¤збекистон республикаси олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги


Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari


Download 125 Kb.
bet3/6
Sana24.12.2022
Hajmi125 Kb.
#1054569
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Илмий тадқиқот иши БТ (5) (2)

Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishiga, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan Respublika “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ko‘zda tutilgan va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarga mos bo‘lishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasining mavzusi har bir mutaxassislik bo‘yicha tavsiya etilgan mavzular bankidan magistrant tomonidan mustaqil tanlab olinadi. Mavzu tanlash juda ma’suliyatli vazifalardan biri hisoblanadi. Bunda magistrant talabaga kafedraning yetuk professor-o‘qituvchilari maslahat beradi.
Mavzu magistrantning asosiy ixtisoslik fani bo‘yicha belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Buna magistrantning amaliy tajribasi, muammolarni bilishi, pedagogik jarayondagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va taxlil qila olish imkoniyati, chet tilini bilishi, xorijiy hamda respublika ta’lim tizimidagi erishilgan yutuqlarni nazarda tutishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Dissertatsiya mavzusining to‘g‘ri tanlanishi uning muvaffaqiyatli yakunlinishini ta’minlaydi.
Magistrantga ilmiy rahbarni biriktirish ham mavzu tanlanish jarayonida amalga oshiriladi.
Agarda tavsiya etilayotgan mavzuga ilmiy rahbarlikka bir nechta nomzod ko‘rsatilsa, magistr talaba na faqat mavzuni, balki ilmiy rahbarni ham mustaqil tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Magistrlik dissertatsiyalari mavzular bankini yaratishda mutaxassislik kafedrasi bilan hamkorlik shartnomasi tuzilgan ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy hodimlari, boshqa oliy o‘quv yurtlari professorlarini jalb etishlari mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasining bajarilishi asosan shu ixtisoslik bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasiga va (yoki) ixtisosiy kafedra bo‘yicha professor ilmiy unvoniga (istisno tariqasida fan nomzodi ilmiy darajasi va dotsent ilmiy unvoniga) ega pedagog rahbarligida amalga oshiriladi. Maslahatchi sifatida akademiya va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, hamda ishlab chiqarishdan yuqori malakali mutaxassislar taklif qilinishi mumkin.
Ilmiy rahbar fan doktori, professor bir yilda 5 nafargacha, fan nomzodi, dotsent 3 nafargacha magistrant talabalarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- magistrlik dissertatsiyasi rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga doir manbalarni tanlashga yordam berish;
- ilmiy-tadqiqot mavzusi bo‘yicha doimiy ravishda suhbat va maslahatlar o‘tkazib turish;
- berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishini qattiq nazorat qilish;
- ishning to‘liq bajarilgan qismlarini muntazam baholab borish;
- magistrant talabani maqola tayyorlashida metodik yordam ko‘rsatish;
-magistrantga kafedra ilmiy-metodik seminarlari, anjumanlarga ma’ruzalar tayyorlashida maslahat berish;
- ilmiy – tadqiqot ishining birinchi bosqichi tugaganda magistrant tomonidan tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasining qoralama variantini baholash va ilmiy-tadqiqot ishining ikkinchi bosqichi-magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash uchun ruxsat berish to‘g‘risida kafedraga yozma xulosa taqdim etish;
- magistrant talaba tomonidan yakunlangan magistrlik dissertatsiyasining tayyorligi haqida ¸yozma xulosa berish va himoyaga taqdim etishga rozilik berish;
- berilgan topshiriqlarni o‘z muddatida muntazam bajarmayotgan magistrant talaba to‘g‘risida kafedra (dekanatni) o‘z vaqtida habardor qilish;
- kafedra majlislarida magistr talabalar bilan birga bajarilgan ishlar haqida hisobotlar berib borish.
Magistrant talaba tanlagan dissertatsiyasi mavzusi va ilmiy rahbarni tasdiqlash bo‘yicha buyruq loyihasi kafedra tavsiyasi asosida dekanat tomonidan tayyorlanadi. Rektor buyrug‘i bilan tasdiqlangan magistrlik dissertatsiyasi mavzusi va ilmiy rahbar (imkoniyat boricha) o‘zgartirilmaydi.
Dissertatsiyadagi ilmiy masalani yechish bo‘yicha magistr:
-tanlangan ilmiy mavzuning dolzarbligini asoslashi;
- tadqiqotning maqsadi va muayyan vazifalarini qo‘yishi;
- tadqiqot obyekti va predmetini aniqlashi;
- tadqiqot usuli (yoki uslublari)ni tanlashi;
- tadqiqot natijalariga ishlov berishi va tahlil qilishi;
- olingan xulosalarni shakllantirishi, natijalarni baholashi va ularni tadbiq etish uchun aniq takliflarni kiritishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishini o‘z vaqtida mukammal ishlab chiqish magistrant talabaga ilmiy-tadqiqot ishining maqsad va vazifalarini to‘g‘ri ifodalash, tadqiqot obyektiga, predmeti hamda qo‘yilgan maqsadga erishish usullarini to‘g‘ri tanlash, shuningdek, dissertatsiyani tayyorlash bosqichlarini aniq ajratish imkonini beradi.
Ilmiy rahbarning magistrant talaba bilan ishlash grafigi kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va shu grafik asosida bajarilgan ishlar guruh jurnaliga qayd qilib boriladi. Guruh jurnalini o‘z vaqtida va to‘g‘ri jihozlanishining nazorati dekanatda belgilangan mas’ul shaxs tomonidan olib boriladi.

Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling