Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти сиртқи факультети
Download 0.93 Mb.
|
KICHIK KORXONALARDA BYUDJETGA TO’LANMALAR VA ULARNING TAHLILI
Kichik biznesni iqtisodiyotda tutgan o`rni va kreditlashning huquqiy asoslari
Iqtisodiyotning bozor munosabatlari erkinlashuvi va takomillashuviga moslashuvini ta'minlash, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning amaliy imkoniyati, zaruriy asoslari hamda strategik vazifalaridan kelib chiqib, respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yuksaltirishga birlamchi e'tibor qaratilib kelinmoqda va u amalga oshirilayotgan islohotlar tarkibida asosiy o`rinni egallab kelmoqda. Hozirgi kunda bizning iqtisodiy iboralar lug`atimizda ishlatilayotgan bir qator so`zlar, ya'ni mulkdor, tadbirkor, biznes, biznesmen, xususiy korxona, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik kabi tushunchalar mavjud. Biz mazkur tushunchalar qatorida kichik biznes tushunchasiga kengroq ahamiyat qaratishga harakat qilamiz. Kichik biznes bilan shug`ullanuvchi shaxslar tomonidan ularning to`g`ri talqin etilishin ta'minlashdan iborat. Aynan kichik biznes bilan shug`ullanuvchi shaxslar tomonidan uning tog`ri talqin etilishi ular uchun hamda mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Biznes - ma'lum bir faoliayt bilan shug`ullanish, o`sha faoliyatni o`zining kundalik hayot harakat tarziga aylantirib olish, u bilan doimiy shug`ullanishdir. Biznes o`zidagi iqtisodiy, moliyaviy, tabiiy, ma'naviy, intellektual imkoniyat, qobiliyat va sharoitlarning ishga solish orqali natijalar olishdir. Xullas, biznes faollik va yuqori iqtisodiy-ijtimoiy samaralarga erishib, farovon hayot tarzi asoslarini bunyod etishdir. Kichik biznesning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to`laroq ochib berish uchun uning boshqa iqtisodiy subyektlardan farqli jihatlari, qolaversa, afzalliklari xususida to`xtalib o`tish lozim bo`ladi. Xususan, amerikalik iqtisodchi R.Styuart kichik biznesning xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko`rsatib o`tgan: kichik biznes ixtisoslashgan mahalliy ehtiyojlarni qondirishga yaxshi moslashgan bo`ladi; kichik biznes shaxsga tajribva orttirish imkonini berishi mumkin va o`zlariga keynchalik kengroq miqyosda qo`l kelishi mumkin; ommabop ishlab chiqarilgan mahsulotlar jonga tekkan iste'molchilarga hunarmandlar shaxsiy ish rejasi bo`yicha ishlangan mahsulot taklif etishi mumkin; kichik biznes o`z iste'molchisini shaxsan bilishi mumkin bolgan xizmat turlarini taklif etadi; yakka mulkdor iste'molchilarining ishonchlariga tayanadi. Iqtisodchi olim L.Guroning fikricha, kichik biznes quyidagi afzaliklarga ega: ko`p tomondan iqtisodiy o`sishning sur'atlarini belgilaydi; moddiy, moliyaviy va kadrlar resurslarini samarali taqsimlashga yordam beradi; ish o`rinlarini vujudga keltiradi; yangi ish joyini tashkil etish yirik korxona qurilishi va ishga tushishiga qaraganda ancha ko`p foyda beradi. Iqtisodchi olim E.Egamberdiyevning fikriga ko`ra, kichik biznes - xo`jalik yuritishning shunday shakliki, bunda korxonalar davlatga bog`liq bo`lmagan mustaqil faoliayat olib boradilar. Ular ishlab chiqaradigan mahsuloti turlarini, hajmini o`zlari belgilaydilar; o`z xohishlariga ko`ra, mahsulotni xohlagan bahoda, xohlagan sharoitda sotadilar yoki xizmat ishlarinibajaradilar; korxonani rivojlanritish fondiga, ijtimoiy ishlarga, rezerv fondiga foydadan ajratmalar me'yorini, mehnatga haq to`lash shakli va miqdorini ham o`zlari ixtiyoriy ravishda belgilaydilar; mahalliy sharoitga tez moslashadilar, tezda bir qarorga keladilar va hokazo. Dunyo tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o`rta va yirik korxonalarga nisbatan bozor talabiga qisqa muddat ichida moslasha oladi, mehnatni tashkil etish, yangi texnika va texnologiyani ishlab chiqatishga joriy etish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etib, undan samarali foydalanish kichik korxonalarda boshqalariga nisbatan tezroq amalga oshadi. Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan kichik biznesni rivojlantirishning zarurligini belgilovchi omillar haqida quyidagi fikrlar ta'kidlanadi: respublika bozorini zarur iste'mol mollari va xizmatlar bilan boyitadi; aholining ish bilan bandligini ta'minlaydi; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faqat ichki bozorni iste'mol tovarlari bilan ta'minlash emas, balki tashqi bozorlarga ham raqobatdosh mahsulotlar chiqarishga qodir; kichik biznesda bozor konyukturasining o`zgarishiga tezda moslasha olish imkoniyati ham mavjud; uning fan va texnikaning yangi yutuqlarini tez o`zlashtirish qobilyati ham bor.3 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni. 2015 yilda 55,7 ming ta yangi korxonalar tashkil etilib, shundan 26,9 mingtasi kichik tadbirkorlik (fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari) subyektlaridir; 2016 yil davomida 32 mingga yaqin yoki 2015 yilga qaraganda 18 foizga ko’p yangi kichik biznes subyektlari davlat ro’yxatidan o’tkazilib, o’z faoliyatini boshladi; Umuman olganda, mazkur yo'nalishda olib borilayotgan samarali islohotlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining Kichik tadbirkorlik subyektlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi 56,9 foizgacha, sanoatda esa 45 foizgacha oshdi;. Hozirgi kunga kelib iqtisodiyotda ish bilan band aholining 78 foizi mazkur sohada mehnat qilmoqda; kichik biznes korxonalari yirik korxonalorga nisbatan bozor talablariga tezroq moslashadi; 3 Birinchi Prezidentimiz Karimov I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari. - T.:"O`zbekiston",1999-B,574. Ist’emol bozorini tovarlar bilan to’ldiradi, soliq to'lovchilarning soni oshadi. O’zbekistonda kichik biznes korxonalarini rivojlantirishning to’rt asosiy yo’nalishi: davlat mulkini xususiylashtirish yo’li bilan kichik korxonalarni barpo etish (chakana savdo, maishiy xizmat korxonalari va puli xizmat); Kichik biznes korxnalarini (savdo vositachilik korxonalari) tashkil etish; Monopoliyani tugatish va yirik tuzilmalardan kichik biznesni ajratib olish (uy-joy va kommunal xo’jalik); Yakka tartibda mehnat faoliyatini rivojlantirish va mikrofirmalar,oilaviy pudratni shakllantirish. Amaldagi qonun hujjatlariga binoan kichik biznes subyektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:4 Yakka tartibdagi tadbirkorlar; Mikrofirmalar – ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan xodimlarining yillik o’rtacha soni 20 kishidan, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan tarmoqlarda10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar. Kichik korxona – yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida band bo’lgan xodimlarining yillik o’rtacha soni 200 kishidan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat ishlab chiqarish sohalarida 50 kishidan, fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohasi (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boo’qa ishlab chiqarishga aloqador bulmagan sohalarda 25 kishidan oshmagan korxonalar; Dehqon xo’jaligi – oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig’iga berilgan tomorqa er 4 Lex.uz.//"Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida"gi Qonun o'zgartirish va qo'shimchalar-2016yil, 6-dekabr uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti etishtiradigan va realizatsiya qiladigan, yuridik shaxsni tashkil etgan va tashkil etmagan holda faoliyat yuritadiganoilaviy mayda tovar xo’jaligi; Fermer xo’jaligi – yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan, ijaraga berilgan er uchastkalaridan foydalangan holda tovar, qishloq xo’jaligi tovari ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt. Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash yo’nalishlari. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish yo’llarini soddalashtirish. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo’llab quvvatlash: Soliq imtiyozlari berish; Soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi; Imtiyozli kreditlash; Buxgalteriya hisobi va hisobotlarini soddalashtirish; Soliq va buxgalteriya hisobotlarini davlat soliq va statistika organlariga taqdim etish davriyligi va muddatlarini qisqartirish; Soliq tekshiruvlari va boshqa tekshiruvlarni davriyligini qisqartirish. O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida mulkchilikning isloh qilinishi, xususiy mulkchilikni har tomonlama kengaytirish, kichik biznesni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, iqtisodiyotning bir shaklidan boshqa bir shaklga o`tish jarayonida kichik biznes taraqqiyotidavlat uchun uning istiqbolini belgilab beruvchi muhim belgiga aylandi. Chunki aynan katta mablag` taab etmaydigan va resurslarning o`sish tezligini kafolatlovchi kichik biznes korxonalari iqtisodiyotdagi qayta tuzilishlari bilan bog`liq bo`lgan muammolarni nisbatan tez va ortiqcha sarf-xarajatlarsiz yechishga ichki bozorni moliyaviy resurslar chegaralangan bo`lishiga qaramay iste'mol mollari bilan to`ldirishga qodir. O`zbekistonda kichi biznes va tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo`llab quvvatlashda banklarning faol ishtiroki soha subyektlarining investitsion faolligini oshirishga, ularning mamlakatimiz yalpi ichki mahsullotini ishlab chiqarish va aholining ish bilan bandligini ta'minlash hamda iqtisodiyitning yetakchi bo`g`iniga aylanishida muhim rol o`ynamoqda. Keyingi yillarda respublikamizda kichik biznes subyektlari faoliyatini qo`llab-quvvatlashga doir bir qancha qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilib, bu me'yoriy hujjatlar kichik biznes subyektlari faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Xususan, bularga misol qilib, O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" davlat dasturi to`g`risidagi 2011 yil 7 fevral PQ-1474-sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining "Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida" 2011 yil 4 aprel PF-4296-sonli va "Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo`llab- quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to`g`risida" 2008 yil 28 noyabr PF-4058-sonli farmonlari, shuningdek, "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida" 2011 yil 24 avgustdagi 4354-sonli hamda "Byurokratik to`siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida" 2011 yil 25 avgustdagi PQ-1604-sonli qarorlarini ko`rsatishimiz mumkin. Bugungi kunda kichik biznesni kreditlashni tashkil qilishning huquqiy asoslari bo`lib quyidagilar hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasining “Bank va bank faoliyati to’g’risidagi” qonuni O’zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to’g’risidagi” qonuni Tijorat banklari tomonidan fermer xo’jaliklariga bo’lg’usi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi to’g’risidagi” nizom Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga byudjetdan tashqari jamg’armalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari xisobidan mikrokreditlar berish tartibi to’g’risida” gi Nizom “Tijorat banklari tomonidan fermer xo’jaliklarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi to’g’risidagi” Nizom. "Kichik va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimini yanada kengaytirish va soddalasshtirish chora-tadbirlari to'g'risida" Prezident Qarori. Kichin biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash quyidagicha amalga oshiriladi: Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o’zini-o’zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi: qarz oluvchi o’z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag’larni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga - 12 oy muddatgacha; aylanma mablag’larni to’ldirishga - 18 oy muddatgacha; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag’larni to’ldirishga - 24 oy muddatgacha beriladi Tijorat banklari kreditlar bo’yicha kreditlashning imtiyozli davrini mustaqil belgilashlari mumkin. Olingan kreditlar qonun hujjatlarida taqiqlangan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun ajratilishi mumkin emas. Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori kredit shartnomasiga muvofiq belgilanadi. Qarz oluvchilar ya'ni kichik biznes subyektlari olingan kredit summasini muddatidan ilgari qaytarishga va ulardan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun hisoblangan foizlarni to’lashga haqlidirlar. Kredit olish uchun kichik biznes subyektlari xizmat ko’rsatuvchi tijorat banklaria quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak: kredit olish uchun ariza; qarz oluvchining bank hisobvarag’iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko’rsatilgan biznes-reja; qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl); 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-son shakl). Agar kichik biznes subyektlari yuridik shax sifatida yangi tashkil etilgan bo`lsa hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo’jaliklari esa bunday hujjatlarni taqdim qilmaydilar. Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash maqsadida quyidagi ta'minot turlaridan birini taqdim etiladilar: mol-mulk va qimmatli qog’ozlar garovi; tijorat banki yoki sug’urta kompaniyasining kafolati; uchinchi shaxs kafilligi; qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug’urta qilinganligi to’g’risidagi sug’urta polisi; ta'minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari. Agar mijoz ularga xizmat ko`rsatayotgan tijorat banki bilan doimiy ravishda aloqaga ega, bank hisobvarag’ida muntazam pul oqimi mavjud, yaxshi obro’ va kredit tarixiga ega bo`lsa, unga xizmat ko`rsatuvchi bank tomonidan yuqorida keltirilgan ta'minot turlaridan birini talab qilmasdan blankli ya'ni ishonchli kredit berishi mumkin. Kredit olish uchun ariza ko`rib chiqilgandan so`nga, kredit berish tog`risidagi qaror ijobiy deb baxolansa mijoz va bank o`rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasi tuzilgandan so’ng, keyingi kundan kechiktirmay tijorat banki rahbari yoki uning o’rinbosari tomonidan kreditning muddati, miqdori va foiz stavkasi ko’rsatilgan holda kredit hisobvarag’i ochish to’g’risida buxgalteriyaga farmoyish beriladi va ushbu farmoyishga asosan kredit hisobvarag’i ochiladi. Kreditlar qarz oluvchiga alohida kredit hisobvarag’i ochish va uning to’lov topshiriqnomalariga muvofiq, ushbu hisobvaraqdan naqd pulsiz shaklda pul o’tkazish yo’li bilan beriladi. Qarz oluvchiga ajratilgan kreditlar O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasining tegishli balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi. Alohida kredit hisobvaraqlari bo’yicha berilgan kreditlar muddatli majburiyatlar bilan rasmiylashtiriladi va ular to’liq so’ndirilgunga qadar 91901 - "Qarzdorlarning qisqa muddatli kreditlar bo’yicha majburiyatlari" hamda 91905 - "Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo’yicha majburiyatlari" balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi. Kredit bo’yicha garov ta'minoti sifatida qabul qilingan qimmatli qog’ozlar 94501 - "Garov sifatida olingan qimmatli qog’ozlar", mulklar va mulkiy talablar 94502 - "Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquqlar (talablar)", kafolat va kafilliklar esa, 94503 - "Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar" balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi. Kredit bo’yicha so’ndirish muddatlari jadval ko’rinishida taqdim etilishi mumkin. Bunda mazkur jadval so’ndirish pul oqimlari istiqbolidan kelib chiqib tuzilishi lozim. Qarz oluvchining kredit bo’yicha hisoblangan foizlar va kredit qoldig’ini undirish uchun mablag’lari yetarli bo’lmagan taqdirda, qarzdorlik Xo’jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag’larini hisobdan chiqarish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomada belgilangan tartibda undiriladi. Bunda dastlab kredit bo’yicha hisoblangan foizlar, so’ngra kredit bo’yicha asosiy qarz so’ndiriladi. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning muddati davomida doimiy monitoring o’tkazadi. Monitoring qarz oluvchining arizasi va kredit shartnomasi shartlarini bajarish uchun yordam ko’rsatishga yo’naltirilishi kerak. Monitoring o’tkazish jarayonida qarz oluvchining moliyaviy-xo’jalik faoliyati, tuzgan shartnomalari (buyurtmalar) bo’yicha majburiyatlarining bajarilayotganligi, ishlab chiqarish hajmi, noishlab chiqarish xarajatlari va yo’qotishlari, foydasi, aylanma mablag’lari aylanmasi va dinamikasi hamda tovar- moddiy boyliklar zaxirasi holati tahlil qilib boriladi. Monitoring davomida qarz oluvchining faoliyati bilan bog’liq barcha ijobiy va salbiy holatlar, shuningdek taqdim etilgan garov ta'minotining holati qarz oluvchi uchun tijorat bankida ochilgan maxsus jildda tizimlashtirib boradi. Qurilishni moliyalash uchun berilgan kreditlar bo’yicha amalga oshiriladigan monitoring jarayonida tijorat banki kredit shartnomasida belgilangan muddatlar va shartlarda kredit ajratilgan obyektda bajarilgan ishlar hajmining nazoratini amalga oshiradi. Mehnat bozoriga yangi kirib kelayotgan o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan qaytgan jismoniy shaxslar, mehnat organlarida ro’yxatga olingan band bo’lmagan fuqarolar hamda ishga joylashishga ehtiyojmand bo’lgan aholi boshqa qatlamlarining mikromoliyalash xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish, shuningdek, yangi ish joylari tashkil etilishini ta'minlaydigan oilaviy, xususiy tadbirkorlikni va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishni rag’batlantirish maqsadida 2017 yil 31 yanvar kuni "Kichik va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimini yanada kengaytirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" № 2746 sonli Prezident Qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorga muvofiq quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilandi. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki va tijorat banklarining tajriba tariqasida Toshkent shahrida kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun mikrokreditlashning yangi sxemasini joriy etish to’g’risidagi taklifi ma'qullanishi, quyidagilar mikrokreditlash uchun qamrab olinadigan shaxslar orasida ustuvor kontingentlar hisoblanishi alohida ta'kidlab o'tilgan. Bular: o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari; muddatli harbiy xizmatdan qaytgan jismoniy shaxslar; mehnat organlarida ro’yxatga olingan band bo’lmagan fuqarolar; oilaviy va xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan aholi, shuningdek, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari tavsiyanomalari bo’yicha ishga joylashishga ehtiyojmand bo’lgan boshqa shaxslar. Bundan tashqari imtiyozli mikrokreditlashning asosiy vazifalari ham belgilandi, ya'ni: kichik tadbirkorlik, eng avvalo oilaviy va xususiy tadbirkorlik sohasida yangi ish o’rinlari tashkil etish; imtiyozli kreditlar berish orqali yuqorida qayd etilgan shaxslar kontingentlari uchun ularni tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb etish maqsadida mikromoliyaviy xizmatlardan oson foydalanishlarini maksimal darajada ta'minlash; aholining kam ta'minlangan va hojatmand qatlamlari daromadlarini oshirish, aholi bandligini ta'minlashda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari rolini kuchaytirish. Imtiyozli mikrokreditlar quyidagi shartlarda berilishi: mikrokredit summasi - eng kam ish haqi miqdorining 200 barobarigacha; asosiy qarzni to’lashga olti oy muddatli imtiyozli davrni hisobga olgan holda uch yilgacha muddatga; yillik foiz stavkasi miqdorlari: bitta ish joyi yaratilganda - 9 foiz, ikkita ish joyi - 8 foiz, uchtadan to’rttagacha ish joylari - 7 foiz, beshta va undan ortiq ish joylari yaratilganda - 6 foiz miqdorda. Tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda murojaat etuvchilarga mikrokreditlarni rasmiylashtirish va biznes- rejalarni tayyorlashda har tomonlama tashkiliy ko’mak va amaliy yordam berilishi haqida ham alohida ta'kidlab o'tilgan. 5. Shunday tartib o’rnatilishi kerakki, unga muvofiq agarda murojaat etuvchi tomonidan, qonun hujjatlari talablariga muvofiq beriladigan mikrokredit bo’yicha qaytarishni ta'minlay olmaslik holati vujudga kelganda tijorat banklari tomonidan mikrokreditni ta'minlash sifatida: eng kam ish haqining yuz barobarigacha miqdorda mikrokreditlashda - xarid qilinadigan mulkni va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari kafilligini; eng kam ish haqining yuz barobaridan ortiq miqdorda mikrokreditlashda - uchinchi shaxsning kafilligini, sug’urta tashkilotlarining sug’urta polislarini va qonun hujjatlari doirasida boshqa ta'minlash turlarini qabul qilib olishlariga yo’l qo’yilishi ham alohida qayd etilgan. Mazkur Qarorga muvofiq, qarz oluvchilarga mikrokreditlar berishda tijorat banklari kreditning umumiy summasida qarzdorning garov ta'minotini rasmiylashtirish bilan bog’liq sarf-xarajatlarni hisobga olishga haqlidir. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling