Ўзбeкистон Рeспубликаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Fanni o‘qitishdan maqsad -


Download 147 Kb.
bet2/11
Sana21.08.2023
Hajmi147 Kb.
#1668898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
G 2022 Fan dastur MT

Fanni o‘qitishdan maqsad - Fanni o‘qitilishdan maqsad – talabalarga fanning gidrostatika qismida muvozanat holatidagi tоmchisimоn suyuqliklar qonuniyatlari, gidrodinamika qismida suyuqliklarning harakati bilan bog‘liq bolgan qоnunlar va gidromashinalar hamda gidrоyuritmalar qismida esa gidravlik mashinalar va gidroyuritmalarning tuzilishlari, ishlash prinsiplari haqida bilim berish, ularda ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Fanni o‘qitish jarayonidagi vazifalari quydagilarni o‘z ichiga oladi:

  • “Gidravlika” fani bo‘yicha tayanch so‘z va iboralarning hamda qonuniyatlarning mazmuni va mohiyatini talabalar ongiga to‘liq yetkazish;

  • mazkur fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uzviyligi haqida tushuncha berish;

  • fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni haqida to‘liq va aniq tasavvurni shakllantirish;

  • “Gidravlika” fanining bugungi kundagi yechilishi zarur bo‘lgan masalalarini bilish va taraqqiyoti istiqbollari haqida to‘liq tasavvur hosil qilish.



Fanning o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
Ta’lim jarayonining samaradorligi o‘qitish jarayonini qanday tashkil etilganligiga bog‘liq. Shuning uchun ham o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish katta ahamiyatga ega. Ta’lim jarayoni samaradorligiga erishish uchun o‘quv jarayonini quyidagicha tashkil etish tavsiya etiladi:

  • oliy ta’lim muassasasida o‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil etuvchi asosiy sub’yekt hisoblanadi. Shuning uchun ham o‘quv jarayoning samaradorligi ko‘proq o‘qituvchiga bog‘liq bo‘ladi;

  • darsni o‘tish uchun kirgan o‘qituvchida o‘quv mashg‘ulotiga tegishli barcha o‘quv-me’yoriy xujjatlarning bo‘lishi talab etiladi: fan ishchi dasturi; taqvimiy mavzular rejasi; o‘quv-uslubiy majmua; tarqatma materiallar; elektron taqdimotlar; ko‘rgazmali qurollar;

  • dars mashg‘ulotlarini fanga moslab jixozlangan o‘quv xonasida olib borish maqsadga muvofiq. Elektron taqdimotlarni talabalarga nomyish qilish uchun o‘quv xonasida multimedia vositalari bo‘lishi talab etiladi;

  • tajriba mashg‘ulotlari tajribalarni o‘tkazish uchun moslab jixozlangan tajriba xonasida o‘tkazilish kerak;

  • dars jarayonini to‘gri tashkil qilish kerak. To‘g‘ri tashkil qilinmagan dars talabalarning tartibsizligi va boshboshdoqligida namoyon bo‘ladi;

  • mashg‘ulotning shakli va mazmuniga qarab dars jarayonini intraktiv usullar yordamida tashkil qilish maqsadga muvofiq.




Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling