Œзбекистон республикаси олий ва œрта


MAVZU: URUSHDAN KYeYINGI YILLARDA ¡ZBYeKISTONNING IQTISODIY VA MADANIY HAYoTI. IQTISODIY VA MA‘NAVIY QARAMLIKNING OQIBATLARI


Download 0.66 Mb.
bet14/25
Sana14.05.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1459267
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
узбек т. маъруза А.А.Э. Yu Ergasheva

12 MAVZU: URUSHDAN KYeYINGI YILLARDA ¡ZBYeKISTONNING IQTISODIY VA MADANIY HAYoTI. IQTISODIY VA MA‘NAVIY QARAMLIKNING OQIBATLARI


Reja:

  1. Urushdan keyingi yillarda ma‘muriy buyruqbozlik tizimining yanada kuchayishi. Qatag’onlikning bosqichi.

  2. Urushdan keyingi yillarda ¡zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayoti.

  3. 80-yillarning o’rtalarida SSSR dagi inqirozli vaziyatning ¡zbekistonning ijtimoiy siyosiy hayotiga ta‘siri.



Adabiyotlar:
1,2,3,4,5,8,11,17,48,60,64,78,87,98,102,103

Tayanch tushunchalar: Tarakkiyotda ekstensiv usulning xukmronligi, iktisodiyotning bir tomonlama xom-ashyo yetishtirish tomon yunaltirilishi, paxta yakka xokimligi, Orol fejeasi, iktisodiy tanglik.




1. Agar 30-yillardagi katagonlarda asosan partiya, davlat, xujalik va xarbiy kadrlar mavx etilgan bulsa, 40-50-yillar boshidagi katogonlar zarbasining ikkinchi kuchli tulkini madaniyat va fan arboblariga taallukli buldi. Bu davrda respublika matbuotida ketma-ket ijodiy xodimlar ayblanib, ularni “millatchi”larga chikarib, tankid kiluvchi makollar bosildi.
Bu makollarda sotsialistik realizm printsipiga “kiroatxonlik” bilan suyanib Turob Tula, Sobir Abdulla, Kamtar Otaboev, Mirtemir, Xabibiy, A. Bobojonovlarga turlicha ayblar kuyildi. Keyinrok Oybek, X. Zarifov, X.Yokubov, X.Sulaymonov, I.Sultonov singari adiblar va adabiyotshunoslik, adabiy tankid, filologiya soxasidagi tanikli olimlarning asarlari tankid kilindi va ular “jiddiy mafkuraviy xatolar va buzgunchilik”da ayblandi. Bundan tashkari milliy ziyolilarning atokli vakillariga karshi katagon boshlandi. Ayniksa 1951-52 yillarda “sovetlarga karshi millatchilik faoliyati” uchun Shukrullo, M.SHayxzoda, Shuxrat, Said Axmad, Mirkarim Osim, Mirzakalon Ismoiliy va respublikaning boshka bir kancha yozuvchilari, olimlari 25 yil kamok jazosiga xukm kilindilar.
Stalincha katagon yillarida Uzbekiston 1937-39 yillarning uzida 41 ming kishi kamokka olindi, shulardan 37 mingi turli muddatlarga xukm kilindi, 6920 kishi otib tashlandi. Umuman olganda 1939-1953 yillarda 61799 kishi kamokka olinib shulardan 56112 kishi ozodlikdan maxrum kilingan bulsa, 7100 otib tashlandi. Albatta, ularning kupchiligi 1956 yilda batamom oklandi, birok ulimidan sung.
80-yillarga kelib mavjud tuzum mafkurachilari uzlarinig yangi xurujini boshladilar. Totalitar tuzumning saklab kolish uchun axolining kurkuvda tutish, dam-badam taxkirlar va katagon kilish odat tusiga aylanib kolgan edi.
Bu safar xam partiya zuravonligi natijasida, 1982 yili bir gurux adabiyotchi olimlar jadidchilik mafkurasini rasm bulib kolgan koliplardan tashkarida kurib chikishga intilgani uchun ayblandilar, Fitrat va Chulponni oklash borasidagi sa‘y-xarakatlar kattik tankid ostiga olindi.
1983-1989 yillarda “paxta ishi” baxonasida yana katagon-larning yangi boskichi buldi. Endilikda ishlab chikarish va siyosat bilan band bulgan kadrlar, respublikaning milliy manfaatlarini bugib kelayotgan mavjud ijtimoiy-iktisodiy tizimning yaramas va istikbolsizligini tushungan milliy ziyolilar xam ta‘kib ostiga olindi. Bu ish matbuotda, ayniksa markazda millatning izzat-nafsiga teguvchi “uzbek ishi” deb ataldi. Markazdan maxfiy topshirik bilan yuborilgan tergovchilar guruxi minglab kishilarni va umuman respublikani badnom kildi. Albatta “paxta ishi” jarayonida chindan xam mavjud bulgan kamchiliklar va xatto jinoyatlar ochildi, birok bu butun uzbek xalkini oldindan badnom kilishlikka yul kuyib bulmasdi. Usha davrda ochilgan illatlar butun Ittifokka xos kusur edi. Birok “paxta ishi” okibatida kupgina xalol va vijdonli kishilar xam tuxmat va uydirmalar bilan kamokka olindi. Bu ish natijasida 5 ming kishi kamokka olindi va turli muddatlarga ozodlikdan maxrum etildi.
Fakat Uzbekiston mustakillikka erishishi bilan “paxta ishi” va undan oldingi katagonliklar okibatida noxak ozor chekkan minglab kishilar va ularning oila a‘zolari oklandi va xak-xukuklari tiklandi. 74 yil davom etgan bu tengsiz, yashirin kurash kommunistik tuzumi kulashi bilan tugallandi.Urushdan keyingi yillarda xam respublikamizning mustamlaka makomi saklanib koldi. Bu davrda Uzbekiston sanoati tabiiy, moddiy-texnika va mexnat resurslardan yanada kengrok foydalanildi. Xuddi shu davrda Uzbekiston yokilgi-energetika majmuinining asosini tashkil etadigan kator yirik gaz konlari uzlashtirildi, nodir metallurgiya sanoati yaratildi, oltin kazib olish sanoati barpo etildi, kup tarmokli mashinasozlik markazlari barpo etildi. Paxtachilikni rivojlantirishi maksadida “Tashsel‘mash”, “Uzbeksel‘mash”, “ Krasny dvigatel‘”, “Pod‘yomnik” kabi zavodlarda tirkama uskunalar va traktorlar uchun extiyot kismlar xam ishlab chikarila boshlandi. 1985 yilga kelib respublikada ishlab chikarish, ilmiy ishlab chikarish birlashmalari, kombinat va korxonalar soni 1500 tadan oshib ketdi. Tula asos bilan shuni ta‘kidlash joizki, erishilgan bu yutuklar bir tomonlama edi, xolos. Asbob-uskunalar un yillar davomida yangilanmas, yangi texnologiyalar tugrisida esa suz xam bulishi mumkin emas edi. Respublika iktisodietining asosi bulgan paxta tolasining 92% dan ortigi, paxtachilik majmui ishlab chikarish vositalarining 40% ga yakini, korakulning deyarli xammasi, pillaning 2/3 kismi, oltin, mis, rux kabi rangli metallarning xammasi va boshkalar Uzbekistondan deyarli “suv tekinga” xom ashyo xolida olib ketilishi, ayni vaktda tayyor ishlab chikarish, axoli iste‘moli uchun zarur bulgan maxsulotlar, jumladan, tayyor sanoat mollari va xatto uzi yetarli darajada ishlab chikarish mumkin bulgan dexkonchilik maxsulotlarining 2/3 kismini Ittifokning boshka respublikaliridan yukori iste‘mol baxolarida keltirilishi respublikamiz xujaligining bir tomonlama rivojlanganligini yakkol kursatadi. Bunga kushimcha kilib, shuni ta‘kidlash joizki respublika sanoatida yengil sanoit maxsulotining xissasi 1989 yilda 37,2 % ni tashkil etdi. Bunda axoli uchun keng iste‘mol mollari ishlab beradigan yengil sanoat Uzbekistonda ancha yukori rivojlangandek tuyuladi. Aslida bu tarmok maxsulotlarining yarmidan kupini paxta tozalash zavodlarida tayerlangan paxta tolasi, pillakashlik fabrikalarida ishlov berilgan ipak tolasi, lub zavodlarida ishlangan kanop tolasi, teriga ishlov beruvchi korxonalarda ishlov berilgan korakul terilar tashkil kilganini e‘tiborga olsak, kishlok xujaligi maxsulotlariga dastlabki ishlov beruvchi tarmoklar xissasi butun yengil sanoatda 2/3 kismga borib kolganini kuramiz. Shu bois Uzbekiston mustakillik arafasida sanoat yalpi maxsulot ishlab chikarish xajmi buyicha sobik Ittifokda 10 urinni egallab turdi.
2. Urushdan keyingi yillarda kishlok xujaligida xam ijobiy va salbiy jixatlarni kuzatish mumkin. Kishlok xujaligining asosiy yunalishi paxtachilik bulib koldi. Shu bois, paxta yakka xokimligiga e‘tibor yanada kuchaytirildi. Paxta xom ashyosi yetishtirish 1946 - 1985 yillarda 5,5 baravar kupaydi, paxta ekiladigan maydonlar esa 1 mln.ga dan ortdi. Paxtaning yalpi xosili 1960 yilda 2,8 mln tonnani, 1980 yilda 6,2 mln tonnani tashkil kildi.
Lekin Uzbekistonning milliy faxri va asosiy boyligi bulib kelgan paxtachilik bora-bora uning ogir okibatlariga olib kelgan “shuuri”ga aylandi. Markazning paxta yetishtirishni butun choralar bilan kupaytirishdan iborat siyosatning amalga oshirishini ta‘minlash natijasida: respublikaning sugoriladigan asosiy ekin maydonlari paxtaga bushatib berildi va ayrim rayonlarda uning umumiy ekin maydoni 80% ortib ketdi; ozik-ovkat maxsulotlar yetishtirishga ixtisoslashgan dexkonchilikning kupgina tarmoklari sikib chikarild, chorvachilik zarar kurdi; kup yillar davomida surunkali paxta ekilishi tuprokning tarkibi buzilib, tabiiy unumdorligi kashshoklashdi, maydonlarni shur bosdi; mineral ugitlarni uta ortigi bilan ishlatilishi tuprok, suv va atmosferaning zaxarlanishi, ekologik sharoitning ogirlanishiga olib keldi. Bu davrda sugorma dexkonchilikni yuksaltirish maksadida kuplab yangi kanallar va suv omborlari ishga tushirildi. (CHimkurgon, Janubiy Surxon suv omborlari, amu Buxoro, Amu - Korakul, Janubiy Mirzachul kanallari va b.) xamda Mirzachul, Karshi chuli, Surxon-SHerobod chullarida unumdor kurik yerlar uzlashtirildi. Dastlab bu tadbirlar kishlok xujalik maxsulotlarni yetishtirishning oshishiga olib kelgan bulsa-da, keyinchalik ekologiyaga salbiy ta‘sir kursatdi. Eng yomoni Amudaryo va Sirdaryo suvlari Orol dengizigacha kariyb yetib bormay koldi. Bu Orolni falokat yokasiga olib keldi. Dengiz satxi pasayib, ilgargi gullab turgan shaxru kurgonlar shur kumzorga aylandi. Umuman olganda iktisodiyotni rivojlantiirishda ekstentiv usul xukmronlik kildi, ilmiy-texnika tarakkiyotini ishlab chikarishga tadbik ettirishga yetarli e‘tibor berilmadi. Masalan, 1981-1985 yillarda 660 ta kashfiyotdan fakat uchdan biri xalk xujaligiga joriy etildi. Boz ustiga respublika iktisodiyoti kishlok xujalik ishlab chikarish doirasida uralashib koldi. Ma‘naviy-axlokiy soxada salbiy xodisalar (kushib yozish, kuz buyamachilik kilish va b.) kuchayib bordi. Iktisodiyotni tanazzuldan olib chikish uchun avvalo ishlab chikarish munosabatlarini uzgartirish boshkaruvning iktisodiy usul - amallarini yulga kuyish urniga xar xil chakiriklar bilan iktisodiy natijasiz eksperimentlar utkazildi.
Ijtimoiy soxada xam kursatgichlar juda past edi. Jumladan turar joy, bilan ta‘minlash umumittifok kursatgichini 65% (sobik 15 respublikalar ichida 12 urin) tashkil etdi, kasalxonalar bilan 92% (9 urin), maktablarda urinlar bilan - 72 % (12 urin) maktablargacha tarbiya muassasalari bilan - 34,5 % (12 urin). Axolini ichimlik suv bilan ta‘minlash 25 - 30 % ga kondirilardi. Fan, madaniyat va xalk ta‘limiga kilinadigan xarajatlar byudjet mablaglarining 2,7 % idan ortmas edi. Asosan maxalliy axoli vakillari istikomat kiluvchi kishloklarda ijtimoiy axvol juda ogir edi. Ijtimoiy xayotda yana bir noxaklikka e‘tiborni karatsak - 80-yillardagi ma‘lumotlarga kura, sobik Ittifok buyicha xar bir maktab ukuvchisiga urtacha 240 sum sarflangan xolda, Uzbekistonda bu kursatgich 203 sumni, xar bir talabaga Ittifokda 1200 sum sarflansa, Uzbekistonda bu sarf 996 sumni tashkil kilgan edi.
Kurilayotgan yillar davomida madaniyat va fan xam notekis rivojlandi. Uzbekistonda xalk maorifi, oliy va urta ma‘lumot, fan-texnika, madaniyatning bir muncha usganligini, olimlarimiz fanning kupgina fundamental soxalarida maktab yaratganliklari tarixiy xakikatdir.
Birok, ancha yuksak madaniy saloxiyat bilan birga ayni vaktda ma‘naviy tanglik yuzaga keldi. Xalkni milliy an‘analar va madaniyatning kudratli manbalaridan begonalashtirish tendentsiyalari kuchaydi. Masalan, oldin takiklangan Navruz bayramimiz 50 -60 yillarda tiklanib, 1986 yil yana “diniy” bayram sifatida mafkurachilar tomonidan takiklandi. Uzbek tilini kullash soxasi xam toraydi: respublika buyicha barcha xujjatlar, xatto maxalliy axoli kupchilikni tashkil etgan kishloklarda xam, rus tilida olib borildi. Kutubxonalar fondining 80% ni rustili dagi kitoblar tashkil etardi. Taajjubki Tokent Davlat universitetida (xozirgi Uz MU) uzbek filologiyasi fakul‘teti fakatgina 1980 yilda ichildi.
Madaniy kurilishda tub milliy manfaatlar unitilib, baynalminallashtirishga zur berildi. Madaniyatni mafkuralash-tirish, ijodiy faoliyatga kupol ravishda aralashish natijasida adabiet va san‘at milliy zamindan ajralib koldi.
Xulosa kilib aytganda, sovet xokimiyati xukm surgan 74 yil mobaynida Uzbekistonda xam bir karor yutuklarga erishganligini e‘tirof etgan xolda, respublikamiz mustamlakachilik va milliy zulm doirasida bulganligini va karam mamlakatning barcha mashakkatlarini boshidan kechirganini ta‘kidlash lozim.
Bu karamlik siyosiy soxada-siyosiy mutelikda, xalkning uz takdirini uzi belgilash xukukidan maxrum bulishida, xukmron mamlakatning tarkibiy kismga aylanishida, xalkaro doiralarda xukuksizlanishda; iktisodiy soxada - uz tabiiy boyliklariga uzi egalik kilolmasligida, iktisodiyot tarakkiyot yulini uzi belgilay olmasligida, markaz mafaatlarining ustunligida, xalkimizning uz mexnat samarasidan baxramand bulmasligida, bir tomonlama rivojlanish natijasida respublikamizni xom ashyo bazasiga aylantirilishida; ma‘naviy soxada-milliy va diniy kadriyatlarimizning oyok osti kilinishida, kommunistik mafkura xukmronligida sinfiy yondashuv okibatida ma‘naviy va tarixiy me‘rosimizga e‘tiborsizlikda, katagonlik siyosatida inson xukuklarini poy mol kilishda uz ifodasini topdi.
Mamlakatimiz va xalkimizning sovet xokimiyati xukmronligi davridagi axvolini taxlil etar ekanmiz, mustakillik nechoglik axamiyat kasb etishni, uning kadriga yetishimizni, e‘zozlashimizni va mustaxkamlashimizni yanada chukur anglab yetishimiz zarur.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling