Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


II BOB. ARGENTINANING IJTIMOIY SIYOSIY TARAQQIYOTI


Download 211.5 Kb.
bet8/18
Sana09.01.2022
Hajmi211.5 Kb.
#268808
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Argentina BMI

II BOB. ARGENTINANING IJTIMOIY SIYOSIY TARAQQIYOTI.

2.1. XIX asr oxiridagi islohotlar va ularning natijalari

1870 yilda Argentinaning juda katta xududida hammasi bo‘lib 2 million kishi yashardi. Uzoq davom etgan ichki kurash, Paragvay bilan olib borilgan va endigina tugagan (1870 yil martida) vayronagarchilik urushi mamlakatni xarob qilgan edi. 1871 yil boshida Argentinada sariq bezgak epidemiyasi tarqaldi, buning natijasida Buyenos-Ayresda 13 ming kishi o‘ldi, shaharning iqtisodiy hayoti esa vaqtincha deyarli to‘xtab qoldi. Lekin shu davrga kelib siyosiy osoyishtalikka erishilganligi, ichki janjal va urushlarning tugaganligi mamlakat taraqqiyoti uchun qulay faktor bo‘ldi.

Federalistlarning liberal doirasi vakili bo‘lgan Sarmento hukumati (1868-1874) ichki ahvolni normallashtirishda katta muvaffaqiyatlarga erishji. Atoqli jamoat arbobi pedagog va publisist Sarmento milliy sanoat taraqqiyotini rag‘batlantirdi. U idora qilgan davrda 1871 yilda Kordova shahrida ichki iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga yordam bergan birinchi milliy agrar sanoat ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 1872 yilda Buyenos-Ayresda milliy bank ochildi.

Sarmento hukumati Argentinaga immigrantlar kelishini rag‘batlantirdi. Yevropadan kelgan holonistlar imtiyozli shartlar bilan davlatdan yer olardilar. Sarmento prezidentlik qilgan davr ichida Argentinaga 300 mingga yaqin kishi ko‘chib kelgan edi13.

Sarmento davrida shaharlar, yo‘llar qurish ancha kengaytirildi, maorif va ilm olish esa tezroq rivojlana boshladi. 1873-yilda Argentinada Fuqarolik kodeksi qabul qilinib u shu vaqtgacha sudlarda va muassasalarda hukm surib kelgan o‘zboshimchalik va tartibsizliklarga chek qo‘ydi. Cherkovning maorif qa madaniyat sohasidagi qudrati ham cheklab qo‘yildi. Xususiy katolik maktablarini ko‘pi yopib qo‘yildi va ular o‘rniga dunyoviy maktablar, kutubxonalar, kasalxonalar ochildi, Buyenos-Ayresda piyoda askarlar va harbiy dengiz maktabi ochildi. Bu bilan mamlakatda harbiy ta’limga asos solindi.

“XIX asr oxiridagi islohotlar va ularning natijalari” sarlavhali to‘rtinchi faslni yakunlar ekanmiz, quyidagi asosiy xulosalarga keldik.

Argentinaning ancha kattagina hududida aholi nisbatan oz (2 mln) bo‘lib, bu mamlakatda olib borilgan ozodlik uchun kurashning ayanchli oqibatlaridan bir edi. Bundan tashqair urushlar davlatning iqtisodiy ijtimoiy ahvolini yomonlashtirdi va iqtisodiyotni vayron qildi. Kasalliklar juda ko‘p aholining (13000 kishi) yostig‘ini quritdi.

Shuning uchun ham Argentina hukumati bu halokatli ahvoldan chiqish uchun islohotlar yo‘lini tutdi. Natijada qisqa davrda (1868-1874 y) mamlakatda ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jumladan shaharlar kengaydi, yo‘llar qurildi, savdo rivojlandi. Milliy bank faoliyat yurgiza boshladi, maorif, fan-texnika, ta’lim tizimi ishlay boshladi. Bularning barchasi Argentinaning yanada yuksakroq bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.





Download 211.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling