Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima nazariyasi va amaliyoti 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тузувчи: Ш. Ҳакимова
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ ЎЗБЕКИСТОН ДАВЛАТ ЖАҲОН ТИЛЛАРИ УНИВЕРСИТЕТИ ТАРЖИМА НАЗАРИЯСИ ВА АМАЛИЁТИ ФАНИДАН МАЪРУЗА МАТНИ Тузувчи: Ш. Ҳакимова 1 - ma'ruza va amaliy mash`ulot mavzusi
Tarjima haqida tilshunos olimlarning fikrlari Mustaqil O'zbekistonimiz jahonga yuz tutib, dunyo mamlakatlari bilan nafaqat iqtisodiy va siyosiy, balki madaniy va ma'rifiy aloqalar o'rnatishi natijasida avvallari yurtimiz haqida tasavvurga ega bo'lmagan xalqlarda o'zbek xalqining boy ilmiy merosi, madaniyati va ayniqsa, adabiyotiga qiziqish uyg`onib, bu hol o'zbek adabiyoti asarlarini chet tillarga tarjimasiga ehtiyojni vujudga keltirmoqda. Jahonni yangidan kashf etayotgan o'zbek xalqida ham chet el adabiyoti asarlariga qiziqish tobora oshib bormoqda. Tarjima tillar doirasida amalga oshiriladigan madaniyatlararo aloqa vositasidir. Huddi shunday vosita sifatida u azal-azaldan ijtimoiy va xalqaro taraqqiyotga sezilarli ta'sir qilib kelgan. Shunday ekan yuqorida qayd etilgan mavzu bilan bog`liq masalalar atroflicha o'rganishi maqsadga muvofiqdir. Shu nuqtai nazardan mazkur mavzuga oid ish-tarjima ilmi va amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Mavzuga oid masalalar turli manbalarda u yoki bu tarzda o'z ifodasini topgan. Mavzuning asosiy qismini . Salomovning quyidagi mulohazasi bilan boshlaylik.«Tarjima orqali xalqlar bir-birlari bilan fikrlashganlar, adiblar bir-birlari bilan muloqotda bo'lganlar. Hamma zamonlarda-hoq adabiy, hoq ilmiy, hoq siyosiy kitoblar tarjimasi bo'lsin-xalq, u yaratgan yoki yaratayotgan madaniyat, fan, adabiyot va siyosat bundan faqat naf ko'rgan.» Olmon tilshunosi va faylasufi Fridrih Shlayermaher (1768-1834) 1813 yilda Berlinda chop etilgan "Uber die vershiedenen Methoden des Ubersetzens" (Tarjimaning turli usullari haqida) maqolasida shunday yozadi: "O'ziga hurmat va vositachilik tabiati tufayli, xalqimiz katta tarihiy davrdagi barcha o'zga ilm va san'at durdonalarini o'ziniki bilan birga o'z tilida jamlab, Еvropaning markazi va yuragida saqlashi lozimki, toki bizning tilimiz yordamida, turli zamonlar keltirgan nafosatdan har kim imkoni boricha sof va mukammal holda tanishib, bahramand bo'la oladigan bo'lsin". Yogan Volfgang Gyote (1749-1832) esa «German Romance» (Olmon Romanslari 1827) asarida tarjima haqida muloqaza yuritib, "… u jahon miqyosidagi munosabatlar uchun eng muhim va eng qadrli faoliyat va shunday bo'lib qolajak"-deya ta'kidlaydi. Tarjimashunos olim A.V. Fyodorov «Tarjima adabiyotshunoslik jihatdan o'rganish tarjimonlar foydalangan til hodisalarini til vositalarini taqlil qilish va baholashni ko'rib chiqish zaruriyati bilan doim to'qnash keladi» degan fikrni olg`a surardi. L.S. Barhudarovning fikriga ko'ra, til birliklari va tarjima birliklari o'rtasida far? yo'q, ya'ni fonema, so'z, so'z birikmasi hamda gap tarjima birligi bo'lishi mumkin. S. Marshakning fikricha: «tarjimon doim she'riy tarjima yaratishga qodir emas, buning uchun tilni bilishdan tashqari, ijodiy ruhiy holat, she'riy kayfiyat, botiniy go'zal his tuyg`u, o'ta nozik did va albatta Olloh tomonidan berilgan iste'dod zarur». Tarjimashunos olimlarimiz Q.Salomov va N.Komilov shunday deganlar: «Badiiy tarjimaning boshqa turlarga qaraganda, she'riy tarjima ta'bir joiz bo'lsa „ko'proq“ san'atdir». D. Dyurshinning nazariyasi bo'yicha «tarjima xalqaro adabiy jarayon taraqqiyotida muhim o'rin egallovchi adabiyotlararo kommunikativ vositadir». Tilshunos R. Yakobson qarashlarida tarjima bir til (asliyat) dan ikkinchi til (tarjima) ga o'tuvchi semantik tushuncha tarzida qabul qiladi. Avstraliyalik tilshunos M.S. Hornbi va uning ham fikrlari yozadilar: «Tarjimashunoslik fani lingvistikaning bir bo'limi yohud unga asoslangan fangina bo'lib qolmasdan, balki keng qamrovli va keng ma'noli mustaqil nazariy fan bo'lishi zarur. Tarjimon esa nazariyaning quliga aylanib qolmasdan, matnga erkin yondashuvchi, ayni paytda matnni keng ma'noda tushunuvchi, uning ma'naviy va madaniy hayotdagi o'rnini aniqlab tarjima qiluvchi ijodkorga aylanmog`i kerak». J. Holms va uning safdoshlari J. Lamber, A. Lefevr fikricha: «Tarjima nazariyasi o'zgarmayotgan matnning tarjima tilida yaratilgan nushasiga asoslanishi zarur ya'ni erishilgan yakuniy maqsadga qarab baho berilmog`i va tarjima nazariyasi qonuniyatlari yaratilmog`i kerak». Federatsiya prezidenti janob P.F. Kaye fikricha: «Biz boshqa san'at sohalarida mehnat qilayotganlarga, o'zga yozuvchilarga nisbatan turli xalqlar yaratgan madaniyatlar bilan ko'proq munosabatga kirishamiz, zotan huddi shu bizning vazifamizning muhimligini belgilovchi narsa hisoblanadi». J. Munen tarjimalar misolida fikrlashicha:" Rus tilidan francuzchaga 1960 yilda tarjima qilish - bu 1760 yilda yohud hatto 1860 yilda ham rus tilidan francuzchaga tarjima qilish bilan sirayam bir hil narsa emas, oldingi davrda ham yaratilmagan bir vaqtlarda aloqa kam edi. Buning natijasida hoq tilda bo'lsin, hoq boshqa sohada bo'lsin, tafovutlar har gal kamaya boradi". O'zbek shoiri va tarjimoni N. Alimuhamedovning fikricha: «Umuman adabiyotimiz hazinasida tarjima asarlarining bo'lishi yolg`iz madaniy va adabiy jihatdangina emas balki baynalmilal nuqtai nazardan ham zo'r ahamiyatga molikdir». N.K. Garbovskiy shunday yozadi: "...o'zini tilning amaliy sohasi deb e'lon qilgan yosh tarjima nazariyasi azaldan fundamental lingvistikaning ma'lumotlariga asoslanmay iloji yo'q edi". Tarjimashunos olimlarning bildirgan fikriga asoslanib, shunday hulosa qilish mumkinki, tarjima nafaqat ta'lim sohasida, balki kundalik hayotimizning har bir sohasida muhim ahamiyatga egadir.
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling