Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети
Chenyuyning umumiy harakteristikasi (hususiyati)
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima nazariyasi va amaliyoti 2
Chenyuyning umumiy harakteristikasi (hususiyati)
Hitoy frazeologiyasida tayyor iboralar eng ahamiyatli o'rinni tashkil qiladi, ular 成语 deb ataladilar, hamda, ular Hitoy halqining kundalik va ma'naviy hayotining keng qamrovini, shuningdek Hitoy tarixi, madaniyati, etikasi va estetikasi haqidagi ko'plab ma'lumotlarni o'z ichiga oladilar. 成 语 bizning kungacha o'ziga hos shakl, yorqin milliy tus(rang) etkazib kelgan. 成语Hitoyning tarihiy o'tmishi va madaniy merosining boy manbai bo'lgani holda, ular muhim bilim orttirish ahamiyatiga ega. 成语 barqaror so'z birikmalari bo'lib, ular qadimgi Hitoy tili qoidalari asosida qurilgan, umulashgan-ko'chma ma'noli semantik yahlit birlikni ifodalaydi; ekspressiv hususiyatga ega; funkcional jihatdan gap bo'lagi hisoblanadi.成语Hitoy tilining ideomatikasiga kiradi, shunday ekan lug‟atlarda rus tiliga idioma deb tarjima qilinadi. 成语 parallel (CHPK) va noparallel konstrukciyaga bo'linadi CHPKda parallelizmning turlari keng ifodalangan: - sanoqli par.zm成语 bir hil so'z miqdoriga ega - leksiko-semantik par.zm -leksik tarkibi bo'yicha o'hshash - grammatik par.zm - o'hshash sintaktik struktura(tuzilish) - fonetik par.zm - qonuniyatli tovushlar almashinuvi Son jihatdan CHPK sintaktik munosabat ko'rsatkichlari, yordamchi so'zlar, morfema ko'rsatkichlari bo'lmagan bir bo‟g‟inli so'zdan iborat bo'lgan to'rt so'zli strukturani tashkil etadi. Bunday sharoitlarda barcha grammatik vazifa so'z tartibiga to‟g‟ri keladi。 Shunday qilib, CHPK ikkita ikkihadli tarkibiy qismdan iboratdir. 朝三暮四 Zhao san mu si - oniy, o'tkinchi Ikkala qism ham par.zm qoidalari bo'yicha tuziladilar, asos bo'lib grammatik, semantik va fonetik juftliklar hisoblanadilar. Grammatik juftlik qismlarning bir tipdagi sintaktik tuzilishidan iboratdir, bunda frazeologizmning bog‟lanish kompopentlari doimo lug‟aviy jihatdan faqat bitta gap bo'laklariga tegishliligini ifodalaydi. 苦尽甘来 Ku jin gan lai - omadsizlik o'rniga omad keladi(achchig‟i ketib shirini keladi) Semantik juftlik quyidagilar yordamida tuziladi: antiteza - antonimlar yordamida; birhillik (ayniyat) -sinonimlar yordamida; analogiya (o'hshashlik) - analoglar, ya'ni antonimik va sinonimik munosabatlari bilan bog‟liqbo'lmagan bir tushuncha associaciyasiga kiradigan so'zlar yordamida。 Masalan: 金口玉牙jin kou yu ya - o'z so'zlarini qadrini bilmoq 金 va 玉 “qimmatbaho tosh, metall” associaciyasidan analog va 口va牙“tana a'zolari” associasidan analog CHPK: 坐井观天zuo jing guan tian (quduqda o'tirib osmonga boqmoq) dunyo qarashning pastligidan (torligidan) va cheklanganidan darak beradi. 天高气爽Tian gao qi shuang - (musaffo osmon, toza havo) - yahshi havo 七扭八歪Qi nui ba wai - (7-marta qayrilgan,buralgan, 8- burishtirilgan) - tikilmoq, burishmoq. 2.成语 morfema tarkibi bo'yicha noparallel konstrukciya bo'lib, jismoniy hajmi bo'yicha ular CHPK singari to'rt so'zli frazeologik shakl yaratadilar, lekin ularning orasida besh va undan ortiq bo'lgan morfemalar ham uchrab turadilar. Bu guruhdagi CHPK singari leksiko-grammatik jihatdan cheklangan tavsifga bo'ysunmaydilar, ularga sintaktik tuzilmasi va leksik tarkibi bo'yicha turfa hil tuzilishiga va yordamchi so'zlardan foydalanishiga yo'l qo'yilgan, ular ichida boqlovchilar, predloglar, inkor yuklamalari uchraydilar. 朝不保夕Zhao bu bao xi - (ertalab kech haqida o'ylamaysan) - bugungi kun bilan yashash, kelajakni o'ylamaslik 名不副实Ming bu fu shi - (nomi mazmuniga to‟g‟ri kelmaydi) – quruq, haqiqiy emas 狼狈为奸Lang bei wei jian - (bo'ri va shoqol jinoyat qilishadi) - jinoyatda birga qatnashish 30. Erkin va erkin bo'lmagan so'zlar birikmasi.
31 Frazeologizmlarning tarkibiy-semantik toifalash bo'yicha turlari Frazeologiya tilning frazeologik tizimini o'rganadi, shuning uchun, o'rganish ob'ekti bo'lib barqaror birikmalar, frazeologik iboralar, izohli yoki qisman qayta ma'nolashtirilgan idiomalar hizmat qiladilar. Frazeologik birliklar 50 yillarga kelib lingvistik tadqiqotlar ob'ekti sifatida ko'rila boshlandi. Tuzilmaviy-semantik toifa: frazeologizmlar leksiko-grammatik va tuzilmaviy- semantik belgilari asosida ajratiladi: 1) Frazeologik so'z birikmalari, FS Umumiy belgi: so'z birikmasining tuzilmasi. Farqi: so'z birikmasining tarkibiga kirgan komponentlarining ma'nosi va mustaqkamlik darajasi. quyidagilarga bo'linadi: a) frazeologik iboralar: butunlay erkin ma'noli so'zlardan iborat, komponentlari o'zining ma'nosini, mustaqilligini, tarkibiy qismlarining yahlit aqamiyatini saqlab qoladilar. Ular uchun quyidagilar harakterlidir: -semantik bo'linish; -komponentlarining semantik erkinligi saqlab qolishi; -erkin birikmalardan farqi shundaki, ular muloqot jarayonida so'zlayotgan shahs tomonidan ifoda etilmaydi - ular barqaror birliklardir. 体力劳动 jismoniy mehnat, 政治学 siyosiy o'qish, 经济学-iqtisodiy o'qish 4 ierogliflardan iborat bo'lgan frazeologik iboralarning alohida guruhi ajralib turadi. Komponentlari erkin ahamiyatli birinchi semantik guruhiga tegishli. 东南西北dunyoning 4 tarafi, 春夏秋天 yil fasllari。 b) frazeologik birikmalar - bir komponenti mahsus ma'noga ega bo'lgan frazeologizmlar. Komponentlaridan biri metafora sifatida qo'llanilmaydigan 2 so'zdan iborat bo'lgan ko'plab so'z birikmalari. 演金时代 oltin davr, 人们天堂 erdagi jannat,黑暗势力 qora kuchlar. 2 ta bir bo‟g‟inli so'zlar birikmasidan iborat bo'lgan frazeologizmlar ham bor. Frazeologik birikmalarning sinonimik variantlari ham bor. 镜面 oynaviy sathi,深情 chuqur hissiyot, 苦笑 achchiq istehzo. 1 ) frazeologizm ko'chirmasi (kalьka) - ular uchun so'zma-so'z tarjima harakterlidir. Ko'pincha horijiy tillardan olingan ko'chirmalardir. 白色恐怖 oq terror, 黑名单 qora ro'yhat. 2 Frazeologizmlar - gaplar (barqaror iboralar) - ular gap tuzilmasiga ega bo'lgan holda, gapning bir bo'lagi hisoblanadi; - doimiy leksik tarkib va sintaktik tuzilmaga ega; 少年老成 bevaqt ulqaygan, 坚信无愧 vijdoni toza; Tuzilmaviy -semantik toifa Frazeologizmlar leksiko-grammatik va tuzilmaviy-semantiklar asosida
bo'linadi. Frazeologizmlar-so'z birikmalari. Umumiy belgisi- so'z birikmalari tuzilmasi. Farqi: ushbu so'z birikmasi tarkibiga kiruvchi komponentlarning ahamiyati va birikish darajasi bo'yicha. 1. Frazeologik iboralar to‟liq erkin ahamiyatli so'zlardan iborat, ularning komponentlari ma'no jihatdan mustaqilligini saqlab qoladi, yahlitlik aqamiyati uning tarkibiy qismlari ahamiyatiga tengdir. Ular uchun sintaktik qismlanish harakterlidir, komponentlari semantik mustaqilligini saqlab qoladi. Erkin birikmalardan muloqot jarayonida so'zlovchi tomonidan ifoda etilmasligi bilan farqlanadi, ular barqaror birliklardir. 2. Frazeologik birikma- bu shunday frazeologizmlarki, ularda birinchi komponent mahsus ma'noga ega, 2 ta so'zdan iborat va komponentlaridan biri metafora sifatida ko'plab so'z birikmalarida qo'llanadi. Ularning sinonimik qatorlarida zahirasi mavjud bo'ladi. Frazeologizmlarning funkcional-stilistik toifasiga ko'ra ko'rinishlari Bu toifa o'zida bir yoki boshqa usulga va umumiy vazifalari yo'nalishiga oidligi bo'yicha mos turlarga bo'linishini aks ettiradi. Frazeologizmning ushbu kategoriyasi nutqda tayyor holda doimiy ifoda etiladigan va funkcional-stilistik ahamiyatga ega bo'lgan til birligi bo'lmish nutq shtamplarini (nutq formulalari) o'zida namoyon etadi. Frazeologik birliklarning asosiy turlari qatoriga frazeologizmning muloqot, publicistik, ilmiy-tehnikaviy va rasmiy ish usullari, shuningdek so'zlarni kiritish lozim. Frezeologizmning muloqot usuli Oqzaki nutq adabiy tilning muloqot usuli shakli sifatida juda ko'plab so'z iboralariga boy, ular qatorida nutq shtamplari muhim o'rin egallaydi. Nutq shtamplari frazeologik birlik bo'lgani holda, turli hil tuzilmali, mohiyatli, funkcional aloqida jihatlarga ega. Ularning ayrimlariga ifoda etishning yuqori darajasi yuklatilgan, shuning uchun, muloqot tili turli hil ekspressiv, affektiv va emocional shakllarga moyil deb hisoblash qabul qilingan. Frazeologizmning muloqot usuli 2 turga bo'linadi: 1) Insonlarning kundalik muloqotida berilgan nutq formulalari o'zlarida frazeologik birikmalarni namoyon etadi.
一般地说umuman aytganda, 一般说来 aytganlaridek, 按我的意见 meni fikrimcha, 没有办法hech nima qilib bo'lmaydi, 一句说 bir so'z bilan aytganda. Emocional-bo'yalgan frazeologizmlar: 有的是有qoqlagancha, (juda ko'p), 不 成说qech nimaga yaramaydi。 Ko'pincha frazeologizmlar oqzaki frazaga aylangan ritorik savollarning qadimiy tuzilmasiga mos keladi: 是吗yoki yo'qmi 哪里的话qaerdan olding Frazeologizmning publicistik usuli - frazeologik iboralar. 保值中立 betaraflikni saqlash, 本来面目asl yuzi, 共同理想 umumiy ideal. Uchrab turadigan frazeologizmlarning bir qismi me'yorlar bo'yicha shakllangan. 无所不为 ko'ngli tusagan ishni qilish, 无济于事 sinchkov bo'lish. Frazeologizmning ilmiy-tehnikaviy usuli Nutq ifodasi shakli bo'yicha muloqot usulidan tubdan farqlanadi. Ilmiy usul uchun bildirilayotgan fikrning tuzilishi va formulaning aniqligi harakterlidir. U nutq
vositalariga moyil
bo'lib, aytarli
darajada individual-mualliflik ekspressiyasidan holidir. 举例如下quyida misol keltirilgan,不可无人inkor etish mumkinmas, 应当着重 指出 qayd etish kerakki. Frazeologizmning rasmiy-ish usuli O'zining funkcional hususiyatlariga ko'ra fikrning aniqligini ta'minlab berishga qodir bo'lgani uchun, bir hil nutq iboralari hususitlariga ega. 钣部批准vazirlik tasdiqidan o'tkazish uchun kiritish, 按受任命 lavozimni qabul qilish. Yordamchi frazeologizmlar:- yordamchi vazifalarni bajaruvchi, hamda mahsus leksik elementlari va yordamchi so'zlarning murakkablashtirilgan varianti bilan tuzilmaviy-semantik munosabatdagi nutq formulalaridir. Yordamchi frazeologizmlarga hos konstruktiv alohida jihat shundaki, ularning komponentlari asosiy holatlarda umumlashgandir, shunday ekan ularni “masofadagi yahlitlik” deb nomlash mumkin. Ular quyidagi turli hil mohiyatli munosabatlarni ifoda etishga qodirlar: muddatli, maqsadli, sababli, shartli. Ular barcha funkcional usullarda ishlatiladi, shunday ekan ular biror bir usulga kiritilmaydi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling