збекистон Республикаси Олий ва рта махсус таълим вазирлиги


O`simliklardan olinadigan yelimlar


Download 430 Kb.
bet23/75
Sana24.12.2022
Hajmi430 Kb.
#1061232
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75
Bog'liq
Rangtasvir matni

O`simliklardan olinadigan yelimlar
Kraxmal va undan olinadigan yelim
Kraxmalni ozroq miqdordagi sovuq suv bilan yaxshilab aralashtiriladi. Keyin aralashtirib turib ustiga qaynoq suv quyiladi va hosil bo`lgan kleyster bir hil massa hosil bo`lguncha qizdiriladi.Kleysterizatsiyalash har turdagi kraxmalda turlicha bo`ladi. Kartoshka kraxmalida 650, bug`doy kraxmalida 700guruch kraxmalida 800 bo`ladi.
Un va jelatindan tayyorlanadigan yelim.
Tarkibi:
Bugdoy uni --- 400g
Texnik jelatin --- 50g
Glitserin --- 80g
Alyumokaliy --- 30g
Formalin --- 40g
Spirt (rektifikat) --- 20g
Suv --- 6l
Antiseptik sifatida (formalin) kamfora yoki kamfora spirtni qo`shish mumkin. Yelim emal yokialyumin idishda kaynatiladi. Un bir joyga tuplanib yopishiib kolmasligi uchun oz miqdordagi sovuq suvda eritiladi, keyin issiq suv solib suvni vannaga qo`yiladi va asta-sekin kaynatiladi. Shundan keyin kleysterga suvda eritilgan achitqilar qo`shiladi ikki qavat dokadan o`tkaziladi va jelatin qo`shiladi . Kleyster soviganidan so`ng unga spirt va glitserin qo`shib, yaxshilab aralashtiriladi.
Sintetik yelimlar.
Polivinilatsetat (PVA) yelimi.
PVA polivinilatsetat emulsiyasi asosida tayyorlanadi.U quyidagi komponentlardan tarkib topadi (m.g):
I II
Polivinilatsetat 45 55
Dibo`tilftalat 5 5
Suv 50 40
PVA yelimining asosi sifatida suvli noplastik emulsiyasi qo`llaniladi. PVA yelimidan yog`och, qog`oz, karton, paxtadan tayyorlangan matolarni, shuningdek gazlamalarni yog`och, shisha va metallni yog`och bilan yelimlashda qo`llaniladi. Yelimni tozalangan sirtga ingichka qatlam qilib suriladi va detallarni biriktirishdan oldin 3 minut ochiq qoldiriladi.
Elimlanayotgan sirtlar katta bosim ostida biriktiriladi. Yelimlash temperaturasi 15 -300 bo`ladi.
Polivinilatsetat emulsiyasi.
Polivinilatsetat suv emulsiyasi vinilatsetatning emulgator va initsiator ishtirokidagi suv muhitida polimerzatsiyalangan maxsuloti hisoblanadi. Bu emulsiyadan,rang tasvir uchun gruntlar tayyorlashda foydalaniladi. Emulsiya qog`ozlarni, yog`och, shisha, mato, keramika, metall folgalarni yelimlar uchun ishlatiladi.
Palivinilattsetat emulsiyasini ingichga qatlam qilib tozalangan sirtiga surtiladi. Ochiq holda 5 mino`t saklanadi.
Elimlanayotgan srtlar bosim ostida biriktiriladi.Elimlash temperaturasi 15-300 qog`oz, karton, teri ikki soatda, yog`och, keramika, shisha-4 soatda yopishadi.


BF-2 yelimi.
BF-2 yelimi fenoloformaldegid smolasining spirtdagi eritmasi va polivinilbo`tirol bilan birga 1:1 nisbatidan iborat BF-2 yelimi bilan metall, plastmassa (fenoplast; aminaplast, polistirol, penoplast), yog`och, fanera, teri, qog`oz, karton va boshqalar yelimlanadi. Yelim yelimlanayotgan sirtga ingichka qatlam qilib surtilib, ochiq holda 2-3 mino`t to`tib turiladi. Yelimlanayotgan detallar bosim ostida biriktiriladi. Yelimlash temperaturasi 15 -300.

Download 430 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling