rasm. Eksport va import umumiy hajmida kichik binesning ulushi o'sishi dinamikasi (%)9
2016 yilda Kichik biznes mahsulotlari eksporti 3588,5 mln. AQSh dollarini yoki respublika eksporti umumiy hajmining 28,6%ini (2015 yilda 27,0 foiz) tashkil etdi. Xususiy sektorning eksportdagi ulushi 3,8%ga teng bo’ldi. Kichik biznes import hajmi 5655,9 mln. AQSh dollarini yoki umumiy import hajmining 46,7 foizini (2015 yilda 44,2 foiz), shu bilan birga xususiy sektorning ulushi 12,2 foizni tashkil etdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab- quvvatlashni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ko'rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar, jumladan, ajratilayotgan kreditlar hajmining jadal sur'atlarda oshishida o'z aksini topmoqda.
Mamlakatimizda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o’sishni ta'minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining o’rni beqiyosdir. Xususan, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi muttasil oshib borib, 2016 yil yakunlari bo’yicha 56,9 foizni tashkil etdi.
Bunda ko’rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar, jumladan, ajratilayotgan kreditlar hajmining jadal sur'atlarda oshishi ham muhim omil bo’lmoqda.
2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 2015 yilga nisbatan 1,3 barobardan ziyodga oshib, qariyb 15,9 trln. so’mni, shundan mikrokreditlar hajmi 1,3 barobarga ortib, 3,3 trln. so’mdan ortiqni tashkil etdi (4-rasm).
Xususan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 367,2 mlrd. so’m, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 1 647,0 mlrd. so’m, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga 2 752,6 mlrd. so’m, nooziq-ovqat iste'mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga 2 993,0 mlrd. so’m, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 362,1 mlrd. so’m miqdorida kredit mablag’lari ajratildi.
Shu bilan birga, «Mikrokreditbank» ATB tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 437,6 mlrd. so’m miqdorida yoki 2015 yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga ko’p mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |