Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Pensiya
ta’minotining huquqiy-me’yoriy hujjatlarini takomillashtirish ishlarida tadqiqot
ishining xulosa, takliflardan foydalanish mumkin. Budjetdan tashqari Pensiya
fondining daromadlari va xarajatlarini boshqarishga qaratilgan me’yoriy
hujjatlarni yangilashda ishlatiladi. Tadqiqot ishi materiallaridan oliy o’quv
yurtlarida mavzuga oid fanlarini o’qitish jarayonida foydalanish imkoniyati
mavjud.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O’zbekiston Respublikasida fuqarolarni ijtimoiy himoyalash tizimi va
pensiya ta’minotining huquqiy asoslari ilmiy o’rganildi;
pensiya tizimini isloh etish yo’llari va moliyalashtirish manbalarining chet
el tajribalari ilmiy o’rganildi;
jaxon amaliyotidagi pensiya islohotlari yo’nalishlari ilmiy asoslandi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasi
daromadlarini shakllantirishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqildi;
pensiya ta’minoti tizimining huquqiy bazasini takomillashtirishga
qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |