Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон давлат жаҳон тиллари
Download 133.9 Kb.
|
ingliz ozbek va rus hikoyalarida ijtimoiy hayot tasviri ketrin mensfild abdulla qahhor a. chexov hikoyalari misolida
II BOB XULOSALARI
Magistrlik dissertatsiyamizning ikkinchi bobida ingliz, rus, o’zbek adabiyotida kichik hikoya janrida ijod qilgan hamda uni rivojlantirishga kata hissa qo’shgan uchta buyuk hikoyanavis, ya’ni rus adabiyotida A.P. Chexov, ingliz adabiyotida Ketrin Mensfild va o’zbek adabiyotida Abdulla Qahhorning hayot va ijod yo’llarini kuzatdik. Izlanishimiz jarayonida bu uch yozuvchining hikoyalari, ularning o’xshash va farqli jihatlari, har birining hikoya yozish uslublari, hikoyalarida ilgari surilgan mavzu va muammolarni o’rgandik. Bulardan tashqari ularning ijodi to’g’risidagi olimlar hamda adabiyotshunos yozuvchilar bildirgan fikrlar bilan ham tanishdik. II bobda bayon qilingan masala yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik: 1.A.P. Chexov ijodi davomida juda ko’p jamiyat muammolarini ochib beruvchi hikoyalar yaratdi va bu hikoyalarni satira, ya’ni hajviy usulda yoza bildi. Shu sababli ham uning hikoyalari tabiiy, ta’sirli chiqib, omma e’tiborini tez jalb etardi va bugungi kunda ham uning hikoyalari sevib o’qiladi. 2.Chexov o’z hikoyalarini realizm oqimida yaratib, I. Gurvich aytganidek 20-asr kichik hikoya janrini nafaqat rus adabiyotida, balki jahon adabiyotida ham rivojlanishiga ulkan hissasini qo’shdi va bugungi kunda ham hikoyanavislar hikoya yozishda Chexov an’analariga tayanadilar. 3.Abdulla Qahhor ham o’zbek adabiyotida o’z hikoyalari bilan kichik hikoya janrini rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. U bu janrda nafaqat hikoya yozgan, balki hikoya janrini nazariy jihatdan ham o’rganib, ilmiy izlanishlar olib borgan. Uning ijodini bugungi kunda ham mutaxassislar o’rganmoqdalar. Uning ijodini ayniqsa, Matyoqub Qo’shjonov o’zining “ Abdulla Qahhor mahorati ” nomli kitobida keng ochib bergan. 4. Abdulla Qahhor ijodida Chexov an’analarini davom ettiradi, hatto uning o’zi ham Chexovni ustozi sifatida ta’kidlagan. Shu sabab ham uning bir qancha “Dahshat ”, “ Millatchilar ” kabi Chexovnikiga o’xshash hikoyalari mavjud. 5. Ketrin Mensfild o’zi Yangi Zelandiyalik bo’lsa-da, ingliz adabiyotida kichik hikoya janrining rivojiga beqiyos hissasini qo’shgan. U ham realizm oqimida ijod qilib, ko’proq ijtimoiy-psixologik yo’nalishda hikoyalar yaratgan. Uning ijodi xususida ko’p ingliz olimlari, yozuvchilari, jumladan Virjiniya Vulf, Alpers kabilar ko’plab ijobiy fikrlarni bildirib o’tganlar. 6. Ketrin Mensfild Oskar Uayld, A.P. Chexov kabi yozuvchilar ijodidan ko’p narsa o’rgangan, ayniqsa, unga Chexovning ta’siri katta bo’lgan. Hatto, uni “ Ingliz Chexovi ” deb ham atashgan. Shuning uchun ham uning ijodida Chexovnikiga o’xshash hikoyalarni uchratish mumkin. Masalan, “ The child who was tired “ bilan “ Спатьхочется” kabilar. 7. Chexov, A.Qahhor, K.Mensfild yozgan hikoyalar bir-biriga juda o’xshash, buning boisi Qahhor hamda Mensfild Chexovni o’zlariga ustoz deb bilganlari va uning hikoya yozish mahorat sirlarini o’rganganliklaridadir. Shuning uchun ham hatto, Qahhor va Mensfildning ayrim hikoyalari ham bir- biriga o’xshashdir. Masalan, “ Dahshat ” va “ Юннаягувернантка”, “ Nurli cho’qqilar ” va “ New dresses ” kabi. Adabiyotda bu uch yozuvchi qoldirgan iz hech qachon o’chmaydi. Download 133.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling