Ўзбeкистон Рeспубликаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Kreditlarni olish uchun talablar


Download 147 Kb.
bet9/11
Sana21.08.2023
Hajmi147 Kb.
#1668898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
G 2022 Fan dastur MT

Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha test topshirish.
Fandan talabalarni baholash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi NIZOM asosida amalga oshiriladi.
Fan doirasida semestr davomida 2 ta oraliq nazorat (ON) va yakuniy nazorat (YaN) olinadi. Xususan:
1-oraliq nazorat: 1-7 mavzular (ma’ruza mashg‘ulotlar) + 1-4 mavzular (amaliy mashg‘ulotlar) + 1-3 mavzular (tajriba mashg‘ulotlar) + 1-5 mustaqil ta’lim mavzusi bo‘yicha o‘zlashtirilsa.
2-oraliq nazorat: 8-15 mavzular (ma’ruza mashg‘ulotlar) + 5-8 mavzular (amaliy mashg‘ulotlar) + 4-7 mavzular (tajriba mashg‘ulotlar)+ 6-10 mustaqil ta’lim mavzusi bo‘yicha o‘zlashtirilsa.
Yuqorida ko‘rsatilgan oraliq nazorat punktlarining har biri kamida 60% ga o‘zlashtirishi lozim. Agar biror punktning o‘zlashtirilishi 60% dan kam bo‘lsa, o‘zlashtirilmagan hisoblanadi.
ON=1ON+2ON
ON kamida 60% ga o‘zlashtirilishi shart. Agar biror bir oraliq nazorat ishi 60% dan past o‘zlashtirilsa, ON o‘zlashtirilmagan hisoblanadi va yakuniy nazoratga qo‘yilmaydi.
Yakuniy nazorat tarkibi: Auditoriya mavzulari (50%) va mustaqil ta’lim (50%) mavzulariga oid amaliy ish topshirig‘i + test.
Yakuniy nazorat ham kamida 60% o‘zlashtirilishi shart. Aks holda 60% dan past o‘zlashtirilsa, YN dan o‘tmagan bo‘ladi.
YaN + (1ON + 2ON) ≥ 60 %
Talaba Yakuniy baholashda qoniqarli baho olgan taqdirda 4 kreditga ega bo’ladi.
Fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi.

8


Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling