Ish tuzilishi va tarkibi. Mazkur ish kirish, 3 bob, xulosalar qismi va adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
Bajarilgan ishning asosiy natijalari:1) qiyosiy tahlil metodi ishlab chiqildi; 2) ingliz, rus va o’zbek yozuvchilari ijodidan namunalar tahlil qilinib, ularning o’xshash va farqli jihatlari aniqlandi; 3) ingliz, rus va o’zbek yozuvchilarining hikoyalaridagi asosiy mavzular aniqlandi.
Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashmasi: ingliz, rus va o’zbek hikoyalarida ijtimoiy hayot tasviri insonlar hayoti va jamiyatdagi muammolarni yoritib berishda va unga yechim topishda o'ziga xos ahamiyatga ega. Bular yordamida faqat ijtimoiy muammolarni emas, balki, yozuvchilarning yozish uslubi va ularning o’xshash jihatlari haqidagi ko’plab yangiliklarni kashf etamiz. Yozuvchilarning boshqa mavzuga doir hikoyalari va bunday hikoyalarni yanada chuqurroq taqqoslab o'rganish kelgusi izlanishlar uchun davom ettirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |