Œзбекистон республикаси олий ва œрта


Download 0.66 Mb.
bet12/25
Sana14.05.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1459267
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
узбек т. маъруза А.А.Э. Yu Ergasheva

Tekshiruv savollari:

Rossiyaning Markaziy Osiyoni jadalroq zabt etishga undagan sabablar nimalardan iborat?


Rus qo’shinlari Toshkent va Jizzax shaharlarini qachon zabt etdilar?
Turkiston general –gubernatorligi qachon tashkil etildi?
Buxoro amirligi va Hiva xonligining Rossiya vassaliga aylantirilishi sanasini aniqlang.
Qo’qon xonligini qo’shib olish maqsadida 1873 yilda boshlangan qo’zg’olon nima uchun 1875 yilga kelib milliy-ozodlik kurashiga aylanib ketdi?
Turkistonda chorizm agrar siyosatining asosiy mohiyati nimalarda namoyon bo’ldi?
CHorizmning olib borgan ruslashtirish siyosati to’g’risida so’zlab bering.
8. Turkiston xalklarining chorizm mustamlakachilik zulmiga karshi milliy ozodli xarakati kanday boskichlarni bosib utdi?
9. Jadidchilik xarakati kanday xarakat edi?
10.Turkistondagi jadidlar xarakati namoyondalari tugrisida ma‘lumot bering.


10-Mavzu: TURKISTONDA MUSTABID SOVYeT XOKIMIYaTINING URNATILISHI. ISTIKLOLCHILAR XARAKATI.


Reja:

  1. 1917 yil Rossiyadagi inkilobiy tuntarishlar davrida Turkiston ulkasidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Ulkada mustabid sovet xokimiyatining urnatilishi.

  2. “Turkiston muxtoriyati”ning tuzilishi va uning fojiali takdiri.

  3. Istiklolchilar xarakati: uning moxiyati, boskichlari, xarakatlantiruvchi kuchlari, yulboshchilari.



Adabiyotlar:
3,8,26,47,48,50,64,77,85,87,98,102
Tayanch tushunchalar: Fevral inkilobi, «SHuroi Islom», «SHuroi Ulamo», «Ittifoki Muslimin», Toshkent vokealari, Kukon fojeasi, «Turki ston muxtoriyati», Istiklolchilar xarakati, Madaminbek,SHermuxammadbek, Ergash kurboshi, xarakatning I,II, III boskichlari.

1917 yil fevralida Rossiya poytaxtida demokratik inkilob galaba kildi. Uning natijasida monarxiya tuzimi agdarildi, anikrogi 300 yildan buyon mamlakatda xukmronlik kilgan Romanovlar sulolasi xokimiyati kuladi. Mart oyining boshida Muvakkat xukumat tuzildi. Shu bilan birga bir vaktning uzida Ishchi, soldat va dexkon deputatlari Sovetlari xam ish boshladi. Natijada kushxokimiyat, ya‘ni ikki diktatura: Muvakkat xukumat boshchiligidagi burjua-demokratik diktaturasi: Sovetlar boshchiligidagi ishchilar va dexkonlar inkilobiy-demokratik diktaturasining uziga xos chatishmasi vujudga keldi.


Petrogradda kurolli kuzgolonning galaba kozonishi, yangi xokimiyat tuzilmalarining tuzilishi, dastlabki konun aktlari Rossiyaning kup asrlik monarxiya davlati xukmronligidan voz kechib, demokratiya yuliga kirganini butun dunyoga ma‘lum kildi.
Rossiya markazida bulib utgan vokealar bevosita Turkiston ulkasiga xam ta‘sir kildi. Bu yerda xam yangi xokimiyat tuzilmalarini barpo kilish yuzasidan jarayon boshlanib ketdi. Xamma shaxar va ishchilar mavzelarida Ishchi va SD Sovetlari tuzila boshlandi. Ammo ushbu Sovetlar xay‘atiga asosan yevropalik axoli vakillari kirdi.
Bir vaktning uzida ijtimoiy va milliy tarkibiga kura ancha kup vakillarga ega bulgan Ijroiya Komitetlari xam tuzilaverdi. Ijrokumlar barcha demokratik tashkilotlarni birlashtiruvchilar bulib maydonga chikdilar va Muvakkat xukumatning maxalliy organlari rolini uynashga intildilar.
Turkiston ulkasi musulmon axolisi xam uzlarining siyosiy kurashlarini boshlab yubordilar. Bu kurashga ancha tayyorgarlikka ega bulgan jadidlar yetakchilik kildilar.
Jadidlar demokratik inkilobga, shu inkilob e‘lon kilgan tamoyillarga katta umidlar boglab, uning goyalari va shiorlarini amalga oshirishga faollik bilan kirishdilar.
Jadidlar demokratik inkilobga, shu inkilob e‘lon kilgan tamoyillarga, katta umidlar boglab, uning goyalari va shiorlarini amalga oshirishga faollik bilan kirishdilar.
Bu xarakatga asosan toshkentlik jadidlar yetakchilik kildilar. Ularning tashabbusi bilan 1917 yilning mart oyida 3 marta eski shaxar axolisining kup ming kishilik yigilishlari bulib utdi. Bu yigilishlarda jadidlar Toshkent jamoat tashkilotlarining ijroiya komitetiga butun musulmonlar axolisidan umumiy delegatlar kursatishga muvaffak buldilar. Shaxarning barcha maxallalaridan 60 kishiga yakin organ saylanib, bu organni “SHuroi Islom” deb atashga karor kilindi.
Yangi tuzilgan organ, shaxarning ovrupalik axolisini birlashtiruvchi Ishchi va soldat deputatlaridan fark kilib, islom diniga e‘tikod kiluvchi maxalliy axoli deputatlari Soveti deb xisoblandi. Ularning tashabbusi bilan 1917 yil 14 martda “SHuroi Islom” deb nomlangan siyosiy tashkilot tuzildi (“SHuro” - Sovet). Yangidan ta‘sis etilgan organ, shaxarning ovrupalik axolisini birlashtiruvchi Ishchi va soldat deputatlari Sovetlaridan fark kilib, islom diniga e‘tikod kiluvchi maxalliy axoli deputatlari Soveti deb xisoblandi.
Tashkilotning 15 kishidan iborat rayosati tuzildi. Rayosatning dastlabki majlislaridan birida “SHuroi Islom”ning asosiy maksad va vazifalari e‘lon kilindi. Bular Turkiston musulmonlarini birlashtirishga karatilgan targibot ishlarini avj oldirish, Ta‘sis majlisiga tayyorgarlik kurish, siyosiy va ijtimoiy masalalar yuzasidan axoli orasida yiginlar utkazib turish, ulkadagi turli millatlarni bir-biriga yakinlashtirish va birlashtirish kabi masalalardan iborat edi.
1917 yil fevralida chor xukumatini agdarishga karatilgan inkilobdan keyin, Rossiyaning markazida sodir bulgan ikki xokimiyatchilik Turkiston ulkasida xam uz ifodasini topdi. Muvakkat xukumat Turkiston general-gubernatorligini Turkiston Komitetiga almashtirib, uning fakat tashki kurinishi, ya‘ni nomi uzgargan bulsa-da, ulkani boshkarishdagi oldingi mustamlakachilik moxiyati kolaverdi.
Uning ustiga Turkiston mintakasida sodir bulgan ijtimoiy-siyosiy uzgarishlar kuchlarning ijtimoiy va siyosiy jixatdan joylashuviga salbiy ta‘sir kursatdi. Natijada 1917 yilning may oyidan avgustga kadar bulgan davrda Toshkent, Kukon, Andijon, Samarkand va ulkaning boshka shaxar va kishloklarida “Musulmon ishchi deputatlari Sovetlari”, “Islom mexnatkashlari” kabi siyosiy tashkilotlar, kasaba uyushmalari tashkil topdi.Bularni tuzishda 1916 yilgi mardikorlik safarbarligidan kaytib kelgan 100 mingga yakin turkistonliklar tashabbuskorlik kildilar.
Uzlarining ijtimoiy goyalarini avval boshdanok ochik-oydin ma‘lum kilgan “xukmdorlar va ularning ma‘naviy raxnamolari” kuchlariga karshi xarakat paydo buldi, bu kuchlar xatto galayonlarning xam kelib chikishiga sabab buldi. Xayriyatki tashkiliy jixatdan bu narsa 1917 yilning iyunida ruxoniylar va ularni kullab-kuvvatlaganlarning “SHuroi Islom” tashkilotidan chikib, “SHuroi Ulamo” deb atalgan tashkilotning tuzilishi bilan ifodalandi.
1917 yil sentyabr oyida “SHuroi Islom” tashabbusi bilan chakirilgan Ulka musulmonlarining II s‘ezdi xokimiyatni soldat, ishchi va dexkon Sovetlariga berilishiga karshi chikdi.
SHu davrga kelib, Turkiston ulkasidagi milliy xarakat uz rivojining yangi davriga kadam kuydi. Birlashish va jipslashish jarayoni kuchaydi, bu jarayonda “SHuroi Ulamo”ning roli tobora oshib bordi. Uning tashabbusi bilan 1917 yil 17-20 sentyabr kunlari Toshkentda turkistonlik va kozok musulmonlarining kurultoyi utkazildi. Natijada “Ulamochilar” bilan “SHuroi islomchilar” urtasidagi uzok va kizgin baxslarga karamay, s‘ezd kelishish yullarini topishga muvaffak buldi. “SHuroi Islom”, “Turon”, “SHuroi Ulamo” va boshkalarni birlashtirib, Turkiston va Kozogiston uchun umumiy bulgan “Ittifoki muslimin” degan siyosiy partiya tuzishga karor kilindi.
Bu s‘ezd ishida Turkiston ulkasining bulajak siyosiy tuzimi tugrisidagi masala asosiy masala buldi.
Kabul kilingan rezolyutsiyada demokratik Rossiya Respublikasi tarkibida xududiy muxtor federatsiya tuzish goyasi ilgari surilgan edi. S‘ezd muxtoriyatga “Turkiston Federatsiya Respublikasi” degan nomni kuyib, parlament respublikasi asosida tuzilajak bulgusi davlat tuzumining bosh tamoyillari va me‘yorlarini belgilab berdi.
Turkiston Federatsiyasiga uz bojxonasiga, xazinasiga, federativ bankiga ega bulish, chegaradosh davlatlar savdo-iktisodiy shartnomalar tuzish, turli xalkaro anjumanlarga uz vakillarini yuborib turish kabi xak-xukuklar berilishi talablari kuyildi.
Turkiston musulmonlarining birinchi siyosiy partiyasi - Turkiston federalchilari partiyasi, ya‘ni “Turk odami markaziy federalist firkasi” siyosiy masalalarga uz munosabatini belgilab oldi. Bu partiyaning maxalliy tashkilotlari 1917 yilning yozida Fargona,Toshkent, Margilon, Andijon va boshka joylarda tuzilgan edi. Bu partiyaning milliy demokratiya yetakchilari Munavvar Kori Abdurashidxonov, Maxmudxuja Bexbudiy atokli xukukshunoslar, fikx olimlari (diniy konunshunoslar) tomonidan dasturi va nizomi tuzilgan edi. Bu xujjatlarda Turkistonda milliy-xududiy muxtoriyat printsiplari negizida demokratik respublika tuzish goyasi mukammal asoslab berilgan edi.
1917 yil oktyabrida Rossiya markazida vaktli xukumat agdarilib tashlangach, xokimiyat tuligicha bolsheviklar raxbarligidagi shurolar (Sovetlar) kuliga utdi. Ular ilgarigi imperiya xududini tamomila egallab olish uchun zarur tadbirlarni kurdilar. Ularning niyati ommaviy siyosiy ishlarni butun choralar bilan kuchaytirib, xamma joyda bolsheviklar dasturini keng yoyish va barcha mexnatkashlarni uz tomonlariga ogdirib olishga erishish edi. Buning uchun uz oldilariga urushni darxol tuxtatib, sulxga kelishish, yerni kambagallarga taksimlab berish, ocharchilikni tugatish, xamma millatlarning teng xukukligini ta‘minlash (keyinchalik ma‘lum bulishicha bularning xammasi kogozda ekan) vazifasini kuygan edilar. Albatta urushdan tuygan va ocharchilik tinka-madorlarini kuritgan xalk uchun bu masalaning kuyilishi butunlay yangilik bulib, katta umid tugdirar edi.
Bundan tashkari RSFSR Xalk Komissarlari Soveti “Rossiya va Sharkning barcha musulmon mexnatkashlariga” nomli Murojaatnomasida:
“Bundan buyon sizlarning urf-odatlaringiz, sizlarning milliy va madaniy muassasalaringiz ozod va daxlsiz deb e‘lon kilinadi. Uz milliy xayotlaringizni erkin va bemalol uyushtira boringiz, sizlarning bunga xakkingiz bor,.. Chunki sizlarning takdiringiz uzlaringizning kullaringizda”, deyilgan edi.
Kariyib 50 yil rus imperiyasining mustamlakachilik azob-ukubatlarini boshidan kechirgan Turkiston xalklari uchun bu nixoyat chinakam ozodlik va xurlik shabadasi kelayotganday bulib tuyuldi.
Usha paytlarda Markaziy Osiyodagi (Turkiston ulkasidagi) siyosiy vokealarning markazi Toshkent edi. 1917 yil 1 noyabr kuni Toshkentda xam kurolli kuzgalon galaba kozonganligi tugrisida xabar tarkaldi. Galdagi vazifa - xokimiyat tuzish tugrisidagi masalani xal kilish kerak edi. Ana shu xal kiluvchi paytda musulmon axolining asosiy vakillari - “SHuroi Ulamo” bilan musulmon deputatlarining Ulka Soveti urtasidagi kurash avjga chikib ketdi. “Ulamo” raxbarlari ishchi va soldat deputatlari sovetlarinig ulka s‘ezdi ishida katnashish mumkin deb xisoblasalar, musulmon deputatlari Ulka Sovetining a‘zolari esa bolsheviklar bilan xamkorlik kilishga karshi chikdilar. Milliy demokratiya ulamochilarning tutgan yuliga salbiy munosabatda buldi.
1917 yil 15 noyabrda uz ishini boshlagan ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining III Ulka s‘ezdi ulka xokimiyatini tashkil etish masalasini muxokama kildi. S‘ezd kabul kilgan bolsheviklar, sul eserlar va maksimalistlar tomonidan ishlab chikilgan deklaratsiya asosida ulka inkilobiy xokimiyatini e‘lon kildi va Turkiston ulkasi Xalk Komissarlari Soveti deb ataluvchi Ishchi soldat va dexkon deputatlarining Ulka Soveti xokimiyatning oliy organi deb e‘lon kilindi. Birok xokimiyatning yangi organiga tub axoli vakillaridan biron kishi kiritilmadi.
Asosiy sabab “Ishchi soldat va dexkonlar xokimiyatiga tub axolining munosabati butunlay no‘malum bulgan uchun xam, tub axoli orasida proletar sinfiy tashkilotlar bulmagani uchun xam ulkaning oliy inkilobiy xokimiyatga xozirgi vaktda musulmonlarni jalb kilish ma‘kul emas, - deb da‘vo kilingan edi deklaratsiyada.
2.1917 yilda Turkistonning ijtimoiy-siyosiy xayotida eng muxim maslalaridan biri, bu Turkistonda yangi boshkaruv usulidagi davlatchilikni tashkil etish edi. Usha tarixiy shart-sharoitlarda milliy davlatchilikka ega bulish goyasi turli tashkilot va patiyalarning uzaro kurashida asosiy kurolga aylangan edi.
Turkiston jadidlari xam bu jarayonga faol ishtirok etayotgan edilar. Xususan, ularning xarakatlari Turkistonda federatsiya asosida milliy-demokratik davlatchilikni barpo kilishga karatilgan edi. Ularning muxtoriyat (avtonomiya), davlatchilik tugrisidagi goyalari usha paytdagi Rossiyada mavjud bulgan siyosiy - ijtimoiy vaziyat bilan boglik xolda shakllanib kelgan edi.
Turkiston bolsheviklari va sul eserlari musulmon axolisining ulkani boshkarishga bulgan xukukini inkor kilib, xokimiyat tugrisidagi masalani kelishib xal kilish imkoniyatini yukka chikardilar va shu bilan ulka siyosiy xayotidagi kuchlarning kelgusida muxolif turib kolishni oldindan mukarrar kilib kuydilar.
1917 yil 15-21 noyabr kunlari Toshkentda bulib utgan Turkiston ulkasi shurolarining III kuriltoyi Turkiston Xalk Komissar Sovetini tuzdi. Bu Sovetga fakat Peterburgdan yuborilgan kishilar kiritilib, bironta xam maxalliy millat vakillari yakinlashtirilmadi. Turkiston xokimiyatini bosib olgan rus bolsheviklari va eserlar maxalliy axolining madaniy-siyosiy saviyasi xokimiyatni boshkarish darajasida emas, deb xisobladilar. Xali Yevropa xalklarinig birontasi, ruslar xam, davlatga ega bulmagan davrlarda uz davlatchiligiga ega bulgan (masalan Amir Temur davlati - XIV asr), jamiyatni boshkarishda ulkan tarixiy tajribaga ega bulgan turkistonliklar uchun bu xakorat edi. Ziyoli va ulamolar bu munosabatlarga chidab tura olmasdilar.
SHu sababdan xam, 1917 yilning 26 noyabrida “SHuroi Islomiya” va “SHuroi Ulamo” tashkilotchilari boshchiligida Kukon shaxrida Turkiston Ulka musulmonlarining IV favkulodda s‘ezdi uz ishini boshladi. Unda ulkaning barcha mintakalari va jamoat tashkilotlaridan 200 nafardan ortik vakil katnashdi.
Kurultoy utkazish uchun tanlangan joy tasodifiy emasdi. Bundan ancha ilgari, 1917 yil mart oyida Toshkentda Turkiston musulmonlarining kurultoyi utkazilgan bulib, unda Turkiston musulmonlarining Shurosi Milliy markazi saylangan edi. Unga Urta Osiyoning xamma mintakalaridan vakillar, shu jumladan Turkiston ulkasining kuzga kuringan siesiy arboblari - Maxmudxuja Bexbudiy, Ubaydulla Xujaev, Nosirxon Tura, Muxammadjon Ganishboev, Uroz Sardorlar kiritilgan edilar. Milliy markaz raisi kilib Mustafo Chukay saylangan edi. Birok Toshkentda ruslarning nufuzi kuchli bulgani, kudratli xarbiy gornizon joylashgani sababli Milliy markaz keng siesiy ishni olib borishi juda murakkab edi. Kukonda esa asosan uzbeklar va boshka maxalliy millat vakillari yashab, milliy an‘analar, islom kadriyatilari ruxi kuchli edi.
Ulka musulmonlarining kurultoyi “Rossiyadagi barcha xalklar va millatlar to milliy mustakil davlat bulib ajralib chikishga kadar uz takdirlarini uzlari belgilash xukukiga egadirlar”, deyilgan markazdan kelgan dasturga asoslanib, Turkistonda “Xalk Shurosi” deb atalagan muxtor xukumat tuzlganini e‘lon kildi. bu xukumatga “Turkiston muxtoriyati” nomi berildi. Xukumatning birinchi prezidenti kilib kirgiz “Aralash urda” partiyasining raxbari Muxammadjon Tanishpoev saylandi. Birok Tanishpoevning siyosiy tashkilotchilik saviyasi prezidentlik vazifasiga muvofik emasligi ma‘lum bulgach, u iste‘fo berdi. Shundan keyin prezident etib Mustafo Chukay saylandi. Muvakkat xukumat xay‘atiga 8 kishi saylangan edi.
“Turkiston muxtoriyati” muvakkat xukumat a‘zolari 1 dekabr kuni ulka xalklariga karata maxsus murojaat kildilar. Murojaat ulkada yashab turgan barcha millat elatlarning farovonligi, madaniy tarakkiyoti va yakin xamdustligini ta‘minlash yulida Muxtor Turkistonning demokratik erkinliklarga xamda baynalminallik tamoyillarga sodikligini e‘lon kildi.
Turkiston ulkasi maxalliy mexnatkashlar ommasi Muxtoriyat e‘lon kilinishini kupdan beri orzu kilgan uz milliy davlatiga ega bulishdagi dastlabki kadam deb bilib, Muxtor xukumatni kullab- kuvvatladi. Bu birdamlik ulkaning yirik shaxarlarida bulib utgan miting va namoyishlarda yakkol uz ifodasini topdi.
Ammo Turkiston Shurolar xukumati Turkiston Muxtoriyatini mutlako tan olmadi, uni agdarib tashlash, uni yuk kilish goyasini kutarib chikdi. Xususan Toshkent shaxar Shurolari, Kukon ishchi va askar deputatlari Shurosi Muxtor xukumatni tan olmay, uni tugatish uchun xarakat kildi. Ulka shurolar xokimiyati Muxtor Turkiston Muvakkat xukumatini “Turkistonnig bir tuda boylari va ruxoniylari” manfaatlarini yoklovchi aksiinkilobiy, burjua xukumati deb baxoladilar. “Turkiston Muxtoriyati”ni kullab-kuvvatlab chikkan jamoat tashkilotlari, bosma nashrlarga karshi Toshkent Shurolari takiklovchi xatti-xarakatlarni avj oldirdilar. Masalan, Toshkent shaxar dumasi tarkatib yuborildi, “Turkestanskiy vestnik” gazetasi yopib kuyildi. Samarkanddagi “SHuroi Islomiya” tashkilotining faoliyati ta‘kiklab kuyildi.
Buning ustiga muxtoriyat xarakatining uz ichida musulmon axolisining turli ijtimoiy katlamlari va guruxlari mafaatlarini ximoya kiluvchi boshliklar urtasidagi ziddiyatlar xam kuchaya bordi. “SHuroi Ulamo” bilan “SHuroi Islomiya” urtasida bulgan, lekin biroz bulsada “Turkiston Muxtoriyati” e‘lon kilinishi bilan susaygan avvalgi ixtiloflar yana yuzaga chikdi va bu muxtor xarakatining birligini ichdan turib kuporadigan jiddiy xavfga aylanayogan edi. Ixtiloflarning eng muximi Muxtor xukumatining asl moxiyatini yetarli darajada tushinib olinmaganligi bilan boglik edi.
Bu vaktga kelib Muxtor xukumati a‘zolari “bolsheviklar xalkning inkilob bergan xukuklarini poy-mol kilmokchi” deb tashvikot va targibot olib bordilar va barcha fukarolarni milliy ozodlik uchun, islom dinini ximoya kilish uchun milliy armiya safiga kirishga chakirdilar. Xakikatdan xam Kukonga yordam berish uchun tevarak atrofdagi tuman va kishloklardan, miltik, bolta va ketmonlar bilan kurollangan axoli kela boshladi. Xarbiy tuzilmalar soni ortib borishi bilan sarf xarajatlar xam oshdi. 1918 yil yanvariga kelib, usha davrdagi matbuot ma‘lumotlarining guvoxlik berishicha, muntazam milliy armiyadagi kishilar soni 2 ming nafarga yetgan. Bundan tashkari Kukon shaxrining kurboshisi - militsiyasining boshligi Ergashning kulida xam anchagina kuch bor edi.
Kurolli kuchlar soni usib borgan sari “Turkiston Muxtoriyati” xukumatida kat‘iy xarakat kilish tarafdorlarining mavkelari kuchaya bordi. Kukon shaxrining uzida xam 1918 yilning yanvar oyining oxirlariga kelib vaziyat nixoyat darajada keskinlashdi. Xususan ishchi va soldat deputatlari Kukon Soveti xokimiyatni kulda tutib turgan yangi shaxar bilan Muxtor Turkiston xukumatining karorgoxi, musulmonlarning shaxar tashkilotlari joylashgan Eski shaxar urtasidagi karama-karshiliklar tobora kuchaya borayotgan edi. Shu tomonlarning xar birida kelishmovchiliklarni tinch, muzokara olib borish bilan emas, balki kuch ishlatish yuli bilan xal etish tarafdorlarining mavkelari kuchayaverdi. Bir tomondan “SHuroi Islomiya” shaxar tashkiloti Kukon kal‘asini xujum bilan egallash tugrisida karor kabul kilsa, ikkinchi tomondan, Ishchi va askar deputatlari Kukon Soveti kal‘adan olib chikilgan kurol bilan ishchi va temiryulchilarni kurollantirib, kal‘a mudofaachilarining sonini oshiraverdi. Shu bilan bir vaktda Kukon Soveti Muvakkat xukumatdan zudlik bilan kurolsizlanish va xarbiy kismlarni tarkatib yuborishni talab kiladigan karor kabul kildi.
Ana Shunday kaltis sharoitda urush xarakatlari boshlanib ketish xech gap emasdi, fakatgina bir baxona kerak edi, xolos. Shunday baxona xam topildi. Xususan, 1918 yil 30 yanvarga utar kechasi noma‘lum kishilar guruxi Kukon kal‘asi, telefon stantsiyasi, Kukon Soveti binosiga xujum uyushtirdilar.
Usha kunning uzidayok ishchi va soldat deputatlari Kukon Soveti uzining xarbiy kuchlarini tayyorlik xolatigi keltirdi, favkulodda organ-Inkilobiy kumita (Revkom) tuzildi, ishchilar va temiryulchilarning kullariga miltiklar berildi. Muvakkat xukumat a‘zolarini kamokka olish uchun Inkilobiy kumita a‘zolaridan maxsus gurux tuzildi. Bu xatti-xarakatlarning xammasi shaxar Sovet xokimiyati organlarining “Turkiston Muxtoriyati” xukumatini kuch ishlatish yuli bilan yuk kilishga kat‘iy kirishayotganidan darak berar edi.
1918 yil 9 fevralda Turkiston Xalk Komissarlari Soveti Fargona viloyatini kamal xolatida, deb e‘lon kildi. Kukon istexkomiga Skobelevdan 140 ta yaxshi kurollangan otryad (ularda 4 ta zambarak, 4 ta pulemet xam bor edi) keltirib kuyildi. 200 nafar ovrupalik temiryulchi esa kurollantirib, xujumga shay kilib kuyildi. Bundan tashkari Kukondagi 100 kishidan iborat kurollangan arman dashnok drujinasidan xam foydalanishga kelishildi.
11 fevralda Kukon Soveti “Turkiston Muxtoriyati” xukumatiga kurolsizlanish va islom kushinlarini tarkatib yuborish tugrisida Ultimatum topshirdi. Ultimatum bajarilmagach, eski shaxarga xujum boshladilar. “Turkiston Muxtoriyati” xukumati xokimiyatni tinch yul bilan olishga umidvor bulib, uzini mudofaasi uchun yetarli choralar kurmagan edi. Shunday bulishiga karamay ular uch kun mobaynida xujumni mardonavor kaytarib turdilar. Muxtoriyatchilar “Turkiston turkistonliklar uchun!” shiori ostida gazovot urushni e‘lon kilib viloyatlardan yordam kutdilar. Ammo muxtoriyatchilarga boshka viloyatlardan musulmon otryadlari yordamga kelishmadi.
Aksincha Kukon Soveti ixtiyoriga Turkiston Xalk Komissarlari Soveti tomonidan yuborilgan 11 eshelon xarbiy kismlar 18 fevraldan 19 fevralga utar kechasi Kukonga yetib keldi. 19 fevral kuni ular Eski shaxar xududiga bostirib kirdilar. Muxtoriyatchilarning kushinlari karshilik kursatmasdan, vaximaga tushib, tinch axoli bilan birga kochdi. Eski shaxarga ogir tuplardan uk otilib, vayronaga aylantirildi, shaxar uch kecha kunduz yondi. Muxtor xukumati mudofaa vaziri Chanishev otib tashlandi, Xukumat raisi Mustafo Chukay kochishga ulgurdi. Shu tarika uz takdirini uzi belgilashga axd kilgan turkistonliklarning birinchi Muxtor xukumati agdarib tashlandi. Xuddi Parij Kommunasi singari 70 kundan ziyodrok yashagan chinakam xalk xokimiyatiga nisbatan ana shunday shavkatsiz suikasd kilindi.
Turkiston Muxtoriyatchilarning Shurolar xokimiyati tomonidan tor-mor etilishi xalk ongida “Kukon fojeasi” degan nom koldirdi. “Turkiston Muxtoriyati”ning uzi esa ulka xalklari ozodlik xarakatlarining kudratli, xakikiy ramziga, erkinlik, mustakillik va istiklol uchun kurash ramziga aylandi.
3. “Turkiston Muxtoriyati” xukumati tor-mor etilgandan keyin Turkistonda ijtimoiy-siyosiy vaziyat nixoyat darajada keskinlashdi. Bu vaziyat birinchi galda maxalliy axolining Shurolar xukumatiga karshi uz ozodligi va mustakilligi uchun boshlangan kurolli kurashda uz ifodasini topdi. Kurolli xarakat ommaviy tus oldi. Bunga bir kator omillar sabab buldi. 1918 yil mart-aprel‘ oylarida Shurolarning xarbiy kuchi va ularga kumakdosh bulgan arman dashnoklari otryadi Fargonada maxalliy axoliga nisbatan mislsiz shavkatsizlik kildilar. Masalan, dashnoklar otryadi Fargona shaxri yonidagi Yormazor kishlogida maxalliy axolidan 200 kishini xech kanday sababsiz otib tashladi. Ular guyo dashnoklar otryadi otlarini xashak bilan ta‘minlashdan bosh tortgan emishlar. Umuman shuro xukumati ma‘murlari maxalliy axoliga past nazar bilan karar edi. “Kukon Muxtoriyati”dan sung maxalliy axoliga nisbatan kuchaytirilgan zuravonliklar xalkning kaxr gazabini kuzgatdi.
Kizil armiya kumondonligi tomonidan ragbatlantirib turilgan armon dashnoklari xaddilaridan oshib borardilar. Ular Kukondagi xunrezliklari yetmagandek, Margilonning tinch axolisiga xam xujum kildilar. Bundan xabar topgan Madaminbek chidab tura olmadi, kam kuch bilan bulsa-da kutilmaganda ularga karshi xujum kildi va xunrezchilarning kupini kirib tashladi, kurol-aslaxalarini esa ulja kilib oldi. Madaminbekning bu galabasini eshitib, vodiyning boshka yerlaridan choparlar kela boshladi. Ma‘lum bulishicha, armon dashnoklari Namangan va Andijonda xam tinch axolini kirgin-barotga uchratayotgan, maxalliy xokimiyat va Kizil Armiya otryadlari esa tamoshabin bulib turgan ekan. Xalk esa Madaminbekka elchi yullab uning timsolida bir najotkor kurib yordamga chakirgan edi.
Xush oddiy xalkning ishonchini kozongan Madaminbek uzi kim edi? Asli Toshlokning Sukchilik kishlogidan bulgan (1892 yilda tugilgan) Madaminbek Fargona vodiysida tanikli savdogarning ugli edi, nasl-nasabi jixatidan bek bulgan. Fargonani ruslar bosib olgandan keyin Madaminbekning ajdodlari uz mavkelarini yukotadilar. Bolaligidan zexni utkir, tiyrak va jasur Madaminbek ukimishli odam bulgan. Boshlangich maktabda savod chikargach, rus savdo dukonida ishlab rus tilida yaxshi gapiradigan va yozadigan darajaga yetadi. Ba‘zi ma‘lumotlarga karaganda Madaminbek frantsuz tilini xam bilgan (“Uzbekiston ovozi”, 1992 yil 11 mart).
1914 yili politsiya Madaminbekni kamokka oladi va sung uni tasdiklanmagan ma‘lumot bilan “bir xotinni uldirganlikda” ayblab uzok muddatli katorga kamogiga xukm etadi. 1917 yil fevral inkilobidan keyin siyosiy maxbus sifatida bandilikdan ozod kilingan Madaminbekni ona yurti xalki katta shodu-xurramlik bilan kutib oladi. Rossiyada xokimiyat bolsheviklar kuliga utib, mamlakat tartibsizlik, boshboldoklik xukm surayotgan paytda “Margilonni ugri, karokchilar, kotillardan kim ximoya kiladi?” degan muammo xalkni uylantirardi. Shunda “Ulamo” jamiyati raxbariyati Madaminbekni militsiya boshligi lavozimiga tavsiya etadi.
Madaminbek militsiya boshligi sifatida Margilonda osoyishtalik, tartib koidani saklashga jiddiy xissa kushdi. 1918 yil yozida u Margilon shaxar militsiyasi boshligi lavozimini tark etadi va uz otryadi bilan Shuro xukumati dushmanlari tomoniga utadi. Xush, bunga uni nima majbur etdi?. Yirik bir shaxarning militsiyasi boshligi sifatida tanilib kolgan, shurolar ishonchiga kirgan odam oldida bundan kura yorkinrok istikbol yuli xam bor edi-ku?. Aklli, kattik kul va kobiliyatli Madaminbek tez orada Shurolar xukumatida katta lavozimlarni xam egallashi mumkin edi. Ammo u bularning xammasidan voz kechib uta xavfli, mashakkatli ishga-mavjud tuzumga karshi kuzgolon kutarishga jazm etdi. Bu avvalambor, turmushning achchik-chuchugini totgan, xalkning, millatning xakikiy fidokori bulgan inkilobchiga xos jasorat edi. Ikkinchidan, Kukonda “Turkiston muxtoriyati”ning konga botirilishi, undan sung 1918 yilning mart-aprel oylarida Kizil Armiya va arman dashnoklarining Fargonada maxalliy axoliga nisbatan mislsiz shavkatsizligidir.
Kukondagi Muxtor xukumatining agdarilishi, arman dashnoklarining xunrezliklariga yul ochib berish, Kizil armiya otryadlarining kupincha talonchilik bilan shugullanishi, maxalliy axoli urf-odatlari, rasm-rusumlarini xurmat kilmaslik, yangi xokimiyat maxkamalari ishiga uzbeklarni aralashtirmaslik - bularning barchasi Fargona vodiysi buylab milliy-ozodlik xarakatining avj olib ketishiga sabab buldi. Ammo Sovet tashvikot- targibot idoralari, maxsus maxkamalari bu xarakatni keng jamoatchilik orasida badnom etish maksadida unga “bosmachilik” degan tavki-la‘nat muxrini bosdilar. Aslida bu bilan uzlarining chinakam bosmachilik va boskinchilik niyatlarini xalkdan yashirmokchii buldilar. Ammo xalkning asl farzandlarini aldab bulmas edi. Madaminbekka uxshagan kishilar yangi mustamlakachilik tartibotini urnatib, maxalliy axolini siyosatdan, davlat ishlaridan chetda tutishga uringan kizil xokimiyatchilarning yovuz niyatlarini tezda paykab oldilar. “Bosmachilik” deb kizillar tomonidan ta‘riflangan xarakat talovchilik xarakati emas, balki siyosiy xarakat bulib, uning asosiy maksadi yerli xalklarning xokimiyatdagi uz urnini egallashga erishish, Turkistonni Rossiyadan ajratib olib uning uz mustakilligini ta‘minlash edi. Buning uchun esa birlashish, birlashish va yana birlashish zarur edi.
Ma‘lumki, 1918 yil boshlarida musulmon isyonchilar asosan Ergash kurboshi atrofida tuplangan edilar. Madaminbek Kukondagi armon dashnoklarining xunrezliklarini eshitib, usha paytda “amir al-muslimin” (musulmon kushinlari amiri) deb e‘tirof etilgan Ergash kurboshiga birlashish tugrisida taklif yubordi.
Ergash kurboshi sarkardalik va siyosiy saloxiyati jixatidan Madaminbekka nisbatan birmuncha cheklangan odam edi. Shu sababdan xam xamkorlikning dastlabki kunlaridanok Madaminbek va Ergashbek orasida kelishmovchiliklar boshlandi. Ergashbek Madaminbekni uziga sherik emas, balki rakib sifatida kura boshladi. Shu tarika, ma‘lum bir davrda Kukon va Margilondagi ozodlik kuchlari birlashish urniga rakobat yuliga utib ketdilar.
Kanday bulmasin, mustakillik uchun mustamlakachilik istebdodidan xalos bulish uchun maxalliy xalkning boshlagan kurashi kurolli xarakatga aylandi va ommaviy tus oldi. Turkiston xalklarining bu kurashi 30-yillarning urtalariga kadar gox goliblik, gox maglublik bilan davom etdi.
Maxalliy xalkning uz ozodligi va mustakilligi uchun kurash ma‘lum davrlarni bosib utdi va bular:
Birinchi davr, 1918 yil fevraldan 1925 yilga kadar bulgan 7 yilni uz ichiga olib, uch boskichga bulinadi.
I boskich - 1918 yil fevralidan 1920 yil martigacha - kurolli kurashning boshlanishi va uning ommaviy xalk xarakatiga aylanishi.
Bu yillarda mustakillik uchun kurashning avj olishiga Kichik Ergash katta Ergash va ayniksa Madaminbek kuchli ta‘sir kursatdilar.
II boskich - 1920 martidan 1922 yil oxirigacha istiklolchilik xarakatining eng keskin tus olgan davri. Xarakatga asosan Shermuxammadbek raxbarlik kildi.
III boskich - 1923-1924 yillarni uz ichiga olib, bu paytda istiklol uchun kurashning asta-sekin tarkalish xolati kuchli buldi.
Istiklolchilar xarakatining ikkinchi davri 1925-1935 yillardan iborat 10 yilni tashkil etib, Sovet xokimiyati istibdodiga karshi kichik-kichik karshilik kursatuvchi xarakatlardan iborat buldi. Istiklolchilar xarakatining bu xil davr va boskichlarga bulinishiga ushbu ma‘ruza matnlari mualliflari shu davr tarixi bilan yakindan shugullanuvchi tarixchi olim S.A‘zamxujaev va boshkalarning fikriga, asosan, kushiladilar.
Bu davrlarda bulib utgan xarbiy xarakatlar uzining strategiyasi va taktikasi jixatidan bir-biridan ajralib turadi.
Kurolli xarakat uz safidan yuzlab yulboshchilarni- kurboshilarni yetishtirib chikardi. Ular turli millatga, turli kasb-korga mansub bulgan kishilar bulib, ularni fakat bitta narsa: uz Vatanini ozod kilish, uni erkin xolda kurish istagi birlashtirdi. Bu xarakat rivojining ayrim davrlarida nom chikargan yetakchilari kichik va katta Ergashlar, Muxammad Aminbek (Madaminbek), Shermuxammadbek (SHermat), Ibroxim Lokay kurboshilar buldi. Ozodlik xarakatining uchinchi davriga kelib, Turkiston ulkasi buylab Shemuxammadbek, Xolxuja, Muxiddin, Omon Polvon, Raxmonkul, Islomkul, Soli Maxsum, Otakuzi, Yormat Maxsum, Axmad Polvon va boshka kupgina kurboshilar yetakchiligidagi otryadlar istiklol uchun kurashni davom ettirdilar.
Ma‘lumki,1920 yilning boshlariga kelib Fargona vodiysidagi istiklolchilar xarakati ancha pasayib kolgan edi. Usha yilning kuklamigacha “Islom lashkarlari” boshliklarining bir kismi Shuro xokimiyati tomoniga utgan edi. Ammo, asosiy kuchlar Turkistonni “kofirlardan”, gayridinlardan ozod kilishga, bu yurtni idora kilishni uz kullariga olishga karatilgan xarakatda avvalgidek katnashaverdilar. Ular Shuro xokimiyati va‘da kilgan xukukni talab kilib, uzlari uchun aloxida imtiyozlar kidirmay, uz mustakil milliy davlatiga ega bulish, millatning uz takdirini uzi belgilash xukukini ta‘minlash uchun kurashdilarki, bu - kurashning siyosiy maksadlar uchun olib borilganini kursatdi.
Istiklol uchun kurashuvchilar xar kanday sharoitda xam uzlarining muntazam maksadlaridan kaytishni lozim kurmadilar. Xatto Shuro xukumati tomoniga utganlarni avf etish e‘lon kilinganda xam ular uz maksadlariga sodik koldilar. Bundan tashkari, Shurolar tomoniga utgan sobik “bosmachi”lardan tuzilgan Kizil Armiyaning milliy kismlarga nisbatan Shuro kumondonlari tomonidan ishonchsizlik mavjud edi, xarbiy xodimlar kurol-aslaxa, kiyim-kechak bilan ta‘minlashlariga panja orasidan karar edilar.
1920 yilning kuziga kelib Rossiyada fukarolar urushi asosan tugadi. Turkistonda xam fukarolar urushinig frontlari tugatildi. Birok mustakkilik, milliy istiklol uchun xarakat uchogi bulgan Fargona vodiysida tinchlikni karor topishi uchun xam uzok vakt bor edi. Mustakillik uchun boshlangan xarakatni, istiklol xarakatini bostirish mumkin bulmadi. Bu xarakat yana kup yillar davom etdi.

Tekshiruv savollari:



  1. “SHuroi Islomiya” tashkiloti kachon tuzilgan va uning maksadi nima edi?

  2. “Turkiston Muxtoriyati” xukumati kachon tashkil topdi va uning takdiri nima buldi?

  3. Istiklolchilar xararakati kachon boshlandi va bu xarakat kanday boskichlarni bosib utdi.

  4. Istiklolchilar xarakatining yulboshchilari tugrisida ma‘lumot bering.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling