Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги урганч давлат университети
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqTURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA AVIAQATNOV VA
- Bu sahifa navigatsiya:
- доц. Рузметов Ш.Б. доц. Абдуллаев Ф.О. 252 Qurbanbayev Shuhrat Bakbarganovich
- Boshqarish‖ kafedrasi o’qituvchisi Allanazarov Otaxon Bayramboyevich UrDU ―Turizm va mehmonxona xo’jaligini
Масъул муҳаррир: и.ф.д., проф. Абдуллаев И.С. Таҳрир ҳайъати: и.ф.д., проф.Рузметов Б.Р. и.ф.д., проф.Досчанов Т.Д доц. Матяқубов У.Р. доц. Худайберганов Д.Т. PhD. Файзуллаев Н.Б. PhD. Алланазаров Б.Д. PhD. Рахимов Т.Ж. к.ўқ. Атабаева К. Тақризчилар: доц. Рузметов Ш.Б. доц. Абдуллаев Ф.О. 252 Qurbanbayev Shuhrat Bakbarganovich UrDU ―Turizm va mehmonxona xo’jaligini Boshqarish‖ kafedrasi stajor-o’qituvchisi Raximbayov Akmal Azamatboyevich UrDU ―Turizm va mehmonxona xo’jaligini Boshqarish‖ kafedrasi o’qituvchisi Allanazarov Otaxon Bayramboyevich UrDU ―Turizm va mehmonxona xo’jaligini Boshqarish‖ kafedrasi o’qituvchisi TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA AVIAQATNOV VA CHARTER REYSLARINING ROLI Bugungi kunga kelib, har qanday davlatni turizmi rivojlanishida aviaqatnovlarni roli beqiyosdir. Doimiy aviareyslarning ko‘pligi va arzonligidan tashqari, shunday samolyot qatnovi turi mavjudki, u odatda turistik maqsadlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. Shu bois, turizm sohasini rivojlantirishda aviaqatnov va charter reyslari muhim rol o‘ynab, uzoq yillik tarixiy rivojlanish davrlariga ega. Xususan, birinchi muvaffaqiyatli samolyot – 1903-yil aka-uka Raytlar tomonidan ixtiro qilingan. 1903-yil 17-dekabrda Uilbur va Orvil Raytlar birinchi dvigatelli samolyotlari bilan Kitty Hawkda to'rtta qisqa parvozlarni amalga oshirdilar. 1919-yilda London va Parij o'rtasida birinchi rejalashtirilgan aviakompaniya yo'lovchilarining parvozi uyushtirildi. Ko'plab aviatsiya professionallari va ixlosmandlari rejali xalqaro tijorat aviatsiyasi xizmatlarini ko'rsatadigan birinchi aeroport bundan qariyb bir asrdan ko‘proq oldin 1919-yil avgustda Xounslov Xit aerodromi bo'lgan. Ba'zilar tabiiy ravishda birinchi aeroportni aka-uka Raytlar tomonidan ishlab chiqarilgan, deb taxmin qilishlari mumkin. Aslida, ular dunyodagi eng qadimgi aerodromni tashkil etishdi, u umumiy aviatsiya bilan cheklangan va bu haqiqiy aeroport emas edi. Aeroport deb tasniflash uchun ushbu inshoot parvozlarni amalga oshirish va qo'nish, samolyotlarni saqlash va texnik xizmat ko'rsatish uchun aerodromni o'z ichiga olishi va boshqaruv minorasiga ega bo'lishi kerak. Uchish zonasida "samolyot ko'tarilishi uchun uchish-qo'nish yo'lagi yoki vertolyot uchastkasi kabi kamida bitta operatsion faol sirtni o'z ichiga olgan havoda ochiq maydon mavjud va ko'pincha boshqaruv minoralari, angarlar va terminallar kabi qo'shni kommunal binolar mavjud." Dunyodagi birinchi aeroport bo'lgan Xounslov Xit aerodromi o'zining uchish- qo'nish yo'lagini yopib qo'ydi va 1920-yil mart oyida Kroydon aeroporti ochilgandan ko'p o'tmay uni almashtirdi. Bu Londonning Xounslov tumanida bo'lgan. Xounslow yopilgandan ko'p o'tmay, dunyodagi birinchi tijorat aviatsiyasi uchun doimiy aeroport 1922-yilda Sharqiy Prussiyadagi Flughafen Devau shahrida ochilgan. 253 Charter - muntazam bo'lmagan tijorat reysidir. Ushbu reyslar, odatda, ta'tilga sayohat, ish safari va boshqalar kabi shaxsiy talablar uchun ishlatiladi. Charter reyslarda samolyot barcha xizmatlari bilan ijaraga olinadi. 219 Charter reyslari turitik firmalar tomonidan tashkil qilinish holatlari ko‘p uchraydi. Bunda, odatda turistik firma katta miqdordagi turistik guruh uchun doimiy reysga chipta olish narxini samolyot ijarasi narxi bilan solishtiradi, natijada samolyot ijarasi iqtisodiy nafli bo‘lgan paytda charter reys parvozini uyushtiradi. Rejalashtirilgan reysda parvozga chiptalar dunyoning turli xil savdo kanallari (internet, aviakassa va boshqalar) orqali sotilishini anglatadi. Charter reyslari esa turoperator tomonidan aviakompaniyadan samolyot ijaraga olinadi. Bu odatda ta‘til muddatlariga to‘g‘ri keladi, ammo hozirgi kunda charter reyslar hafta oxirlarida yoki muhim tadbirlar mavjud bo‘lgan kunlari ham uyushtirish holatlar ko‘p uchramoqda. Aviakompaniyalar dunyoda eng arzon charter parvozlar imkoniyatini taqdim qiladi. Ular quyidagilar: - AirAsia; - EasyJet; - Norvegiya; - Southwest Airlines; - AirAsia X; - Jetstar Airways; - WestJet; - IndiGo. 220 Darhaqiqat, turizm sohasini rivojlantirishda aviaqatnov va charter reyslari muhim rol o‘ynab, respulikamizda ham o‘ziga xos jihatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Xususa, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi O‗zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‗g‗risidagi farmonida ham loukosterlarni jalb etish va turizm sohasida aviaqatnovlar bo‘yicha ko‘pgina malumotlar berilgan. Unga ko‘ra - xorijiy va mahalliy aviakompaniyalarning turizm va investitsiya yo‗nalishlarida aviaparvozlarni tashkil etish hamda faoliyatini amalga oshirish chog‗ida yuzaga keladigan nizolarni muzokaralar o‗tkazish yo‗li bilan tezkorlik bilan hal etish; - aviaparvozlarga ruxsat olish tizimini soddalashtirish, loukosterlarni jalb etish, parvozlar geografiyasini ―bog‗lash‖ prinsipi orqali kengaytirishga to‗sqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor ko‗rib chiqish va ularni hal etish; -―Ochiq osmon‖ rejimi joriy etilgan barcha aeroportlarga yangi avia yo‗nalishlar ochish bo‗yicha xorijiy kompaniyalarni jalb etish, ularning loyihalarini o‗z vaqtida va samarali amalga oshirishga to‗sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish; 219 Aviatsiya tarixi, Florian Ion Tiberiu Petrescu 220 www.worldairlineawards.com 254 -aeroportlarda quruqlikda xizmat ko‗rsatish (ground handling) sohasini takomillashtirish, belgilangan narxlarni qayta ko‗rib chiqish va maqbullashtirish orqali investitsiyalarni jalb qilish; -hududlararo yo‗nalishli avtotransport qatnovlarini kengaytirish, yangi qatnovlarni tashkil etish, shuningdek, ushbu sohadagi mavjud muammolarni tezkor hal qilish choralarini ko‗rish, 221 belgilangan. Turizm sohasida avia qatnovlarni muhimligiga qaratilgan hukumat isloxatlari juda ko‘p va samaralidir shulardan yena biri Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10- iyuldagi 433-sonli qarorida berilgan. Bu qaror asosida charter reyslari uchun subsidiya miqdorlari belgilab berilgan. Bunda 20-fevraldan 19-noyabrgacha bo‗lgan charter reyslarga har bir yo‗lovchi uchun 20 dollarni, 20-noyabrdan 19- fevralgacha bo‗lgan charter reyslarga har bir yo‗lovchi uchun 50 dollarni tashkil qiladi. Subsidiya olish uchun quyidagi shartlar qo‗yiladi: chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar uchun ikki tomonlama (O‗zbekistonga va undan) charter reys tashkil qilish; charter reys bilan tashrif buyurgan yo‗lovchilarning O‗zbekistondagi joylashtirish vositalarida kamida besh kun tunab qolishi; charter reyslar va undagi yo‗lovchilar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni respublika aeroportlariga to‗liq taqdim qilish. 222 Shu o‘rinda charter reys orqali keladigan turistlarni davlatga nafliligi va doimiy reys bilan keladigan turistlar bilan solishtirib ko‘rish joiz. Masalan, Xitoylik bizness valillari tomonidan Italiyaning Venetsiya shahriga charter parvozlari orqali turistlarga sayohat tashkillashtirgan. Sayyohlar ertalab shaharga kelishgan va shu kuni kechqurun qaytib ketishgan. Deyarli turistik xizmatlardan yani restaran, mehmonxona kabi xizmatlardan foydalanmagan. Buning natijasida iqtisodiy daromad ham kam bo‘lgan va bundan tashqari shaharni ifloslanish darajasiga ham oshgan. Keyinchalik, Italiya hukumati Venetsiya shahriga Xitoydan uyushtirladigan charter parvozlari cheklov qo‘ygan. Umuman, aviaqatnovlar va charter reyslar ommaviy turizmni rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Garchi charter reyslar orqali turistlar kamroq kunga sayohatga kelishsa ham O‘zbekiston turizmi uchun foydali hisoblanadi. 221 O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi O‗zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risidagi farmoni 222 www.uzbektourism.uz Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling