Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
Download 211.5 Kb.
|
Argentina BMI
2.4. Ishchilar harakati
Argentina xalqining ahvoli juda og‘ir edi, eksport uchun mahsulot ishlab chiqarish o‘sishi bilan uning ahvoli yanada og‘irlashdi. Mamlakatda zarur oziq-ovqat mahsulotlari kartoshka, qand, sut mahsulotlari va hokazolar yetishmas edi. Mamlakat boyliklarini o‘z qo‘lida to‘plab olgan latifundiyachi pomeshchiklar va chet el kompaniyalari argentikaliklarni oziq-ovqat bilan ta’minlash haqida o‘ylamas edilar. Ular chet elda savdo sotiq qilib katta foyda olish payiga tushib olgan edilar. Argentinada qimmatchilik kuchayib barmoqda edi. Bir burda non izlab bu yerga kelgan immigrantlar ish topa olmay qora chaqa topish uchun kunbay ishlashga majbur edilar. Proletariatning ahvoli bundan ham og‘ir edi. Korxonadagi ish kuni xo‘jayinning xohishi bilan belgilanar edi, yoki “firma traditsiyalari va odatlari bo‘yicha” belgilanardi. Argentina ishchilari qashshoqlik va muhtojlikda yashardilar. Shuning uchun Argentinada 70-yillarning boshidanoq ishchilar harakati vujudga kela boshladi. Dastlabki ishchi soyuzlari va tashkilotlari asosan immigrantlarniki (italyan, nemis, fransuz kasaba soyuzlari) edi. Yevropadan kelgan kolonistlar imtiyozli shartlar bilan davlatdan yer olardilar. Uning davrida ko‘plab shaharlar, yo‘llar qurilib, kengaytirildi, maorif va fan tez rivojlana boshladi. 1873-yilda Argentinaga fuqarolik kodeksi qabul qilinib shu vaqtgacha sud muassasalarida hukm surib kelgan o‘zboshimchalik va tartibsizliklarga chek qo‘yildi. Cherkovning maorif va madaniyat sohasidagi ta’siri ham cheklab qo‘yildi. 1871-1875 yillarda Buyenos-Ayresda, Kordovada va boshqa shaharlarda ishchilar harakati seksiyalari bo‘lgan ishchilar shirkati mavjud edi. Ulardagi a’zolar soni 500-550 kishidan oshmas edi va o‘zining rahbar organi bo‘lgan Federal sovet orqali Buyenos-Ayresdagi Bosh soveti bilan aloqa bog‘lab turardi. Argentinada ishchi jamiyatlarning rahbarlari Raymond Vilmar va Emil Flesh boshqa shaharlar va mamlakatlar ishchi rahbarlari bilan xat yozishib turardilar. Ishchi jamiyatlarning aktiv ishtiroki bilan Argentinada g‘isht teruvchilar, duradgorlar, novvoylar, binokorlar va tikuvchilar kasaba soyuzlari tuzilgan edi18. Ishchilar shirkati Argentina, Urugvay va Chilida marksistik adabiyotlar tarqatishda katta rol o‘ynadilar. Ular Argentina ishchilari ongini o‘sishiga va proletariat ahvolini yaxshilashga qaratilgan Jabastovka harakatini yuksalishiga yordam berdilar. 1878 yilda eng yirik va keksa kasaba soyuzi bo‘lgan “Bosmaxona ishchilar soyuzi” ish kunini 12 soatdan 10 soatgacha qisqartirishni talab qilib birinchi stachka (ish tashlash) uyushtirdi. Ishchilarning bu chiqishlaridan so‘ng boshqa chiqishlari ham boshlanib ketdi. Temir yo‘l ishchilarining bir qator Jabastovkalaridan so‘ng, 1887 yilda “Mashinistlar va kochegarlar birodarligi” kasaba soyuzi tashkil qilindi. Bu kasaba soyuzi ham boshqa kasaba soyuzlari kabi yarim sexchilik xarakteriga ega edi. Qora ishchi temir yo‘lchilar, mashinistlar va kochegarlar soyuziga qabul qilinmas edi, biroq kasaba soyuzi ish tashlashlarda qatnashishga barcha temir yo‘lchi ishchilarni jalb qilardi. 1889-1890 yillarda qimmatchilikni kuchayishi va mehnat sharoitining og‘irlashishi negizida port ishchilari, temir yo‘lchilar, novvoylar, duradgorlar va boshqa ishchilar ish tashlashdi. 1890 yilda Buyenos-Ayres ishchilari 1-may bayramini o‘tkazdilar. Namoyishchilar 8 soatlik ish kunini talab qildilar. Buyenos-Ayres ko‘chalarila birinchi marta: “Butun dunyo proletarlari birlashingiz!” – degan ishchilarga qaratib aytilgan chaqiriq paydo bo‘ldi. Namoyish tashkil qilganlardan biri nemis immigranti revolyutsioner Avgust Kun edi. U keyinchalik Argentina ishchilar harakatida juda katta rol o‘ynadi. 1895 yil mamlakatda 24 ming ishchi ish tashladi. Proletariatning ahvoli bundan ham og‘ir edi. Korxonadagi ish kuni xo‘jayinning xohishi bilan belgilanar edi, yoki “firma traditsiyalari va odatlari bo‘yicha” belgilanardi. Argentina ishchilari qashshoqlik va muhtojlikda yashardilar. Shuning uchun Argentinada 70-yillarning boshidanoq ishchilar harakati vujudga kela boshladi. Dastlabki ishchi soyuzlari va tashkilotlari asosan immigrantlarniki (italyan, nemis, fransuz kasaba soyuzlari) edi. Argentinada ishchilar harakati asosan Yevropadan olib kelingan anarxistik va prudonistik g‘oyalar ta’siri ostida tarkib topdi. Ammo 80-yillarning boshidan markistik g‘oyalar ham keng tarqala boshladi. 1896 yili Argentinada sotsialistik partiya tuzildi. Partiya dastlabki davrda 8 soatlik ish kuni, diniy ta’limni bekor qilish, yagona progressiv soliq joriy qilish, ishchilarning kasaba soyuzlariga birlashishiga erkinlik berish va Jabastovka kurashiga ruxsat berish uchun kurash olib borib katta progressiv rol o‘ynadi. Sotsiologik partiyaning atoqli ba’zi rahbarlari (Xose Inxeneros, German Myuller, Avgust Kun va German Lalman) Argentinada marksistik adabiyotlarni tarqatishni uyushtirdilar. 1898 yilda partiyani raisi Xuan B.Xusto rahbarligi ostida “Kapital” asari ispan tiliga tarjima qilindi. Biroq 1904 yilda bo‘lib o‘tgan o‘zining VI syezdidayoq partiya islohotlar va kelishmovchilik yo‘lini tanladi19. Ishchilarning revolyutsion siyosiy kurashiga hali vaqt erta deb e’lon qilindi. Asosiy kurash vositasi sifatida iqtisodiy Jabastovka e’tirof qilindi. 1908 yili sotsialistik partiya rahbarlari yagona kasaba soyuzi markazini tashkil qilish taklifini rad qildi va “kasaba soyuzlarning siyosiy jihatdan neytralligi” haqidagi shiorni maydonga tashladi. Argentina rahbarlari borgan sari ishchilar ommasi bilan aloqani yo‘qota bordilar. Ishchilar harakatida anarxistlar va anarxo-sindikalistlar faoliyat ko‘rsata boshladi. Ishchilar harakati o‘sishi bilan burjuaziyaning siyosiy tashkilotlari ham vujudga kela boshladi. 1889 yil milliy burjuaziyaning progressiv elementlari radikal partiyani tashkil qildilar. U 1890 hamda 1893 yillarda mamlakatni idora qiluvchi konservativ-katolik partiya vakillaridan iborat reaksion to‘dalarga qarshi ko‘tarilgan muvaffaqiyatsiz chiqqan qo‘zg‘alonlarga bosh bo‘ldi. Bitiruv malakaviy ishimizning “Ishchilar harakati” sarlavhali yettinchi faslini yakunlar ekanmiz, quyidagi asosiy xulosalarga keldik: Biz o‘rganayotgan jahon tarixining yangi davri (1640-1918 yillar) da Argentina aholisining ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘lgani oziq-ovqat yetishmagan, kun kechirish qiyinlashgan ayniqsa ishchilar ahvoli ayanchli edi. Natijada mamlakatda ishchilarning chiqishlari avj olgan. Argentina ishchilariga yana bir xususiyat shuki, mamlakatda ishchilar tashkilotlari (“Ishchilar shirkati”, “Bosmaxona ishchilari ittifoqi”, “Mashinistlar kochegarlar birodarligi” kabilar) vujudga keldi. Ammo, ular asosan kasaba uyushmalari tipidagi ishchilar ittifoqi bo‘lgan. Qishloq xo‘jaligiga kapitalistik munosabatlar kirib kela boshladi, milliy burjuaziya va ishchilar sinfi vujudga keldi, savdo-sotiq vujudga keldi. Buning natijasida aholi soni ham oshdi. Ammo hali aholining ko‘p qismi (70% dan ortig‘i) qishloqlarda yashar edi, bu hol Argentina davlati XIX asr oxiri XX asr boshlarida agrar mamlakat ekanligini ko‘rsatar edi. Shuning uchun ham biz oldingi faslda ko‘rsatganimizdek, asosan, qishloq xo‘jaligi mamlakati bo‘lib qolgan edi. Sanoati asosan qishloq xo‘jaligi xom-ashyosini qayta ishlashga moslashtirilgan. Hozirgi paytda qishloq xo‘jaligida chorvachilik mahsulotlari, don va moyli ekinlar yetishtiriladi. Yirik yer egaligi rivojlangan. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i – g‘allachilikdir. Bug‘don, makkajo‘xori, javdar, suli, arpa, texnika ekinlaridan – kungaboqar, zig‘ir, paxta yetishtiriladi. Muhim em-xashak ekini – beda ekiladi. Bog‘dorchilik – tokchilik rivojlangan. Qimmatbaho – kebracho daraxti ko‘plab ekiladi, undan dubul ekstrakti tayyorlanadi20. Ishchilar harakatining Argentinaga xos xususiyatlaridan biri shuki, mamlakat ishchilar harakati xalqaro ishlar harakati bilan bog‘langan, ammo ancha zaif bo‘lib, g‘oyaviy jihatdan G‘arbiy Yevropacha nazariyalar ta’sirida edi. Bu faslga taalluqli yana bir xulosa shuki, Argentina milliy burjuaziyasining ham siyosiy tashkilotlari vujudga kela boshlagan edi. Bu milliy burjua partiya hokimiyat uchun kurash olib borish bilan birga ichki reaksiya kuchlari (konservativ katolik partiyalari vakillari) ga qarshi turganlar. U 1890 hamda 1893 yillarda mamlakatni idora qiluvchi konservativ-katolik partiya vakillaridan iborat reaksion to‘dalarga qarshi ko‘tarilgan muvaffaqiyatsiz chiqqan qo‘zg‘alonlarga bosh bo‘ldi. Bitiruv malakaviy ishimizning “Ishchilar harakati” sarlavhali yettinchi faslini yakunlar ekanmiz, quyidagi asosiy xulosalarga keldik: Biz o‘rganayotgan jahon tarixining yangi davri (1640-1918 yillar) da Argentina aholisining ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘lgani oziq-ovqat yetishmagan, kun kechirish qiyinlashgan ayniqsa ishchilar ahvoli ayanchli edi. Natijada mamlakatda ishchilarning chiqishlari avj olgan.
Download 211.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling