Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети


 - ma'ruza va amaliy mashg`ulot mavzusi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana09.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#257797
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
tarzhima nazariyasi va amaliyoti 2

8 - ma'ruza va amaliy mashg`ulot mavzusi 

Tarjimon maxorati, badiiy tarjima, tarjimada ekvivalеntlik 

REJA: 


1. Kontekst va uning tarjimadagi ahamiyati 

2. Leksik birliklar tarjimasi 

3. Leksik transformatsiyalar 



4. Muallif va tarjimon : til topish muammosi 

5. Muqobili yo'q so'zlarni tarjima qilish 



Xulosa 

Foydalanilgan adabiyotlar 

O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov aytganidek: “har qaysi xalq 

yoki  millatning  tafakkuri  turmush  tarzi,  ma‟naviy  qarashlari  o‟z-o‟zidan,  bo‟sh 

joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarihiy, 

tabiiy va ijtimoiy omilar asos bo‟lishi hammamiz yahshi bilamiz. Masalan, Sharq 

olamida,  jumladan,  o‟zimizning  O‟rta  Osiyo  sharoitida  jamoa  bo‟lib  yashash 

tuyg‟usi  goyat  muhim  ahamiyatga  kasb  etadi  va  odamlarni  bir-biriga 

yaqinlashtirishga,  bir-birini  qo‟llab-quvvatlab  hayot  kechirishga  zamin  tug‟diradi. 

G‟arb olamida esa odamlarning hayot tarzida jomoaviylikdan ko‟ra individualism, 

shaxsiy manfaat tamoyillari ustunlik qilishini kuzatish mumkin. Bu xam muayyan, 

ob‟ektiv ijtimoiy-tarihiy omillar tufayli shakllangan voqelik bo‟lib, uni ham inkor 

etib bo‟lmaydi”.

1

 

Tarjima  va  tarjimonlik  uzoq  asrlardan  buyon  dunyo  xalqlari  tarixi  va 



madaniyatida shakllanib kelayotgan ko‟hna ijodiy faoliyat sohalaridan biridir. Yer 

yuzining  turli  qit‟alari  va  mintaqalarida  bir  necha  ming  yildan  buyin 

umrguzaronlik  qilib  kelayotgan  odamzod  nasllari  o‟z  ijodkorlik  havaslari, 

qiziqishlari, imkoniyatlari, manfaatlarini tarjima vositasida ham namoyon qildi.  

O‟zbekiston-Xitoy  do‟stona  munosabatlari  ayniqsa  ta‟lim  yo‟nalishida 

muvaffaqiyatli  amalgam  oshirilmoqda.  Xitoy  tilini  o‟rganishga  bo‟lgan  qiziqish 

butun  dunyoda  o‟sib  bormoqda.  Buning  sababi  Xitoy  iqtisodining  to‟xtovsiz 

rivojlanayotganligidir.  O‟zbekistonda  xitoy  madaniyati  va  tilini  o‟rganishga 

qiziqish katta. Ma‟lumki, xitoy tili va madaniyatining tarixi eng qadimgi asrlarga 

borib taqaladi. Xitoy tili va madaniyatini o‟rganish, xitoy xalqining turmush tarsi, 

urf-odat  va  an‟analari  bilan  yaqinda  tanishish,  mazkur  xalqning  dunyoqarashi  va 

falsafasini bilish va o‟rganishda adabiyotining hissasi katta. 

1. Kontekst va uning tarjimadagi ahamiyati 

Muqobillar  ma'nosi  ko'p  hollarda  kontekstga  bog'liq  bo'ladi,  ammo  lug'atga 

murojaat  qilish  ham  muhimdir.  Tarjimada  so'z  ma'nolarini  taxminiy  tarjima 

qilishga  yoi  qo'yilmaydi.  So'z  va  uning  ma'nolarini  tarjimon  yaxshi  bilishi  yoki 

ularni  lug'atdan  topishi  shart.  Aks  holda  tarjimon  "tarjimonning  soxta  do'stlari" 

tuzog'iga tushishi muqarrar. 

Yuqorida  ta'kidlaganimizdek,  asliyatdagi  so'zga  qisman  to'g'ri  keladigan 

ekvivalentni  topish  ko'pincha  tarjima  qilishda  muammo  yaratadi.  Bunday  so'zlar 

                                                           

1

KarimovI.A. Yuksakma’naviyat-yengilmaskuch.-T.:’Ma’naviyat’, 2008.-B.7-8,10. 




odatda  polisemantik,  ya'ni  ko'p  ma'noli  hisoblanadi.  So'z  ma'nosining  qaysi  biri 

qo‟llanilganini aniqlash tarjimonning birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Bunda 

tarjimonni  adashishdan,  noto'g'ri  so'z  tanlashdan  saqlaydigan  til  hodisasi  bu  -

kontekst  hisoblanadi.  Ko'chma  ma'noda  aytadigan  bo'lsak,  kontekst  tarjimonning 

yolchi  yulduzi,  mayog'idir.  Kontekst  tarjimonning  eng  ishonarli  quroli  sanaladi. 

Tilshunoslikda odatda kontekstning ikki -lingvistik va ekstralingvistik turi mavjud. 

Lingvistik  kontekst  o'z  navbatida  ikki  turga-keng  va  tor  ma'nodagi  kontekstlarga 

bo'linadi. Tor ma'nodagi kontekst ibora va gap doirasida, keng ma'nodagi kontekst 

iboradan  katta  bo'lgan  birlik  hamda  butun  bir  matnni  o'z  ichiga  olishi  mumkin. 

Aksariyat hollarda so'z ma'nosi kichik kontekst doirasida aniqlanadi. O'z ma'nosida 

qo'llangan so'zlar va ko'chma ma'noda qo'llangan so'zlarni tarjima qilishning o'ziga 

xos  xususiyatlari  bor.  Kontekstda  odatda  so'zlar  o'z  ma'nosida  qollanmaganda, 

ya'ni  ko'chma  ma'noda  qo'llanganda  tarjima  muammosi  paydo  bo'ladi.  Ba'zi 

hollarda  so'z  ma'nosini  to'liq  anglash  uchun  butun  bir  gapni  tushunishimiz  lozim 

bo'ladi.  Ko'p  ma'noli  so'zlardan  keragini  tanlashda  kontekstning  ahamiyati  katta. 

Masalan,  ingliz  tilidagi  "bus"  so'zini  olaylik.  Bu  so'z  ot  ma'nosida  "avtobus  yoki 

trolleybus"  so'zining  qisqargan  shakli,  fe'l  ma'nosida  esa  faqat  Amerika  va 

Kanadada  "bolalarni  bir  xududdan  ikkinchi  xududga  avtobusda  tashimoq" 

ma'nolariga  ega.  Bundan  tashqari  bu  so'z  talabalar  oshxonasidagi  lavhalarda 

ishlatilib, "o'z-o'ziga xizmat qilish, ya'ni patnisni olib, uni ishlatib bo'lgandan keyin 

bo'shagan idishlar bilan joyiga olib borib qo'ymoq" ma'nolariga ega. 

Ba'zan  lingvistik  kontekst  ekstralingvistik  omillar  bilan  juda  yaqin  aloqada 

bo'ladi.  Lingvistik  kontekst  so'z  ma'nosini  to'liq  yoritib  bera  olmagan  paytda 

namoyon  bo'ladi. Masalan, Bernard  Shou qahramonlaridan  biri  shunday  deydi:  ... 

"He  warns  his  interlocutor  not  to  drive  him  too  far,  it  is  necessary  to  know  that 

they are both sitting in the parlor and not in any vehicle". Ingliz tilidagi "to drive" 

fe'li bu yerda biror holatga keltirmoq ma'nosida qo'llangan. Gap neologizm haqida 

borganda  ba'zan  lingvistik  kontekst  ma'noni  ochishda  hech  qanday  ko'mak  bera 

olmay  qolishi  mumkin.  Neologizm,  ya'ni  yangi  so'z  yoki  ibora,  eski  so'zning 

lug'atda  ko'rsatilmagan  yangi  ma'nosi  paydo  bo'lganda  tarjima  tilida  bu  so'zning 

muqobil  varianti  bo'lmasligi  mumkin.  Masalan,  XX  asrning  80-yillarida  AQSH 

gazetalarida  "Reagangate"  so'zi  qo'llangan  edi.  Bu  so'zning  ma'nosini  tushunish 

uchun 1972-74 yillarda "Watergate", Vashingtondagi bir xudud nomi bilan bog'liq 

siyosiy  janjalni  esga  olish  lozim  bo'ladi.  "Reagangate"  AQSH  prezidenti  Ronald 

Reyganning  davlatni  boshqarishdagi  ba'zi  siyosiy  usullarini  ko'rsatuvchi  faktlar 

bilan  bog'liq  bo'lgan  tushuncha,  yangi  to'qilgan  so'z  bo'lgan.  Bu  so'z  ma'nosini 

tushunishda  ekstralingvistik  kontekstga  murojaat  etish  "Reagangate"  bu  -  saylov 



kompaniyasi davrida Ronald Reygan tomonidan qo'llanilgan g'irrom usul bo'lib, bu 

usuldan Nikson ham bir marta foydalangan.

2

 

Xulosa  qilib  aytadigan  bo'lsak,  muayyan  so'z  tarjimasi  uning  kontekstdagi 



tahlilidan  boshlanadi  va  bu  tarjimada  tegishli  va  muqobil  so'zni  tanlash  imkonini 

beradi.  Turli  kontekstlar  manba  til,  ya'ni  asliyatdagi  qo'llangan  so'z  ma'nosini 

ochishda  qo'l  kelishi  mumkin.  So'z  tanlashda  muammo,  asosan,  tarjima  tilida 

asliyatda  qo'llangan  so'zga  qisman  muqobilbo'ladigan  so'z  to'g'ri  kelganda  hamda 

muqobil  so'zning  o'zi  yo'q  bo'lganda  yuzaga  chiqadi.  Muqobili  yo'q  so'zlarni 

tarjima  qilish  bir  qator  muammo  yaratadi.  Bu  muammolarni  ijobiy  hai  etish 

tarjimondan chuqur bilim, mahorat, hamda tarjima usullarini yaxshi bilishni taqazo 

etadi. 



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling