Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги урганч давлат университети


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1052612
1   2
Bog'liq
TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA AVIAQATNOV VA

 
 
Масъул муҳаррир:
и.ф.д., проф. Абдуллаев И.С. 
 
Таҳрир ҳайъати:
и.ф.д., проф.Рузметов Б.Р. 
 

 
 
 
и.ф.д., проф.Досчанов Т.Д
доц. Матяқубов У.Р.
 
 
доц. Худайберганов Д.Т. 
PhD. Файзуллаев Н.Б. 
PhD. Алланазаров Б.Д.
PhD. Рахимов Т.Ж.
к.ўқ. Атабаева К.
 
Тақризчилар:
доц. Рузметов Ш.Б.  
доц. Абдуллаев Ф.О. 


252 
Qurbanbayev Shuhrat Bakbarganovich 
UrDU ―Turizm va mehmonxona xo’jaligini
Boshqarish‖ kafedrasi stajor-o’qituvchisi
Raximbayov Akmal Azamatboyevich
UrDU ―Turizm va mehmonxona xo’jaligini
Boshqarish‖ kafedrasi o’qituvchisi 
Allanazarov Otaxon Bayramboyevich
 
UrDU ―Turizm va mehmonxona xo’jaligini
Boshqarish‖ kafedrasi o’qituvchisi 
 
TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA AVIAQATNOV VA 
CHARTER REYSLARINING ROLI 
Bugungi kunga kelib, har qanday davlatni turizmi rivojlanishida 
aviaqatnovlarni roli beqiyosdir. Doimiy aviareyslarning ko‘pligi va arzonligidan 
tashqari, shunday samolyot qatnovi turi mavjudki, u odatda turistik maqsadlarni 
amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. Shu bois, turizm sohasini rivojlantirishda 
aviaqatnov va charter reyslari muhim rol o‘ynab, uzoq yillik tarixiy rivojlanish 
davrlariga ega. 
Xususan, birinchi muvaffaqiyatli samolyot – 1903-yil aka-uka Raytlar 
tomonidan ixtiro qilingan. 1903-yil 17-dekabrda Uilbur va Orvil Raytlar birinchi 
dvigatelli samolyotlari bilan Kitty Hawkda to'rtta qisqa parvozlarni amalga 
oshirdilar. 1919-yilda London va Parij o'rtasida birinchi rejalashtirilgan 
aviakompaniya yo'lovchilarining parvozi uyushtirildi. 
Ko'plab aviatsiya professionallari va ixlosmandlari rejali xalqaro tijorat 
aviatsiyasi xizmatlarini ko'rsatadigan birinchi aeroport bundan qariyb bir asrdan 
ko‘proq oldin 1919-yil avgustda Xounslov Xit aerodromi bo'lgan. Ba'zilar tabiiy 
ravishda birinchi aeroportni aka-uka Raytlar tomonidan ishlab chiqarilgan, deb 
taxmin qilishlari mumkin. Aslida, ular dunyodagi eng qadimgi aerodromni tashkil 
etishdi, u umumiy aviatsiya bilan cheklangan va bu haqiqiy aeroport emas edi. 
Aeroport deb tasniflash uchun ushbu inshoot parvozlarni amalga oshirish va 
qo'nish, samolyotlarni saqlash va texnik xizmat ko'rsatish uchun aerodromni o'z 
ichiga olishi va boshqaruv minorasiga ega bo'lishi kerak. Uchish zonasida 
"samolyot ko'tarilishi uchun uchish-qo'nish yo'lagi yoki vertolyot uchastkasi kabi 
kamida bitta operatsion faol sirtni o'z ichiga olgan havoda ochiq maydon mavjud 
va ko'pincha boshqaruv minoralari, angarlar va terminallar kabi qo'shni kommunal 
binolar mavjud." 
Dunyodagi birinchi aeroport bo'lgan Xounslov Xit aerodromi o'zining uchish-
qo'nish yo'lagini yopib qo'ydi va 1920-yil mart oyida Kroydon aeroporti 
ochilgandan ko'p o'tmay uni almashtirdi. Bu Londonning Xounslov tumanida 
bo'lgan. Xounslow yopilgandan ko'p o'tmay, dunyodagi birinchi tijorat aviatsiyasi 
uchun doimiy aeroport 1922-yilda Sharqiy Prussiyadagi Flughafen Devau shahrida 
ochilgan. 


253 
Charter - muntazam bo'lmagan tijorat reysidir. Ushbu reyslar, odatda, ta'tilga 
sayohat, ish safari va boshqalar kabi shaxsiy talablar uchun ishlatiladi. Charter 
reyslarda samolyot barcha xizmatlari bilan ijaraga olinadi.
219
Charter reyslari turitik firmalar tomonidan tashkil qilinish holatlari ko‘p 
uchraydi. Bunda, odatda turistik firma katta miqdordagi turistik guruh uchun 
doimiy reysga chipta olish narxini samolyot ijarasi narxi bilan solishtiradi, natijada 
samolyot ijarasi iqtisodiy nafli bo‘lgan paytda charter reys parvozini uyushtiradi. 
Rejalashtirilgan reysda parvozga chiptalar dunyoning turli xil savdo kanallari 
(internet, aviakassa va boshqalar) orqali sotilishini anglatadi. Charter reyslari esa 
turoperator tomonidan aviakompaniyadan samolyot ijaraga olinadi. Bu odatda 
ta‘til muddatlariga to‘g‘ri keladi, ammo hozirgi kunda charter reyslar hafta 
oxirlarida yoki muhim tadbirlar mavjud bo‘lgan kunlari ham uyushtirish holatlar 
ko‘p uchramoqda. 
Aviakompaniyalar dunyoda eng arzon charter parvozlar imkoniyatini taqdim 
qiladi. Ular quyidagilar: 
- AirAsia; 
- EasyJet; 
- Norvegiya; 
- Southwest Airlines; 
- AirAsia X; 
- Jetstar Airways; 
- WestJet; 
- IndiGo.
220
Darhaqiqat, turizm sohasini rivojlantirishda aviaqatnov va charter reyslari 
muhim rol o‘ynab, respulikamizda ham o‘ziga xos jihatlarga egaligi bilan ajralib 
turadi. Xususa, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi 
O‗zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‗g‗risidagi farmonida ham loukosterlarni jalb etish va turizm sohasida 
aviaqatnovlar bo‘yicha ko‘pgina malumotlar berilgan. Unga ko‘ra
- xorijiy va mahalliy aviakompaniyalarning turizm va investitsiya 
yo‗nalishlarida aviaparvozlarni tashkil etish hamda faoliyatini amalga oshirish 
chog‗ida yuzaga keladigan nizolarni muzokaralar o‗tkazish yo‗li bilan tezkorlik 
bilan hal etish; 
- aviaparvozlarga ruxsat olish tizimini soddalashtirish, loukosterlarni jalb etish, 
parvozlar geografiyasini ―bog‗lash‖ prinsipi orqali kengaytirishga to‗sqinlik qiluvchi 
muammoli masalalarni tezkor ko‗rib chiqish va ularni hal etish; 
-―Ochiq osmon‖ rejimi joriy etilgan barcha aeroportlarga yangi avia 
yo‗nalishlar ochish bo‗yicha xorijiy kompaniyalarni jalb etish, ularning loyihalarini 
o‗z vaqtida va samarali amalga oshirishga to‗sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, 
ularni bartaraf etish; 
219
Aviatsiya tarixi, Florian Ion Tiberiu Petrescu 
220
 
www.worldairlineawards.com
  


254 
-aeroportlarda quruqlikda xizmat ko‗rsatish (ground handling) sohasini 
takomillashtirish, belgilangan narxlarni qayta ko‗rib chiqish va maqbullashtirish 
orqali investitsiyalarni jalb qilish; 
-hududlararo yo‗nalishli avtotransport qatnovlarini kengaytirish, yangi 
qatnovlarni tashkil etish, shuningdek, ushbu sohadagi mavjud muammolarni tezkor 
hal qilish choralarini ko‗rish,
221
belgilangan. 
Turizm sohasida avia qatnovlarni muhimligiga qaratilgan hukumat isloxatlari 
juda ko‘p va samaralidir shulardan yena biri Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-
iyuldagi 433-sonli qarorida berilgan. Bu qaror asosida charter reyslari uchun 
subsidiya miqdorlari belgilab berilgan. Bunda 20-fevraldan 19-noyabrgacha 
bo‗lgan charter reyslarga har bir yo‗lovchi uchun 20 dollarni, 20-noyabrdan 19-
fevralgacha bo‗lgan charter reyslarga har bir yo‗lovchi uchun 50 dollarni tashkil 
qiladi. 
Subsidiya olish uchun quyidagi shartlar qo‗yiladi: 

chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar uchun ikki tomonlama 
(O‗zbekistonga va undan) charter reys tashkil qilish; 

charter reys bilan tashrif buyurgan yo‗lovchilarning O‗zbekistondagi 
joylashtirish vositalarida kamida besh kun tunab qolishi; 

charter reyslar va undagi yo‗lovchilar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni respublika 
aeroportlariga to‗liq taqdim qilish.
222
Shu o‘rinda charter reys orqali keladigan turistlarni davlatga nafliligi va 
doimiy reys bilan keladigan turistlar bilan solishtirib ko‘rish joiz. Masalan, 
Xitoylik bizness valillari tomonidan Italiyaning Venetsiya shahriga charter 
parvozlari orqali turistlarga sayohat tashkillashtirgan. Sayyohlar ertalab shaharga 
kelishgan va shu kuni kechqurun qaytib ketishgan. Deyarli turistik xizmatlardan 
yani restaran, mehmonxona kabi xizmatlardan foydalanmagan. Buning natijasida 
iqtisodiy daromad ham kam bo‘lgan va bundan tashqari shaharni ifloslanish 
darajasiga ham oshgan. Keyinchalik, Italiya hukumati Venetsiya shahriga 
Xitoydan uyushtirladigan charter parvozlari cheklov qo‘ygan.
Umuman, aviaqatnovlar va charter reyslar ommaviy turizmni rivojlanishida 
katta rol o‘ynaydi. Garchi charter reyslar orqali turistlar kamroq kunga sayohatga 
kelishsa ham O‘zbekiston turizmi uchun foydali hisoblanadi. 
221
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi O‗zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat 
turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risidagi farmoni 
222
 
www.uzbektourism.uz
  

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling