Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети
Muallif va tarjimon : til topish muammosi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima nazariyasi va amaliyoti 2
4. Muallif va tarjimon : til topish muammosi
Ikki til xususiyatlarini bilish zamirida asarni har tomonlama o'rganish, uning lug'ati va realiylari ustida ishlash tarjimon uchun juda muhim va bu uni ma'lum darajada olim va tadqiqotchibo'lishini ham taqozo etadi. O'zbek tilida "til topish" degan ko'p ma'noli ibora bor. Birovning qulf-kaliti ochilmagan yuragiga yo'l topishni aytishadi. Ikki odamning hayotdabiror ish, muammo ustida bir-birini yaxshi tushunishi, bilishi va shunga ko'ra ish ko'rishi ham shu ibora bilan ifodalanadi. U o'zaro kelishish, ahd-paymon ma'nolarini ham ifodalaydi. Tarjima qilinadigan muallif va uning asari bilan tarjimon o'rtasida ham shunday til topishish bo'lishi zarur. Bunda til topish deganda muallifning o'ziga xosliklarini va muayyan asarning badiiy xususiyatlarini teran anglash va shunga yarasha jarayonni tashkil etishni tushunamiz. Tarjima qilinadigan muallif va uning asarini tarjimon sevgandagina, uning o'z o'quvchisiga katta ma'naviy foyda keltirishini bilgandagina til topish juda katta ijodiy foyda keltiradi. XX asr Yevropaning eng yirik adiblaridan biri, asarlari ko'p dunyo tillariga o'girilgan va o'zi ham tarjimalar qilgan va hatto tarjima nima ekanligini tushuntirib, o'z ijodiy laboratoriyasi tajribalaridan ibratli misollar keltirgan Umberto Eko "Aynan aytish. Tarjima haqida tajribalar" degan kitobida hali hamon gapni tarjima nima? degan savoldan boshlaydi. "Tarjima qilish nima degani? - deb savol qo'yadi o'z oldiga tarjimaning nima ekanligini o'z amaliyotida juda yaxshi bilgan Umberto Eko: - Birinchi qoniqarli javobshunday bo' lishi mumkin: aynan shu narsaning o'zini boshqa tilda aytib berish bu - tarjima" ("IL", 10-son, 2005 y). Bu tarjimaning juda ibtidoiy, juda sodda va shu bilan birga eng to'g'ri ta'rifi. Bu ta'rifda yuzaki qaraganda, tarjimaning siri - uning ijod va san'at sifatidagi siri tamomila yo'qolib qolayotganga o'xshaydi. Ammo bu sodda ta'rif bari bir tarjimaning juda sirli va o'ta murakkab, og'ir soha ekanligini aslo inkor etolmaydi. Hatto juda buyuk adabiy tajribaga egajahongamashhur adibning shunday ta'rif bilan chiqayotganining o'zi ham tarjima sirli soha ekanligini ko'rsatib turadi. 8
Braziliya va Argentinaning mashhur adibi Xorxe Luis Borxes dunyo adabiyotining fusunkor va juda sirli namoyandalaridan. Uning asarlarining tili va uslubi xaqida Peru adibi Mario Vargas Liosa shunday so'zlarni yozadi: "Borxesning hikoyalari va badialarini faqat mana shunday aqlli, kinoyali, matematikaday aniq, o‟lchovli til bilangina yozish mumkin edi. Bunda zig'irdak ortiqcha so'z yuq. Ularda vazmin sovuq, nafosat va oqsuyaklarchajasorat aks etib turadi. Bunda aql va donish hissiyotlar va kechinmalardan ustun turadi" ("IL", 10- son, 2005 y). Keling endi tarjimachiligimiz yuzasidan bu so'zlar ustida o'ylab ko'raylik. Xo'sh, aql va ilmdorlik hissiyotlar va kechinmalardan ustun turgan, oqsuyaklarcha jasorat va o'ta sovuq, nafosat aks etgan Borxes tilini hozirgi zamon o'zbek tilida qanday chiqarsa boiadi? Axir bunday til bizning uzoq asrlik Sharq an'analari
8 FyodorovA. Teoriya perevoda. M. 1976. ruhida tarbiyalangan adabiyotimizda bo'lgan emas-ku! Keyingi yillarda Borxesdan o'zbek tiliga o'girilgan ayrim namunalar juda odmi, Borxesdan Borxes qolmaganligi ham Borxesning har qanday tarjimon oldida juda qiyin, hatto ado etib bo‟lmaydigandek vazifa turganligini ko'rsatadi. Tarjima sirli narsa deganda biz mana shunday tarjima qilib bo‟lmaydigandek ko'rinadigan hodisalarni ham ko'zda tutamiz. Lekin oshib o'tib boimaydigandek bu devorni yengib o'tish yoli yo'q emas, bor. U ikki til - bu yerda ispan va o'zbek tillarini chuqur bilish - shoir Shavkat Rahmon Lorkani tarjima qilish uchun ispan tilini ataylab o'rgangani va uni o'zbekchaga ispan tilidan o'girganligini eslaylik va eng muhimi - Borxesning o'sha o'ta kinoyali va oqsuyak tilini topish. "Til topish" tarjima muvaffaqiyatining chinakam garovi bo‟la oladi. 2. Tarjimon xuddi talantli yozuvchi kabi katta hayot tajribalariga ega bo'lganidagina, uning tarjimadagi so'zi yozuvchi so'zidek tiniq, shirali, aniq- ravshan chiqadi. Bunda Navoiyning o'sha mashhur "ravshan alfoz va ochuq ado" haqidagi benihoya oqil so'zi yoddan chiqmasligi kerakka o'xshaydi. Tarjimon xuddi yozuvchi kabi narsa-hodisalar, inson ruhiyati to'g'risida keng tasavvurlar va fantaziya qobiliyatiga ega bo‟lgandagina, qobiliyat teran bilimlar bilan quvvatlangandagina uning ijodi ishonchli, tushunarli, yuksak badiiy ifodaviylik va ta'sirchanlik kasb etadi. 9
Hayot haqidagi bilimlarning chalaligi va jo'nligi, asliyat asari va uni yaratgan adibning tarjimayi holi, ijodiyoti, badiiy uslubi ijodiy-xayotiy qarashlarini tugal o'rganmaslik va bilmaslik, asliyat-asari atrofidagi fikr-mulohazalar, bahslardan bexabarlik - hech shubhasizki, tarjimaning umumiy badiiy sifat darajasiga qattiq salbiy ta'sir ko'rsatadi. Tarjimaga kirishmasdan burun tarjima qilinadigan asarni har tomonlama o'rganish, uning lug'ati va badiiy xususiyatlari ustida oldindan ish olib borish, asarning ichki tuzilishi, obrazlari, qahramonlar harakat qilayotgan ijtimoiy-tarixiy muhit, badiiy tasvir vositalari,uslubi haqida o'ziga xos material, ma‟lumotnomalar tuzish tarjimaning muvaffaqiyatli chiqishiga zamin yaratadi. Yozuvchi yangi asar yozish uchun qanday izchillik bilan material yig'sa, tarjimon-yozuvchi ham shunday material to'playdi, asar va uning muallifi haqida o'z ma‟lumotnoma daftarini yaratadi. Rus tarjimoni Nikolay Lyubimov "yozuvchi-tarjimon" degan tushunchani qo‟llagan. U tarjimachilikni ijodkorlik va ijodkorlikdagi sanatkorlik bilan uzilmas aloqada ko'radi. "Yozuvchi-tarjimon" yoki to'g'rirog'i, "tarjimon-yozuvchi" degan so'z kasb sohibiga juda katta mas'uliyat yuklaydi. U asarni boshqa tilda qayta bunyod etarkan, o'z ustiga go'yo adibning mas'uliyatini oladi, uning boshqa til
9 SalomovG’. Tarjimanazariyasigakirish.T.1990. muhitidagi elchisi, vakiliga aylanadi. Asarni originalda o'qiganlar uni qanday qabul qilgan bolsalar, tarjimada o'qiganlar ham shunday qabul qilarmikinlar? Yoki tarjimada asarning obiyati qochib, o'quvchilar undan ta'sirlanishdan mahrum bolarmikinlar? Tarjimon asarning badiiy darajasi, sifati uchun boshqa til o'quvchisi oldida javob beradi. Tarjimaga tayyorgarlik bu - katta ijodiy jarayon. Abdulla Kahhor Lev Tolstoyning "Urushvatinchlik" romanining tarjimasiga kirishishdan ilgari Rossiyada bo'lib, asarda tasvirlanganvoqealar kechgan joylar, qahramonlar yashagan muhitni eslatadigan holatlar bilan tanishgan, o'rgangan. Tolstoyni ilhomlantirgan hayotga chuqur nigoh solgan, bu ilhomning manbalarini tarjimon-adib o'z ko'ksidan o'tkazgan edi. U o'z oldiga Lev Tolstoy "Urush va tinchlik" ni XX asr o'zbek tilida qanday yozardi? - degan savolni qo'ygan. Shuning uchun Tolstoy tasvirlagan rus hayoti, rus kishilari ichki va tashqi dunyosining barcha nozikliklari, nafosati va go'zalliklarini o'zbek tili vositalari, boyliklari orqali badiiy teran qayta gavdalantirib berolgan edi. Dostoyevskiyning romanlarini o'zbek tiliga o'girishga jur'at etganda, bu satrlar muallifi asarni oldindan chuqur o'rganish, Dostoyevskiycha tasvir sirlari ichiga kirish, tasawur va tushunchalarni charxlash naqadar muhim va naqadar ulug' ijodiy ahamiyatga ega ekanligini har qadamda o'z boshidan kechirgan. XIXasr Dostoyevskiy til muhitini, uning ruhini qanday yaratish kerak? Axir o'sha zamon til muhitining ruhi, oqimi, hozirgi zamon (60-yillar o'zbek tili muhiti va ruhidan) tilimizning ruhidan keskin farq kiladi-ku? - buni qanday chiqarish kerak? Cho'lpon Shekspirning "Hamlef'ini 30-yillarda o'girganda, asar tilini
bekorga arxaiklashtirmagan ekan-da? - u til vositalari bilan Shekspir zamoni tilining ruhini qandaydir tarzda bo‟lmasin, aks ettirishga uringan, izlangan ekan-da! Kolumbiya adibi, Nobel mukofoti sovrindori Gabriyel Garsia Markesning "Buzrukning kuzi" modernistik fusunkor romanini o'zbek tiliga ag'darish uchun o'tirganda, Kolumbiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida bo'lib, romandagiga o'xshash voqealar va muhitni o'z ko'zim bilan kuzata olmaganimdan ancha o'kinganman va ko'p o'rinlarda koloritni chiqarishda o'ta qiynalganman. Bunda matnga savqi tabiiy (intuitsiya) bilan yondashgandagina mushkulliklardan qutulishga yo'l ochishini anglaganman. Fusunkor realizm adabiyotining eng go'zal namunalaridan birini o'zbek o'quvchisiga yetkazishdek insoniy-madaniy ehtiyoj soyasidagina bu ulkan ishga jur'at etganman. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling