Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima nazariyasi va amaliyoti 2
Xitoy tilida frazeologiya
Ushbu bobda xiitoy tilida frazeologiyalar turlari, chengyular, guangyunyular va ular o‟rtasidagi o‟hshashlik va farqlar haqida so‟z yuritiladi. Xitoy tili frazeologik fondining boyligi, unda rang-barang birliklarning mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Ko‟plab frazeologik birliklar qadimda paydo bo‟lib, bizning kungacha yetib kelgan. Zamonaviy xitoy tili yangi frazeologik birliklar bilan to‟lib borishda davom etmoqda. Frazeologik birliklarni quyidagi turlarga bo‟lamiz: 1. Mustaqil ma‟noli, ko‟chma ma‟no bilan bog‟liq bo‟lmagan, metaforik qo‟llanilmaydigan, lekin shunga qaramay hissiy-qadrli va ta‟sirchan ma‟no va bo‟yoqlarga ega bo‟lgan birliklar. 骇人听闻 hairentingwen-dahshatli 不可名状 bukemingzhuang-ta‟rifga sig‟maydigan 2. Tasviriy-ma‟noli vositalar. Frazeologizmlar aniq, ma‟noli, ular ko‟rish mumkin bo‟lgan qahramonlarni yaratadi. Ular o‟z asl ma‟nosida tushunilmaydi, metaforik tarzda, ya‟ni o‟zgacha timsol qilib qo‟llaniladi. Ularni to‟rt turga ajratamiz: 1. Chengyu 成语 tayyor ifoda-xitoy frazeologiyasi tizimida ( rus tiliga idioma deb tarjima qilinadi ) ahamiyatli o‟ringa ega.成语 chengyu tayyor turg‟un so‟z birikmasi bo‟lib, qadimgi xitoy odatlariga mos ravishda qurilgan. Umum-ko‟chma ma‟noga ega bo‟lgan yahlit semantik birlikni ifodalab, u gap bo‟lagi hisoblanib, ta‟sirchan hususiyatga egadir. Chengyuni parallel va parallel bo‟lmagan konstruktsiyalarga bo‟lamiz. Parallel: 1) fonetik-tonlarning almashinuvi. 2) semantik-o‟hshashlik, qarama-qarshilik va bir hillikda quriladi. 3) grammatik-o‟hshash sintaktik tuzilish. Chengyuning parallel turi morfem ko‟rsatkichlari, yordamchi so‟zlar bo‟lmagan bir bo‟g‟inli so‟zlardan tuzilgan to‟rt so‟zli tuzilishga ega. 苦尽甘来 ku jing an lai-omadsizlik o‟rniga omad keladi ( achchiq tugaydi, quriydi, shirinlik keladi ) 朝三暮四 zhaosanmusi-yuzaki, tez, o‟tkinchi ( ertalab tug‟ilmoq, kechqurun o‟lmoq ) 金 口 玉 牙 jinkouyuya-o‟z so‟zlari qadrini bilmoq ( oltin og‟iz, yashma toshidan qilingan tish ) Chengyuning parallel bo‟lmagan konstruktsiyalarida cheklangan leksik grammatik hususiyatlarga bo‟ysunmaydi, yordamchi so‟z ham qo‟llaniladi ( bog‟lovchi, predlog, inkor qo‟shimchalar ) 名不符实 ming bu fus hi-nomj mundarijasiga mos kelmaydi ( bo‟sh, haqiqiy emas ) 狼狈为奸 lang bei wei jian-bo‟ri va shoqol jinoyat qiladi ( sheriklik, qo‟l- qo‟lni yuvadi ) 2. Xalq notiqligi 谚 语 yanyu-xalq orasidagi sodda so‟zlar bilan chuqur haqiqatni bayon etadigan hayotiy turg‟un aytishuvlar ( rus tilidagi maqol va matallar bilan teng keladi ) Maqol nasihat xarakteridagi qisqa obrazli hikmatli so‟zdir. ( qari bo‟ri ilmni biladi ). Matal ko‟p uchraydigan, tarqalgan, keng tushunchadir. ( tushunishga yengil ) Xalq aytishuvlarida barcha hukmlar huquqlari ishtirok etib, ular sintaktik tugallanganligi bilan xarakterlanadi. Gap sifatida vazifaga kiradi, odatda ikki sintagmaga bo‟linadi. Ularning tarkibida kishilik olmoshi ishtirok etmaydi, ba‟zida leksik takrorlar uchrab turib, ular doim ta‟sirchan bo‟ladi, so‟zlovchining sub‟ektiv munosabatini ifodalaydi. 人不气地皮,地皮不气肚皮 ren bu qi di pi, di pi bu qi du pi-inson yerni hafa qilmasa, yer ham insonni hafa qilmaydi. 活到老,学到老 huo dao lao,xue dao lao-100yil yasha, 100yil o‟qi. 种豆得豆,种瓜得瓜 zhong dou de dou,zhong gua de gua-nima eksang shuni o‟rasan 3. O‟tkir jumlalar 警句 jingju-lo‟nda, charhlangan aytishuvlar bo‟lib, chuqur ma‟no, mazmun mundarijasiga va badiiy mundarijaning keng kuchiga egadirlar. Rus tilidagi “ qochiriq ( uchiriq ) so‟zlarga qisman teng keladi. O‟zlashtirmalar, tsitatalar tez-tez qo‟llanilib, uchiriq so‟zlarga aylanadi va ular odatda ko‟p qo‟llaniladigan tsitatalar deb ataladi. Bu turdagi frazeologik birliklarning ikki asosiy turi bor: 1 格言 geyan-namunali ifodalar-aforizmlar. Ular maqollardan o‟zining kelib chiqishi bilan farq qiladi. Maqollar-xalq aytishuvlari, aforizmlar esa adabiy asarlardan kelgan. Aforizmlar odatda falsafiy xarakterdagi hikmatli so‟zlar hisoblanadi. Ular insonlarni o‟qitadilar, yig‟ilgan hayotiy tajribalarni avloddan avlodga o‟tkazadilar. Mazmunli tarkibning to‟liqligi, tugallanganligi, so‟z ifodasining qisqaligi va charhlanganligi ( o‟tkirligi ) ularga xosdir. 已 所 不 欲 , 勿 施 于 人 yi suo bu yu , wu shi yu ren-o‟zinga ravo ko‟rmaganingni birovlarga tilamagin 言者无罪,闻者足戒 yan zhe wu zui,wen zhe zu jie-so‟zlovchiga ta‟na qilma,eshituvchiga nasihat 2. 奇 说 qishuo-g‟alati aytishuvlar-paradokslar-haqiqiy borliqqa chuqur ziddiyatni aks ettirgan, oddiy tasavvurga zid bo‟lgan hukmlar. Ular qisqa shaklga ega bo‟lib, ravshan, aniq stilistik o‟ziga xos fikrni ko‟rsatuvchi ta‟sirga ega. 会浮水的淹死,会骑马的摔死 hui fu shui de yan se, hui qi ma de shuai se. Suzishni bilganlar cho‟kadi, otda minishni bilgan yiqiladi. (o‟zini xavf xatarga qo‟ymoq) 不要目的是一种目的 bu yao mudi shi yi zhong mudi-maqsadni rad etish ham bu o‟z holicha maqsad. 3. To‟liq bo‟lmagan fikrlar, kesik ohirga ega aytishuvlar 歇后语 xiehouyu ikki qismdan iborat. a) birinchi qismi taqqoslash, kinoya, kesatish, topishmoqdan iborat b) ikkinchi qismitaqqoslashni oydinlashtirish, kesatishni,topishmoqni ochish, topish. Hissiy-qadrli mazmunga ega, so‟zlovchining fikrga nisbatan sub‟ektiv munosabatini ifodalaydi. Bu turning ikki hadli hususiyati uning ikki shaklda qo‟llanilishini aniqlaydi: to‟liq va kesik holda. Zero o‟z nomiga qaramasdan ( kesik ohirli aytishuv ) asosan to‟liq shaklda qo‟llaniladi. 泥菩萨过河一自身难保 ni pu sa guo he zi shen nan bao-sopol bodhisatva daryodan suzib o‟tdi-o‟ziga omon qolish 千里送鹅毛-礼轻情意重 qian li song e mao-li qing qing yi zhong-g‟oz patini 1000li masofaga yuborish-yengil sovg‟a, inson e‟tibori muhim ( ruscha sovg‟a qadrli emas, sevgi qadrli ) 秀才推磨-不得已而为之 xiu cai tui mo-bu de yi er wei zhi.-Tsui yuan tegirmon toshini aylantiradi- majbur bo‟lganidan qilyapti ( ma‟nosi: biror ishni o‟z hohishiga ko‟ra qilmaslik, balki talab qilgan shart-sharoitga ko‟ra majburan qilish, bajarish )
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling