¤збекистон республикаси олий ва ¤рта
Zanjirli ikki ipli baxya katorlari
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
trikotaj mahsulotlarini tikish texnologiyasi
3.4. Zanjirli ikki ipli baxya katorlari
Zanjirli ikki ipli bahyalar matoning bir tarafida punktir chizig`ini, ikkinchi tarafida esa ustki va ostki iplardan tashkil topgan zanjirni hosil qiladi. Ustki A igna ipi (Rasm - 3.4.1.) tikilanayotgan mato orasidan P halqa ko’rinishida o’tadi, so’ng mato ostidan halqa iluvchi yordamida ostki B ipni P 1 halqasiga kiritiladi. Shundan so’ng igna ipining yangi P 2 halqasi matoning orasidan o’tkaziladi va ostki ipni P 1
halqasiga kiritadi, ya’ni bahya hosil qilish jarayoni qaytariladi. Ikki ipli zanjirli bahya ham bir ipli zanjirli bahyaga o’xshab bahya hosil qilish yo’nalishiga teskari yo’nalishda so’tiladi. Agar B va A iplarining uchlari navbatma - navbat tortilsa va ikkala ip bir vaqtning o’zida tortilsa, bahyalar so’tilmaydi.
Ustki ip uzilganda bahya qator ip uzilgan joyida so’tilmaydi. Agar ostki ip uzilsa, o’sha uzilgan joyda igna halqasi bo’shagandan keyin ostki ipni tortib, bahya hosil qilishga teskari yo’nalishda bahya qatorni so’tib yuborish mumkin.
Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, zanjirli ikki ipli bahya zanjirli bir ipli bahyaga qaraganda kam so’tiluvchanlikga ega bo’ladi.
Ikki zanjirli chok bir iplikka o’xshab ko’ndalang yo’nalishda cho’ziladi. Bir qator izlanishlar ko’rsatkichlariga qaraganda zanjirli ikki ipli bahya qatorni 27
uzilmasdan uzayishi 30-35% gacha borishi mumkin. Bu bahya qatorini uzilishgacha bo’lgan pishiqligi mokkili bahya qatorga qaraganda ikki barobar ko’p.
Zanjirli ikki ipli bahya qatorga, mokkili bahya qatorga sarf bo’ladigan ipdan ikki barobar ko’p ip sarf bo’ladi.
Zanjirli ikki ipli bahya tayyor usulda to’qilgan buyumlarni, qo’lqop mahsulotlarini tikishda, hamda buyumlarga kashta tikishda ham qo’llaniladi. Bu erda shuni e’tiborga olish kerakki, matoni bir tarafida, halqa iluvchini iplari uch qatorga joylashadi. Bu esa qo’pol va qalin bo’lishiga olib keladi. Chokni ingichkalashtirish uchun halqa iluvchiga paxta kalava ipi o’tkaziladi. Bunda chok yumshoq bo’ladi.
Rasm - 3.4.1. Ikki ipli zanjir baxya qatorlar
|
ma'muriyatiga murojaat qiling