¤збекистон республикаси олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги
Magistratura 2-kurs talabalarining 4-semestrdagi 50 soatlik
Download 125 Kb.
|
Илмий тадқиқот иши БТ (5) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajariladigan ishning mazmuni Reyting ballari
- Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi quyidagicha bo‘lishi tavsiya etiladi
- Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar taqrizida quyidagilar yoritiladi
Magistratura 2-kurs talabalarining 4-semestrdagi 50 soatlik
ilmiy-tadqiqot ishi mazmuni
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi quyidagicha bo‘lishi tavsiya etiladi: - dissertatsiya betini rasmiylashtirish; - mundarija; - kirish; - asosiy qism 1,2 (3) boblar; - xulosalar va takliflar. Magistrlik dissertatsiyasining kirish qismida quyidagilar beriladi: - tadqlqot mavzusining dolzarbligi; muammoning ishlanganlik darajasi; magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari; tadqiqot metodlari; tadqiqot predmeti; - tadqiqot obyekti; tadqiqotning ilmiy yangiligi; - nazariy va amaliy axamiyati. -ilmiy farazi; - tadqiqot bazasi; Magistrilik dissertatsiyasining asosiy qismi bir necha bobdan iborat bo‘lib quyidagilar beriladi: qabul qilingan gipoteza asosida nazariy tadqiqotlar; tajriba-sinov qism (yoki ko‘rilayotgan masalaning nazariy modeli); olingan natijalar; olingan natijalar tahlili. Xulosalar va takliflar; Magistrlik dissertatsiyasi xulosa qismi. Agar “Asosiy qism” bir necha bobdan iborat bo‘lsa, har bir bobning o‘zida kichik xulosalar ham berib borish ham mumkin. Bular asosida yirik umumlashgan fikr “Xulosa” qismida beriladi. Barcha o‘rinlarda xulosalar aniq dalillarning taxliliga asoslangan bo‘lishi, aniq, ixcham, ishonarli bayon etilishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Dissertatsiyaning “Bibiliografiya” qismida shu ishni yozishda bevosita foydalanilgan adabiyotlar kiritiladi. Dissertatsiyada foydalanilmagan xamda asosiy matnda xavola qilinmagan manbalar adabiyotlar ro‘yxatiga kiritilmaydi. Shuningdek, ensiklopediya, ma’lumotnoma va ilmiy-ommabop nashrlar ham bibliografik ro‘yxatga kiritilmaydi. Ishda bevosita foydalanilgan adabiyot va manba haqida quyidagi ma’lumotlar berilishi kerak: 1) foydalanilgan adabiyotning ro‘yhat bo‘yicha tartib raqami; 2) muallifning familiyasi, ismi va sharifi; 3) kitob yoki maqolaning nomi; 4) kitobning nechanchi nashri ekanligi (agar u bir necha marta nashr etilgan bo‘lsa); 5) kitobning nechanchi tom, qism, chiqarilish sonlari; 6) nashriyot nomi; 7) nashr etilgan joy; 8) nashr etilgan yili; 9) necha betdan iborat; Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida ishga aloqador bo‘lgan maonografiyalardan tashqari, xukumat farmon va qarorlari ham keltirilishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati quyidagi tartibda tuzilishi lozim: 1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari.. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va ilmiy ishlari. 4. Alifbo tartibda joylashgan maxsus adabiyotlar. 5. Meyoriy hujjatlari va yo‘riqnomalar. 6. Statistik materiallar va statistik to‘plamlarning materiallari. 7. Asl manbalar, ilmiy tekshirish institutlari va turli tashkilotlarning yillik hisobotlari. Bibliografik izlanish magistrantning adabiyot ustida ishlashning dastlabki bosqichi sanaladi. Bundan dastlab mavzuga aloqador barcha adabiyotlarni aniqlab keyin uni o‘qishga kirishish kerak degan xulosa chiqarilmaslik kerak. Ularning zarurligini tanlay olish, ulardan foydalanish va o‘rni bilan bibliografik ro‘yxatda aks ettirishni bilish magistrantning ilmiy salohiyatini belgilab beradi. Magistrlik dissertatsiyasi magistrant talaba o‘qiyogan tilda yozilishi tavsiya etiladi. Agar magistrlik dissertatsiyasi chet tilda (ingliz, nemis, fransuz va x,.k.) yozilgan bo‘lsa ish boshida o‘zbek yoki rus tilida ishning qisqacha annotatsiyasi keltiriladi. Dissertatsiya chet tilida yozilishi rag‘batlantiriladi. Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarning yozma xulosasi hamda opponent tomonidan taqriz olinadi. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar taqrizida quyidagilar yoritiladi: - dissertatsiya ishi mavzusining dolzarbligi; - magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari muallif tomonidan yoritilganligi; - tadqiqot natijalarining qay darajada asoslanganligi; - dissertatsiya mavzusining kafedra ilmiy yo‘nalishiga bog‘liqligi; - tadqiqotning ilmiy jihatdan yangiligi; - tadqiqotchining ilmiy ishga qobiliyati va moyilligi bo‘yicha qisqa tavsif; xulosalar va takliflarning sifati hamda nazariy va amaliy ahamiyati; dissertatsiyaning magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi; magistrlik dissertatsiyasi mavzusining amaliyot bilan bog‘liqligi. Kafedra magistrlik dissertatsiyasini tashqi taqrizchiga yuboradi. Tashqi taqrizchi boshka oliy o‘quv yurtlarining professorlari yoki yetuk dotsentlari, ilmiy tadqiqot institutlarining yetakchi yoki katta ilmiy xodimlari, korxonalarning yetakchi mutaxassislari bo‘lishi mumkin. Download 125 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling