O’QUV FANI (MODULI)NING MODDIY-TEXNIK
TA’MINOTI
”Informatika va Axborot texnologiyalari” fani o’qitishda o’quv jixozlar, O’quv ko’rgazmali qurollar, o’qitishning texnik vositalaridan samarali foydalanish usullari
O’qitishda ko’rgazmali vositalardan foydalanish pedagogikaning asosiy masalalaridan biri bo’lib, bu borada ko’plab mutafakkirlar fikrlarini bildirgan va xar qanday ta’limda ko’rgazmali usulning samarali ekanligini ta’kidlaganlar.
Xozirgi kunda xam o’qitishda ko’rgazmali vositalarning o’rni muhim hisoblanadi, ya’ni ta’lim oluvchilarga zarur bilimlarni yetkazishda asosiy axamiyatli metodik ob’yekt sifatida ko’rgazmali vositalardan foydalanish samarali ekanligi barchamizga ma’lum. Ayniqsa, uzluksiz ta’lim jarayonida o’qitilayotgan fanlardan eng yoshi hisoblangan «Informatika» fanini o’qitishda bu usul katta samara beradi.
Mashxur didakt Ya.A.Komenskiyning «Buyuk didaktika» asarida kurgazmali vositalardan foydalanishga asosiy urgu berilib: «... o’quvchilar sezib idrok etishi mumkin bo’lgan narsalarni, albatta, sezgilari vositasi bilan, ya’ni –ko’rish mumkin bo’lgan narsalarni ko’z bilan ko’rib, eshitish mumkin bulgan narsalarni quloq bilan eshtib, ushlab sezish mumkin bo’lgan narsalarni ushlab bilib olishlari kerak, deyiladi. Ya’ni talaba (o’quvchi) xaqiqatni o’zlari o’rganishlari, xaqiqiy dunyoni bevosita idrok qilish asosida bilishlari lozim.
O’qitish jarayonida qo’llaniladigan ko’rgazmali vositalarga quyidagilar kiradi:
- real obyektlarni aks etgaruvchi maxsus tayyorlanadigan tasviriy vositalar plakatlar, sxemalar, rasmlar, fotosuratlar;
- ko’rgazmalilikning texnik namoyish kilish vositalari - axborot texnologiyalarining zamonavii vositalari.
Ushbulardan kelib chiqqan holda ko’rgazmalilikni ikkita yirik guruhga ajratish mumkin: Illyustrasiyon va namoyish qilish usullari.
O’qitishning illyustrasiya usuli o’z ichiga plakatlar, xaritalar, sxemalar, rasmlar, fotosuratlar, jadvallar va boshkalarni ko’rsatishni oladi.
Namoyish qilish usuli esa, zamonaviy texnika vositalari yordamida (kompyuter, proyektor) dinamik qo’llanmalar, asl holidagi tabiiy obyektlarni ko’rsatishni o’z ichiga oladi. Ya’ni o’rgatuvchi dastur – bu o’quvchining o’quv faoliyatini boshqaruvchi dastur va odatda qisman, o’qituvchi vazifalarini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |