgan bo’lib, bu tarmoqlar va hududlar iqtisodiy rivojlanishining hamda aholi bandligini ta'minlashning muhim yo’nalishi bo’lishi lozim. Xususiy mulk va kichik biznes manfaatlarini ishonchli himoya qilish bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar 2016 yilda ushbu sohaning barqaror rivojlanishi uchun imkon yaratdi. 2016 yil davomida YAHMda kichik tadbirkorlik subyektlarining yuqori o’sish sur'ati Jizzax (1-chorakdagi 61,6 foizdan yil yakunida 80,3 foizga), Namangan (68,2 foizdan 80,3 foizga), Samarqand (67,7 foizdan 78 foizga) shuningdek, Surxondaryo, Xorazm, Sirdaryo, Buxoro va Andijon viloyatlarida qayd etildi. 2016 yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 6 barobardan ziyodga o’sib, I chorakdagi 3235,9 mlrd.so’mdan yil yakuni bo’yicha 19963,2 mlrd. so’mgacha o’sdi va respublika bo’yicha o’zlashtirilgan investitsiyalar hajmining 40,3 foizini yoki o’tgan yilga nisbatan o’sish 122,9 foizni tashkil etdi. Investitsiyalarning yildan yilga o'sib borishi respublikamiz iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, yaratilayotgan mahsulotlarimizning jahon bozorida o'z o'rnini topishiga hamda raqobatlashishiga ijobiy ta'sor ko'rsatadi. Endi esa quyidagi jadval orqali kichik biznesdagi bandlar sonining yildan yilga o'sib borish tendesiyasiga ega ekanligini guvohi bo'laylik. Kichik biznesda bandlar soni, mln kishi Xo'jalik subyektlaridagi bandlar soni Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling