Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти ммс 65 гурухи талабаси


Download 76.2 Kb.
Sana22.12.2021
Hajmi76.2 Kb.
#182443
Bog'liq
Абдуллаев Абдулазиз



ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАъЛИМ ВАЗИРЛИГИ

ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ

ММС 65 гурухи талабаси

Абдуллаев Абдулазиз

Молиявий ва бошқарув ҳисоби”



фанидан якуний назорати

Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti

Buxgalteriya hisobi” kafedrasi

Buxgalteriya hisobi” fanidan yakuniy nazorat varianti № 8



  1. Baholash va kalkulyatsiya metodlarini tushuntiring.

  2. Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish.

  3. Quyidagi muammolarni nechinchi tur o‘zgarishga kirishini aniqlang va buxgalteriya provodkalarida aks ettiring:

  • ishlab chiqarishdan omborga tayyor mahsulotlar qabul qilindi

  • ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun hisobdor shaxslar sarf qildi

  • hisobdor shaxs tomonidan ishlatilmay qolgan summa kassaga topshirildi

  • ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga eskirish hisoblandi

  • xaridor va buyurtmachilardan avans olindi

  • davriy ro‘znomalarga korxona bir yilga obuna bo‘ldi

  • ijaraga berilgan asosiy vosita uchun bir yillik mablag‘i oldindan kelib tushdi


1.Baholash va kalkulyatsiya metodlarini tushuntiring.

Moliyaviy hisob umumiy tamoyillarga tayanadi, bular buxgalteriya hisobini ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish, aniqlik,mazmunning shakldan ustunligi, ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi, moliyaviy hisobotning betarafligi va hakazo. Bu tamoyillarga korxona xodimlari bilan bir qatorda davlat idoralari vakillari ham amal qiladi.

Boshqaruv hisobining asosiy tamoyillari esa hisobni ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, ehtiyotkorlik, ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi va hakazo hisoblanadi.

Хodimlarga tegishli ish haqi, mukofot, nafaqalar hisoblashni amalga oshirish bilan bir vaqtda bu summalar korxona buxgalteriyasida tegishli registrlarda hisobga olib boriladi. Barcha bu mehnat xarajatlari bevosita quyidagi schyotlarning debeti bo’yicha aks ettirilib: 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar», 2710-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar» 3100- «Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi.Ishchilarning ta’til vaqti uchun hisoblangan ish haqi summasiga 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari» (agar korxonaga bunday zaxira mablag’larini tashkil qilish huquqiy berilgan bo’lsa) schyoti debetlanib 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi va 15-qaydnomasga binoan 10 va 10/1 jurnal-orderlarida aks ettiriladi.Ishga qobiliyatsizligi bo’yicha nafaqa va ijtimoiy sug’urta organlari mablag’lari hisobidan to’lanadigan boshqa to’lovlar 6520-«Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar» schyotining debeti va 6710-schyotning kreditiga yozilib 10/1 jurnal-orderida aks ettiriladi.



2. Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish.

Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish Buxgalteriya hisobining milliy standarti “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibini belgilaydi.

Kichik tadbirkorlik subyekti faoliyatida buxgalteriya hisobi obyektlari hisobini oddiy shaklda yuritish uchun Moliyaviy xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish kitobi qo’llaniladi. Ushbu regisrt kitob ko’rinishida yuritiladi hamda tikilgan va raqamlangan bo’lishi shart. Moliyaviy xo’jaklik operatsiyalar hisobi hisoboti yili davomida mazkur kitobda qayd etiladi. Mazkur kitobning so’nggi varag’ida “Mazkur kitobda _______ varaq raqamlangan “ deb yoziladi va kichik tadbirkorlik subyekti rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bulan ko’rsatiladi.

Mazkur Kitobda moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalari natijalari tegishli schyotlar bo‘yicha Moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish jurnalida keltirilgan ma’lumotlar asosida aks ettiriladi.

Moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish kitobida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan qo‘llaniladigan barcha schyotlar mavjud bo‘ladi.

Moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish kitobi uning “20___yil __ ________dagi qoldiq” qatorida aktivlarning, majburiyatlarning va xususiy kapitalning har bir turi bo‘yicha hisobot davrining boshida mavjud bo‘lgan qoldiq summasini qayd etish bilan ochiladi. Aktiv schyotlar bo‘yicha qoldiq ushbu schyotlarning debetida, passiv schyotlar bo‘yicha qoldiq esa ushbu schyotlarning kreditida yoziladi.

Har bir qatorda tegishli buxgalteriya schyoti bo‘yicha yozuvlar Moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish jurnalida qayd etilgan buxgalteriya yozuvlari (provodkalari) ma’lumotlari asosida pozitsiya usulida xronologik ketma-ketlikda amalga oshiriladi.

Har oyning yoki chorakning oxirida kichik tadbirkorlik subyekti tomonidan o‘z moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun Moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish kitobida oy yoki chorak bo‘yicha qoldiq chiqariladi.



Moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish kitobida qayd etilgan aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schyotlar bo‘yicha qoldiqlar 1-sonli shakl — buxgalteriya balansiga, daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bo‘yicha hisobot davridagi aylanma 2-sonli shakl – moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga o‘tkaziladi.

3.



Download 76.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling