збекистон Республикаси Олий ва рта махсус таълим вазирлиги


Qattiq mo`yli mo`yqalamlar


Download 430 Kb.
bet3/75
Sana24.12.2022
Hajmi430 Kb.
#1061232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Rangtasvir matni

Qattiq mo`yli mo`yqalamlar
Qattiq mo`ydan tayyorlangan mo`yqalamlar.

  • Katta to`plam: har bir yalpoq va to`g`ri shakldagi mo`yqalamlardan bittadan olinadi.

  • Kichik to`plam: №2 dan 12gacha bo`lgan uchli shakldagi mo`yqalamlardan bittadan olinadi.

Sigir qilidan tayyorlanadigan mo`yqalamlar.
Bu mo`yqalamlar yumshoq bo`lib, detallarni ishlashda va lessirovka qilishda qo`l keladi. Shakli qattiq qildan tayyorlangan mo`yqalamlarga o`xshaydi.
Ayiq mo`ylaridan tayyorlangan mo`yqalamlar.
Bu mo`yqalamlarni ham yuqoridagi tartibda olish kerak bo`ladi.


Palitralar
Palitra uchun yog`och faneralar ishlatiladi. Lekin undan ham qulay va arzon tushadigani bu chetki qirralari tekislangan shisha hisoblanadi. Har kim o`zi uchun qulay bo`lgan shaklda palitra qirqib olishi mumkin. (ilovaga qarang).


Molbertlar va boshqa narsalar
Ishni endi boshlayotganlar uchun molbert kerak bo`lmaydi, uning o`rniga etyudnik yoki kichik molbertlardan foydalanish mumkin. Unda kichikroq va o`rta o`lchamdagi kartinalarni ishlasa bo`ladi. Zarur bo`lgan boshqa predmetlar masalan: qog`oz, tsellofan plenka, eski lattalar, og`zi qattiq yopiladigan bankalar va butilkalarni ham ishlatamiz.


Gruntlar
Eng avvalo ishni maxsus magazinlarda sotiladigan tayyor gruntlangan kartondan boshlash mumkin. Bu kartonlar turli formatlarda ishlab chiqariladi. Keyinroq esa gruntni o`zingiz tayyorlab ishlay boshlaysiz.
Bu haqda biz keyingi bo`limlarda kengroq to`xtalamiz.


Moybo`yoqlarning tarkibi va o`ziga xos xususiyatlari
Oq bo`yoqlar
Ruxli oq bo`yoq
Bu oq bo`yoq elektrolitik vositasi yordamida ruxdan olinadi. Oq bo`yoq o`z tarkibiga ko`ra rux oksidi (Zn O) dan iborat. Uning bog`lovchisi yong`oq va zig`ir moylarining aralashmasi hisoblanadi. Ruhli oq bo`yoqning xarakterli xususiyatlari shundan iborat:
A) ular sekin quriydi.
B) o`rtacha qoplovchiliq xususiyatiga ega.
V) bo`yoqlar aralashmasini mustahkamligini yaxshilaydi.
Yorug`lik ta'sirida ruhli belila o`zining oqligini yo`qotmaydi; Qorong`ida sarg`ayadi, lekin yorug`lik ta'sirida asta-sekin o`z oqligiga qaytadi.
Ruhli oq bo`yoqlarni sanoatda ishlab chiqarish 1849 yilga to`g`ri keladi, xuddi shu yili rangtasvirda qo`llanila boshlangan.



Download 430 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling