Ce –metallning ekvivalent og`irligi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
Elektrokimyoviy jarayonlar va ular asosida ishlab chiqarish jarayonlari.
Faraday qonunlari, Faradey soni, elektrokimyoviy ekvivalent.
Elektrokimyoviy ishlab chiqarishning iqtisodiy jihatdan afzalligi.
Xlor va ishqorning osh tuzining suvli eritmasi elektroliz usuli bilan olish. Jarayonning fizik –kimyoviy asoslarini tushuntiring.
Osh tuzining suvli eritmasini elektrolizi uchun qurilmalar sxemasini tushuntiring.
NaCl suvli eritmasini qattiq katodli elektrolizyorda elektroliz qilishning optimal sharoitlari.
Suyuqlanmalar elektrolizining eritmalar elrtroliziga nisbatan afzalligi.
Tuzlar suyuqlanmalarini elektroliz qilib metallar olish.
Noorganik vaorganik kimyo sanoati uchun eritmalar elektrolizi xom ashyo sifatida.
Gasparyan usuli bo`yicha xlorovodorod absorbsiyasi.
Nima uchun metall maxsulotari nikellanadi.
Nikellashni qaysi usullarda olib boorish mumkin.
Nikellashning kimyoviy usullari. Uning afzalligi va kamchiligi.
Nikellashning elektrokimyoviy usuli. Nikellashda boradigan elektrod jarayonlari.
Nikellash uchun ishlatiladigan elektrolitlarning tarkibi.
Tok bo`yicha unum. Ularga bog`liq bo`lgan amallar.
Nikelli qoplamaning sifati. Sifatli qoplamani olish sharoitlari.
7-TAJRIBA: NEFT MAHSULOTLARINING ZICHLIGINI ANIQLASH.
Ishdan maqsad: Neft mahsulotlari zichligini piknometr va ariometrik usullar yordamida o‘lchash.
Kerakli asbob va reaktivlar: piknometr, analitik tarozi,suyuq yoki neft mahsulotlari, distirlangan suv, ariometr.
Nazariy qism
Piknometrik usulda neft mahsulotlari zichligi quyidagi xollarda aniqlash mumkin.
Agarda oz miqdorda neft mahsulotlari bo‘lganda.
Agarda yuqori aniqlik talab qilinsa.
Agarda neft mahsulotlari yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lganda.
Piknometrik usulda neft mahsulotlarining zichlikni o‘lchash piknometr xajmi, neft mahsulotlari va suv massalari bir xil temperaturada anqlashga asoslangan.
Qo‘llaniladigan neft mahsulotlari zichligi zichlikka, qovushqoqlikka, alangalanish temperaturasiga, oktan soniga, nam saqlashi va xar xil aralashmalar (S birikmalar va boshqa)ga qarab aniqlanadi. Neft fraksiyalarining zichligi neft mahsulotlarini xarakterlovchi kattaliklardan biridir. Ko‘p xollarda neft mahsulotlari tarkibiga kiruvchi moddalar molekulyar massalari ortgan sari bu kattalik ortib boradi. Neft mahsulotlarida aromatik uglevodorodlarning oshishi bilan suyuqlik oshib boradi. Neft mahsulotlarining zichligi odatda 20 oC da o‘lchanadi. Agarda suvning xarorati 4 oC da zichligi o‘lchansa, u xolda nisbiy zichlik qabul qilinadi. Neft va neft mahsulotlarining zichligini o‘lchashda quyidagi usullarni qo‘llash mumkin.
1.Ariometrik
2. Piknometrik
3. Vestfal tarozida tortib o‘lchash.
Do'stlaringiz bilan baham: |