Tashqi taqrizda quyidagilar yoritiladi:
- dissertatsiya mavzusining dolzarbligi;-
tadqiqotning yangiligining asoslanganligi;
ishning ilmiy va amaliy ahamiyati;
- magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va tugallanganligining tanqidiy bahosi- materialni bayon etish tili va uslubi;
- dissertatsiyaning magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yiladigan talablariga muvofiqligi.
Berilgan topshiriqlarning bajarilish darajasini baholash me’zoni (har bir topshiriqning maksimal balidan kelib chiqkan holda):
Berilgan topshiriq o‘z muddatida, to‘liq, mustaqil, ijodiy yondoshgan holda bajarilgan bo‘lsa – 86-100 ballar;
Berilgan topshiriq o‘z muddatida, to‘liq, ilmiy rahbar maslahatlari yordamida bajarilgan bo‘lsa – 71-85 ballar.
Berilgan topshiriq muddatidan 1 kun kechiktirilib, ilmiy rahbar maslahatlari yordamida to‘liq holda bajarilgan bo‘lsa – 55-70 ballar.
Berilgan topshiriq muddatidan qisman bajarilgan bo‘lsa – 0-55 ballar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Magistratura haqida Nizom. Oliy ta’lim. Meyoriy hujjatlar to‘plami. T,, «Sharq», 2001. 221-234 bb.
2. Abduqodirov A., Yunusov R. Magistrlik dissertatsiyasi. Metodik qo‘llanma. Nizomiy nomidagi TDPU . 2000. 28 bet.
3. Pardayev O., Sattorov M. Magistraturada o‘quv jarayonini tashkil qilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar. Samarqand, SamDU nashri. 2001, 32 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |