Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
Argentinaning ijtimoiy, iqtisodiy ahvoli
Download 211.5 Kb.
|
Argentina BMI
1.2. Argentinaning ijtimoiy, iqtisodiy ahvoli
1870 yilda Argentinaning katta hududida hammasi bo‘lib 2 mln aholi yashardi. Uzoq davom etgan ichki kurash, Paragvay bilan olib borilgan vayronagarchilik urushi (1870 yil martida) endigina tugagan mamlakat xarob holda edi. 1871 yilning boshida Argentinada sariq, bezgak epidemiyasi tarqaldi, tanijada Buyenos-Ayresning o‘zida 13.000 kishi o‘ldi, iqtisodiy hayot deyarli to‘xtab qoldi. Federalistlar (viloyatlarga keng muxtoriyat berish tarafdorlari) ning liberal doirasi vakili bo‘lgan Sarmento hukumati (1868-1874) ichki ahvolni barqarorlashtirishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 1872-yilda Buyenos-Ayresda milliy bank ochilishiga sharoit yaratdi. Sarmento prezidentligi davrida Argentinaga 300.000 kishi ko‘chib kelgan edi. Yevropadan kelgan kolonistlar imtiyozli shartlar bilan davlatdan yer olardilar. Uning davrida ko‘plab shaharlar, yo‘llar qurilib, kengaytirildi, maorif va fan tez rivojlana boshladi. 1873-yilda Argentinaga fuqarolik kodeksi qabul qilinib shu vaqtgacha sud muassasalarida hukm surib kelgan o‘zboshimchalik va tartibsizliklarga chek qo‘yildi. Cherkovning maorif va madaniyat sohasidagi ta’siri ham cheklab qo‘yildi. Katolik maktablarining ko‘pi yopildi. Ularning o‘rniga dunyoviy maktablar ochildi. Buyenos-Ayresda piyoda askarlar va harbiy dengiz maktabi ochilib harbiy ta’limga asos solindi. Yevropadan kelgan kolonistlar imtiyozli shartlar bilan davlatdan yer olardilar. Uning davrida ko‘plab shaharlar, yo‘llar qurilib, kengaytirildi, maorif va fan tez rivojlana boshladi. 1873-yilda Argentinaga fuqarolik kodeksi qabul qilinib shu vaqtgacha sud muassasalarida hukm surib kelgan o‘zboshimchalik va tartibsizliklarga chek qo‘yildi. Cherkovning maorif va madaniyat sohasidagi ta’siri ham cheklab qo‘yildi. Sarmentoning izdoshlari bo‘lgan prezidentlar – Adelyaneda (1874-1880), Roka (1880-1886) va Xuares (1886-1890) davrida reaksion kuchlar yana bosh ko‘tarib chiqdilar9. Hatto Adelyaneda hukumatiga ta’sir o‘tkazib uni o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Roka esa hokimiyatni pomeshchiklar manfaatini ko‘zlab boshqardi va ikki marta prezidentlikka saylandi. Uning davri davlat yerlarini talon- taroj qilish, tub aholi bo‘lgan hindularni shavqatsizlik bilan qirish va ularning yerlarini tortib olish davri bo‘ldi. 1876-yili immigratsiya va kolonizatsiya to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Qonunga ko‘ra hali aholi band qilmagan davlat yerlari 80 gektardan oshmaydigan uchastkalarga bo‘linib, monopolistlarga sotiladigan bo‘ldi. Bundan faqat katta puldorlar foydalandilar va yerlarni arzonga sotib olib chorvachilik xo‘jaliklari tashkil etdilar. Hindularni yerlaridan haydab ularni butunlay qirish jarayoni avj oldi. Hukumat hindularga qarshi 1872, 1878, 1879 va 1886-yillarda katta harbiy ekspeditsiyalar yubordi. Hindularning hosildor yerlari tortib olinib zobitlar va askarlarga bepul bo‘lib berildi. Askarlar o‘z yerlarini boylarga sotardilar. Mamlakatda tovar dehqonchiligi va chorvachiligi nihoyatda tez rivojlandi. 1870-yilda ekin maydonlari 1 mln gektarga yetmagan bo‘lsa, 1895-yilda 4,9 mln gektarga, 1908-yilda esa 16,3 mln gektarga yetdi. Argentina 1875-yilda chetdan bug‘don sotib olishni to‘xtatdi. 90-yillarda esa bug‘doy eksport qilish bo‘yicha dunyoda eng yirik davlatga aylandi. Yevropadan kelgan kolonistlar imtiyozli shartlar bilan davlatdan yer olardilar. Uning davrida ko‘plab shaharlar, yo‘llar qurilib, kengaytirildi, maorif va fan tez rivojlana boshladi. 1873-yilda Argentinaga fuqarolik kodeksi qabul qilinib shu vaqtgacha sud muassasalarida hukm surib kelgan o‘zboshimchalik va tartibsizliklarga chek qo‘yildi. Cherkovning maorif va madaniyat sohasidagi ta’siri ham cheklab qo‘yildi. Chorvachilik va qishloq xo‘jaligi hamma sohalarda tez rivojlandi. Go‘sht eksport qilish yil sayin o‘sdi. 1895-yilda 21,7 mln 1908-yilda qariyb 30 mln bosh qoramol bor edi. Qo‘ylar soni 1870-yili 40 mln bo‘lgan bo‘lsa, 1895-yilga kelib 78 mln dan oshdi10. Latin Amerikasi mamlakatlarining delegatlari AQSH dan qo‘rqqanligi va unda ishonchsizlik ko‘zi bilan qaraganligidan, AQSH ning Amerika davlatlari tamojniya uniyasini tuzishga qaratilgan harakati behuda ketdi. O‘zaro qulayliklar tug‘dirish masalasida ham umumiy bitimga kelinmadi. Go‘sht va don yetishtirishning o‘sishi bilan birga oziq-ovqat sanoatining yangi tarmoqlari – qand, vino, spirt ishlab chiqaradigan tarmoqlar paydo bo‘ldi. Fabrikalar 2 tadan 10 tagacha ishchi bo‘lgan yarim hustar korxonalar edi. 1887-yilda Buyenos-Ayresda 42-321 ishchiga ega bo‘lgan 10.349 fabrika mavjud edi. 1895-yili fabrikalar soni 8.439 taga yetdi. Ishchilar soni 73 ming kishiga yetib fabrikalar yirik korxonalarga aylantirildi. Argentina aholisi immigrantlar hisobiga ko‘paydi. 1870-yildan 1900-yilgacha yilgacha mamlakatga 2 mln dan ortiq kishi ko‘chib keldi. 1889-1890-yillarda qimmatchilik va mehnat sharoitining og‘irligi tufayli port ishchilari, temir yo‘lchilar, novvoylar, duradgorlar va boshqa ishchilar ish tashladilar. Namoyishchilar 8 soatlik ish kunini talab qildilar. 1895-yilda sotsialistik partiya tuzildi. Partiya 8 soatlik ish kunini diniy ta’limni bekor qilish, kasaba uyushmalarni birlashtirish va namoyishlarga ruxsat uchun kurash olib bordi. 18 yoshga to‘lgan erkak fuqarolarga (ruhoniy va harbiylardan tashqari) umumiy saylov huquqini berish to‘g‘risida qonun chiqardi. Iqtisodiy jihatdan Argentina urush arafasida Lotin Amerikadagi eng ilg‘or davlat edi. Urush yillarida Argentina betaraflikka rioya qilib dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini eksport qiluvchi yirik mamlakat bo‘lib qoldi. Bug‘doy eksport qilish yiliga 15-20 mln sentnerga yetdi. Makkajo‘xori eksport qilish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Argentinadan Yevropaga ko‘plab go‘sht va go‘sht mahsulotlari yetkazib berilar edi. To‘qimachilik, oyna, sement, metall ishlovchi va kemasozlik sanoatlari tez rivojlandi. Angliyaning 1914-yilda Argentinani tashqi savdosi ingliz monopoliyasi nazoratida edi. Angliyaning Argentinaga qo‘ygan kapitali qariyb 1,5 mln dollarga yetdi. Yevropadan kelgan kolonistlar imtiyozli shartlar bilan davlatdan yer olardilar. Uning davrida ko‘plab shaharlar, yo‘llar qurilib, kengaytirildi, maorif va fan tez rivojlana boshladi. 1873-yilda Argentinaga fuqarolik kodeksi qabul qilinib shu vaqtgacha sud muassasalarida hukm surib kelgan o‘zboshimchalik va tartibsizliklarga chek qo‘yildi. Cherkovning maorif va madaniyat sohasidagi ta’siri ham cheklab qo‘yildi. “Argentinaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli” sarlavhali ikkinchi faslni yakunlar ekanmiz, quyidagi asosiy xulosalarga keldik: XIX asr so‘nggi choragida mamlakatda bo‘lib o‘tgan urushlar katta ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar keltirib chiqargan, aholi soni kamayib ketgan va ikki millionga tushib qolgan. Hukumat inqirozi, xalq ommasining og‘ir ahvoli o‘sha davrning ayanch manzarasini ko‘rsatib beradi. Faqat prezident boshqaruviga o‘tilgach Sarmento hukumati islohotlari (bank, yer, maorif va fan, fuqarolik kodeksi va boshqa chora-tadbirlar) amalga oshirilgandan so‘ng mamlakatda ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Angliyaning 1914-yilda Argentinani tashqi savdosi ingliz monopoliyasi nazoratida edi. Angliyaning Argentinaga qo‘ygan kapitali qariyb 1,5 mln dollarga yetdi. Yevropadan kelgan kolonistlar imtiyozli shartlar bilan davlatdan yer olardilar. Uning davrida ko‘plab shaharlar, yo‘llar qurilib, kengaytirildi, maorif va fan tez rivojlana boshladi. 1873-yilda Argentinaga fuqarolik kodeksi qabul qilinib shu vaqtgacha sud muassasalarida hukm surib kelgan o‘zboshimchalik va tartibsizliklarga chek qo‘yildi. Cherkovning maorif va madaniyat sohasidagi ta’siri ham cheklab qo‘yildi. Ammo AQSH ning butun Lotin Amerikasiga shu jumladan, Argentinaga kirib kelishi uning ichki ishlariga aralashib mamlakatning iqtisodiy qaramlikka duchor qilishi ham aynan shu davrda sodir bo‘lgan edi. Bu hol Argentinaning hozirgi ahvoliga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmagan. Chunonchi, AQSH qanday bo‘lmasin bu o‘lkani o‘zining xom-ashyo manbasi va asosiy mahsulotlarini sotish uchun o‘zining bozoriga aylantirish siyosatini o‘tkazib kelganligidan Argentina garchi Lotin Amerikasidagi eng rivojlangan mamlakatlardan bo‘lsada sanoat uncha rivojlanmagan va bu sohada ishlab chiqarish samaralari nihoyatda kam. Argentina sanoati asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yetakchi tarmoq – oziq-ovqat (go‘sht, yog‘, un, vinochilik, konserva, qand-shakar) sanoati, to‘qimachilik, charm-poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Download 211.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling