4. BAXYA VA BAXYA KATORLAR, ULARDAGI IP SARFI
4.1. Yassi baxyalar va baxya katorlar
Yassi bahyalar ikkita, uchta, to’rtta ignalar va bitta yoki bir nechta halqa
iluvchilar bilan hosil qilinishi mumkin.
Ikki ignali uch ipli yassi bahyalarda (Rasm - 3.2.3., a) ikkita ustki A va B
igna iplari mato orasidan o’tadilar, matoni ostki sirtida ostki V ip (halqa iluvchini
ipi) ikkala igna ipi boylab igna halqalariga kiradi. Matoni ostki tomonidan bu
bahya qator ikkita punktir chizig`i ko’rinishiga ega bo’ladi. Ostki tomonida esa
halqa iluvchi ipini halqalari zigzagsimon ko’rinishida bo’ladi va igna ipi halqalari
ko’rinar - ko’rinmas bo’ladi. Agar mashinada bitta ignali uch ipli bahya
ko’ndalang yo’nalishda katta cho’ziluvchanlikka ega bo’lmasa, buyumlarni pastki
qismlarini buklab tikishda qo’llasa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |