Guangyunyu(惯用语) atamasining paydo bo‟lishi Tang sulolasi davriga
borib taqalsada, faqat o‟tgan asrning 50-60 yillariga kelib, hozirgi zamon
tilshunoslarining e‟tiborini o‟ziga jalb qildi. Bu borada keng miqyosdagi ilmiy
tadqiqot ishlari qizg‟in ravishda amalga oshirila boshlandi. Natijada 惯用语 xitoy
tili leksikologiyasining alohida mustaqil bir qismiga aylandi va xitoy
frazeologiyasining muhim bo‟lagi sifatida namoyon bo‟ldi. “Cixay”(“辞海”)
lug‟atida guanyunyu atamasiga shunday ta‟rif berilgan: “Guanyunyu(惯用语) -
frazeologizmning bir turi. Odatda, to‟liq ma‟no ifodalovchi birlik sifatida
foydalaniluvchi turg‟un so‟z birikmasidir. Unda asosiy ma‟no har bir so‟zning
alohida ma‟nolaridan kelib chiqqan holda ifodalanmasdan, balki metafora orqali
vujudga kelgan stilistik ma‟noga ega. Og‟zaki nutqni bezash uchun xizmat qiladi”.
Guanyunyuning boshqa frazeologik birliklardan farqli tomonlari.
1. Guanyunyu 惯用语 va chengyu 成语 o‟rtasidagi farqlar quyidagilarda
ko‟rinadi:
a) ibora guanyunyuga nisbatan shaklan bir qadar turg‟undir. Chengyudagi
so‟zlarning joylashuvi turg‟un holatda bo‟lib, uni hohlagancha o‟zgartirish
mumkin emas, chengyu tarkibiga boshqa so‟z qo‟shib yoki kamaytirib ham
bo‟lmaydi. Guanyunyular esa, ma‟lum darajada jonli va erkin xarakterga ega.
b) Chengyu to‟rtta ieroglifdan tashkil topsa, guanyunyular uchta ieroglifdan
tashkil topadi.
c) Chengyular, odatda, adabiy tilda keng ishlatiladi, guanyunyular esa, asosan,
og‟zaki nutqda qo‟llaniladi. Ular ko‟proq og‟zaki nutqga xos.
d) Chengyular o‟zida Xitoyning turli an‟anaviy madaniyatini aks ettiradi,
guanyunyular esa ijtimoiy hayotni aks ettirishi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: