Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент вилояти чирчиқ давлат педагогика институти


Download 248.47 Kb.
bet3/13
Sana18.06.2023
Hajmi248.47 Kb.
#1585758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè òîø

2-bosqich noyabr oyida tashkil etilib, ta’lim muassasalarining terma jamoalari o‘rtasida musobaqaning tuman, shahar, bosqichini o‘tkazish va g‘olib jamoalarni aniqlash hamda shahar va tumanlarning sport turlari bo‘yicha terma jamoasini shakllantirishdan iborat.
3-bosqich mart-aprel oylarida o‘tkaziladi. Unda musobaqaning 2-bosqichida g‘olib bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasida musobaqaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi o‘tkaziladi. G’olib jamoalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining sport turlari bo‘yicha terma jamoasi shakllantiriladi.
4-bosqich may oyida bo‘lib o‘tadi. Unda musobaqaning 3-bosqichida g‘olib bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasida musobaqaning respublika final bosqichi o‘tkaziladi va g‘olib jamoalar aniqlanadi.
Barkamol avlod” sport musobaqasi kasb-hunar kollejlarining 17-20 yoshdagi o‘quvchilari ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda ham yuqoridagi kabi to‘rt bosqich bo‘lib, oylar kesimida emas, yil davomida bosqichma-bosqich har bir kursning sport turlari bo‘yicha jamoalari shakllantiriladi va hududiy bosqichlardan g‘olib bo‘lganlar terma jamoa sifatida viloyatda bellashadi, g‘olib bo‘lganlar respublika bosqichining finalida ishtirok etadi.
Universiada” sport musobaqasida oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining I-VI kurs hamda magistratura bosqichining I-III kurs 17-28 yoshdagi talabalari qatnashadi. Bu yo‘nalishda ham yil davomida bosqichma-bosqich har bir fakultetning sport turlari bo‘yicha jamoalari shakllantiriladi va g‘olib bo‘lgan jamoalar viloyat terma jamoasi safida musobaqaning respublika bosqichiga boradi.
Uch bosqichli sport musobaqasida yoshlar 28 sport turi bo‘yicha bellashadi. Jumladan, futbol, gandbol, voleybol, mini-futbol, basketbol, stritbol, dzyudo, ushu, badminton, tennis, yengil atletika, velosport, suzish, stol tennisi, sport va badiiy gimnastika, boks, og‘ir atletika, shaxmat, armrestling, karate, taekvondo, kurash, turon va belbog‘li kurash, o‘zbek jang san’ati, erkin va yunon-rum kurashlari turlari bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan uch bosqichli sport musobaqasiga mini-futbol, ushu, sambo, velosport, armrestling, o‘zbek jang san’ati, karate, turon va belbog‘li kurash hamda badminton sport turlari qo‘shildi. Avvalgi yillardan farqli o‘laroq endigi musobaqalar quyi, viloyat va respublika bosqichi bilan yakunlanadi. Oldin yoshlar mintaqaviy bosqichdan ham o‘tardi. Yana bir muhim jihati, sport turlari bo‘yicha musobaqaning final o‘yinlari endi har yili viloyatlarda o‘tkazilishi belgilandi, bu o‘z navbatida sportchi yoshlarning doimiy shay holatda turishiga imkoniyat yaratadi. Yosh toifasidagi o‘zgarishlar ham musobaqalarning nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
“Universiada” sport o'yinlari tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, uch bosqichli sport musobaqalari 2000 yili Universiada bilan Namanganda boshlangan edi. Ushbu musobaqada 15 terma jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchilari soni ko'p bo'lganligi sababli Toshkent shahri ikkita jamoa bilan qatnashdi. Musobaqa yakuniga Namangan viloyati terma jamoasi hammadan ko'p medalga ega bo'lgan holda birinchi o'rinni egalladi. Birinchi “Universiada” sport musobaqalarida 1400 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. Oradan ikki yil o'tib, Buxoroda ikkinchi “Universiada” sport musobaqalari bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada 1500 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. 15 terma jamoa orasida eng ko'p medalga ega chiqqan Toshkent-1 jamoasi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

2004 yili “Universiada” sport musobaqalariga Samarqand shahri mezbonlik qildi. Ushbu musobaqada hozirga qadar rekord sanalgan 2500 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. Bu safar ham umumjamoa hisobida Toshkent-1 jamoasi etakchilikni qo'lga oldi.

2007 yilgi “Universiada” sport musobaqalari mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida o'tkazildi. Mana shu yildan etiboran Toshkent shahridan bitta jamoa ishtirok etadigan bo'ldi. 2000 nafarga yaqin sporchilarni jamlagan musobaqa barchada katta taassurot qoldirgani turgan gap. Uning yakunlariga ko'ra, Toshkent shahri jamoasi yana shohsupaning eng yuqorisidan o'rin olishdi.

Oradan uch yil o'tib, aniqrog'i, 2010 yilgi “Universiada” sport musobaqalarini o'tkazish Andijonga keldi. Qo'shni viloyatda bo'lib o'tgan musobaqada 1000 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi va yakunda Toshkent shahri jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.



Birinchi «Universiada - 2000» musobaqalarida Namangan viloyati 1-o‘rin, Toshkent - I jamoasi 2-o‘rin va Samarkand viloyati 3-o‘rin nasib etgan bo‘lsa, kuchli oltilikdan Toshkent - II jamoasi, Andijon, Farg‘ona viloyatlari joy olishgan.
«Universiada -2000» dasturidagi sportning 9 turidan g‘oliblar quyidagicha: basketbol bo‘yicha (erkaklar o‘rtasida) - Buxoro viloyati, (ayollar o‘rtasida) Samaqand viloyati, voleybol bo‘yicha (erkaklar o‘rtasida) Toshkent-I jamoasi, (ayollar o‘rtasida) Toshkent-I jamoasi, futbol bo‘yicha - Namangan viloyati, tennis bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, stol tennisi bo‘yicha - Farg‘ona viloyati, shaxmat bo‘yicha - Samarkand viloyati, milliy kurash bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, belbog‘li kurash bo‘yicha - Namangan viloyati, yengil atletika bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi erishishdi. Namangan shahrida zamonaviy sport inshootlari barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda sport bilan shug‘ullanuvchi aholiga xizmat qilib kelmokda. «Universiada» g‘oliblari medallar, diplomlar va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandi, jamoalarga va g‘oliblarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi 15 ta «TIKO» rusumli yengil avtomashina berildi. Kichik «Olimpiada»ga aylangan bu musobaqa xalqaro ekspertlar e’tirof etgandek, hech bir mamalakatda qayd etilmaganligi bilan tarix saxifalaridan joy oldi.
Buxoro shahrida o‘tkazilgan «Universiada-2002» musobaqasining final bosqichida Toshkent shahridan 3 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan 13 ta jami 16 ta jamoa sportning 12 turidan 2265 talaba, shundan 1456 yigitlar 809 qizlar ishtirok etgan.
Jamoalar o‘rtasida 1-o‘rinni Toshkent-I egallagan bo‘lsa, 2-o‘rni mezbonlar ­Buxoroga nasib etdi, 3-urinni Namangan viloyati qo‘lga kiritdi. «Universiada -2002» musobaqasida kuchli oltilikdan Farg‘ona, Toshkent -II, Samarkand jamoalari o‘rin olishdi.

Download 248.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling