Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
Argentina 1-jahon urushi arafasida va urush yillarida
Download 211.5 Kb.
|
Argentina BMI
2.5. Argentina 1-jahon urushi arafasida va urush yillarida
Latin Amerikasi mamlakatlarining delegatlari AQSH dan qo‘rqqanligi va unda ishonchsizlik ko‘zi bilan qaraganligidan, AQSH ning Amerika davlatlari tamojniya uniyasini tuzishga qaratilgan harakati behuda ketdi. O‘zaro qulayliklar tug‘dirish masalasida ham umumiy bitimga kelinmadi. Yevropadan kelgan kolonistlar imtiyozli shartlar bilan davlatdan yer olardilar. Uning davrida ko‘plab shaharlar, yo‘llar qurilib, kengaytirildi, maorif va fan tez rivojlana boshladi. 1873-yilda Argentinaga fuqarolik kodeksi qabul qilinib shu vaqtgacha sud muassasalarida hukm surib kelgan o‘zboshimchalik va tartibsizliklarga chek qo‘yildi. Cherkovning maorif va madaniyat sohasidagi ta’siri ham cheklab qo‘yildi. Birinchi jahon urushi natijasida Yevropa eksporti kamayganligi tufayli Argentina milliy iqtisodiyoti gurkirab rivojlana boshladi. Bu hodisa, o‘z navbatidа, mamlakat eksportining o‘sishiga xizmat qildi. Chunonchi, Argentina bug‘doy eksport qilish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa (Kanadadan so‘ng), go‘sht mahsulotlari eksporti bo‘yicha esa birinchi o‘ringa chiqdi. Uning asosiy savdo hamkorlari Buyuk Britaniya va AQSH edi. Xususan, 1920-yilda Buyuk Britaniya va Argentina o‘rtasida savdo ayirboshlashi 817 mln. pesoni, AQSH bilan esa 726 mln pesoni tashkil etdi. Biroq Braziliya bo‘lganidek, Argentina iqtisodiyotidagi o‘sish ham uzoq davom etmadi. 1920-1921-yillardagi iqtisodiy inqiroz mamlakat iqtisodiyotiga katta talofat yetkazdi. Davlat subsidiyasi asosida ishlayotgan korxonalarda ishlab chiqarish to‘xtab qoldi. Ayni paytda inqiroz Argentinada ish yuritayotgan chet el korxonalari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi. Chunki ularning moliyaviy ahvoli yaxshi edi. Bu hodisa 1920-1921-yillardagi iqtisodiy inqirozning o‘ziga xos xarakterli belgisi edi. Inqiroz ichki siyosiy vaziyatni murakkablashtirdi. Radikal-fuqaro ittifoqi partiyasi vakili Prezident I.Irigoyyen hukumati (1916-1922) islohatlar yo‘li bilan siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga urindi. Xususan, talabalar tashabbusi qondirilib, universitetlar faoliyati demokratik asosda qayta qurila boshlandi. Bundan tashqari, yirik yer egalarining qudratini cheklashga kirishildi. Hukumat mehnat qonunchiligi sohasida, ayniqsa, jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, 8 soatlik ish kuni, haftada 1 kunlik dam olish kuni, ishchilarga ta’til berish, ish haqining eng kam miqdori joriy etildi. I.Irigoyyen hukumati o‘tkazgan islohatlarda izchillik ta’minlanmagan bo‘lsa-da, islohatlar ko‘lami va mazmuni hukmron tabaqalarni tashvishga solib qo‘ydi. Ular mamlakat armiyasi orasida hukumatga qarshi tashviqotni kuchaytirdilar. 1922-yilda o‘tkazilgan prezident saylovida radikal partiyaning boshqa bir vakili M.Alveor (1922-1928) g‘alab qozondi. U yangi tuzgan hukumati tarkibiga harbiylar vakillarini ham kiritdi. 1923-yilda Argentina iqtisodiyotida yana jonlanish yuz berdi. Biroq iqtisodiyotda ko‘zlangan maqsadga erishilmadi. Buning sababi mamlakat qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining jahon bozoriga qaramligi edi. 1925-yildan boshlab jahon bozorida narx-navoning pasayishi mamlakat moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 1927-yilda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida yana I.Irigoyyen (1928-1930) g‘alaba qozondi. Hukumat amalga oshirgan eng katta tadbir neft sanoatining milliylashtirilishi bo‘ldi. Bu hodisa yirik sarmoyadorlar hamda chet el monopoliyalari manfaatiga berilgan katta zarba edi. Ular endi davlat to‘ntarishi o‘tkazishga qaror qildilar. 1930-yilning 6-sentabr kuni general Xose F. Uriburu boshchiligida davlat to‘ntarishi o‘tkazildi. F.Uriburu o‘zini vaqtincha Prezident deb e’lon qildi. Yangi hukumat mamlakat Kongressini tarqatib yubordi, 8 soatlik ish kunini bekor qildi. Mamlakatda qamal holatini joriy etildi. Matbuot uchun qattiq senzura tartibi o‘rnatildi. Mamlakat neft sanoatini milliylashtirish haqidagi qaror bekor qilindi. General F.Uriburu mamlakatni noqonuniy ravishda uzoq boshqarishi mumkin emas edi. Biroq u prezident saylovida g‘alaba qozona olmas ham edi. Chunki uning obro‘si yo‘q edi. Shuning uchun ham 1931-yilning noyabr oyida prezidentlikka boshqa general – P.Xusto (1932-1938) nomzodi qo‘yildi va u g‘alaba qildi. Yangi hukumat mamlakatda ish tashlashni man etish hamda qamal holati e’lon qilish haqidagi qonunlarni amalda joriy ettirdi. Iqtisodiyotda davlatning aralashuvi siyosati yuritildi. Tashqi siyosatda esa Buyuk Britaniya bilan yanada yaqinlashish yo‘li qo‘llanildi. Ayni paytda AQShga qaram bo‘lib qolmaslik, Lotin Amerikasida AQShning ta’siri kuchayib ketishining oldini olishga intildi. Shu maqsadda Argentina tashabbusi bilan Lotin Amerikasi davlatlari o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik va yarashuv to‘g‘risidagi shartnomani imzolandi. Shu shartnomaning mohiyatini to‘g‘ri anglab yetgan AQSH prezidenti F.Ruzvelt 1933-yilda Lotin Amerikasi davlatlari bilan munosabatda “yaxshi qo‘shnichilik” tamoyilini e’lon qildi. Ayni paytda AQSH ham yuqorida nomi tilga olingan shartnomani imzoladi. Bu shartnoma tarixga “Savedro Lamas pakti” nomi bilan kirdi. S.Lamas Argentina tashqi ishlar vaziri edi. Bu Argentina diplomatiyasining katta yutug‘i bo‘lgandi. Prezident P.Xusto davrida ham mamlakat ichki siyosiy haytida barqarolik ta’minlanmadi. Aksincha, fashizm xavfi vujudga keldi. 1938-yilgi prezident saylovida so‘l kuchlar birlikka erisha olmadilar. Natijada o‘ng kuchlar vakili Roberto Ortis (1938-1940) g‘alab qozondi. R.Ortis ichki siyosatda qisman bo‘lsa-da, konstitutsiyaviy tartiblarni tiklashga harakat qildi. Repressiya va terror to‘lqini pasaydi. Fashizm jilovlandi. Tashqi siyosatda esa AQSH bilan yaqinlashish yo‘li to‘sildi. Milliy islohotchilikning yetakchi kuchi milliy burjuaziya edi. Ular millatni iqtisoliy va ijtimoiy taraqqiyot hamda davlat suvirentetini mustahkamlash yo‘lida birlashishga da’vat etdilar. Milliy-islohotchilik harakatlari va partiyalarini tuzdilar. Milliy-islohotchilik harakati Argentinada katta quloch yoydi. Bu yerda u peronizm nomi bilan ataladi. Peronizm keyinchalik Argentina prezidentligiga saylangan general Xuan Domingo Peron nomidan olingan. D.Peron 1943-yilning 4-iyunida o‘tkazilgan davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga keldi. U Argentinaliklarni qaramlik, qoloqlikni tugatish va turli ijtimoiy tabaqalar hamkorligiga asoslangan adolatli jamiyat qurish yo‘lida jipslashishga chaqirdi. Imperializmni, oligarxiyani tanqid qildi. Qashshoqlarni himoya qilish zarurligini ta’kidladi. Millionlab aholi D.Peron timsolida o‘zlarining himoyachisi va homiysini ko‘rdilar. Argentinadagi kuchli uyushmasi – “Mehnat umumiy konfederatsiyasi” – uning tayanchi bo‘ldi. 1946-yilda D.Peron mamlakat prezidentligiga o‘tkazilgan saylovda g‘alab qozondi. D.Peron chuqur ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, ish haqi oshirildi. Umumiy pensiya ta’minoti va haq to‘lanadigan ta’til joriy etildi. Fuqarolarning ijtimoiy huquqlari 1949-yilda qabul qilingan yangi Konstitutsiyada mustahkamlanib qo‘yildi. Iqtisodiy siyosatda chet el kompaniyalariga qarashli mulklarni sotib olish yo‘lini qo‘lladi. Temir yo‘l, aloqa, Markaziy bank va boshqa muhim sanoat korxonalari milliylashtirildi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yillik rejasi ishlab chiqildi. Milliy sarmoya rag‘batlantirildi. Chetdan keltiriladigan mahsulotlarni Argentinaning o‘zida ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat tarmog‘ini yaratish siyosati yuritildi. Biroq 50-yillarning o‘rtalariga kelib vaziyat o‘zgardi. Eksport tovarlarining narxi pasayishi davlat daromadining pasayishiga olib keldi. Mamlakatda iqtisodiy o‘sish sur’ati ham pasaydi. Uni yuqori darajada saqlab turish uchun mablag‘ yo‘q edi. Valyuta zaxirasining katta qismi chet elliklarga qarashli kompaniyalarni sotib olishga sarflab qo‘yilgan edi. Bu hol boshlangan keng miqyosdagi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni chuqurlashtirish imkoniyatini cheklab qo‘ydi. Natijada mamlakatda chuqur norozilik kelib chiqdi. Demografik o‘zgarish qishloq aholisini ketishga majbur etdi. Natijada Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardayoq shahar aholisining soni qishloq aholisining sonidan oshib ketdi. Ayni paytda siyosiy hayotning markazi ham shaharga ko‘chdi. Mintaqa davlatlarining aksariyati milliy islohotchilik yo‘lini tanladi. Angliyaning 1914-yilda Argentinani tashqi savdosi ingliz monopoliyasi nazoratida edi. Angliyaning Argentinaga qo‘ygan kapitali qariyb 1,5 mln dollarga yetdi. Yevropadan kelgan kolonistlar imtiyozli shartlar bilan davlatdan yer olardilar. Uning davrida ko‘plab shaharlar, yo‘llar qurilib, kengaytirildi, maorif va fan tez rivojlana boshladi. 1873-yilda Argentinaga fuqarolik kodeksi qabul qilinib shu vaqtgacha sud muassasalarida hukm surib kelgan o‘zboshimchalik va tartibsizliklarga chek qo‘yildi. Cherkovning maorif va madaniyat sohasidagi ta’siri ham cheklab qo‘yildi. Iqtisodiy jihatdan Argentina urush arafasidayoq Lotin Amerikadagi eng ilg‘or davlatga aylangan edi. Sotsial-iqtisodiy tuzilishi qoloq bo‘lishiga yirik pomeshchik latifundiyalari mavjudligiga va chet el monopoliyalari hukmronlik qilishiga qaramay Argentina jahon ekonomikasi va savdosida ma’lum rol o‘ynadi. Urush yillarida Argentina betaraflikka rioya qilib dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini eksport qiluvchi yirik mamlakat bo‘lib qoldi. Bug‘doy chiqarish yiliga 15-20 million sentrnerga yetdi. Argentina makkajo‘xori eksport qilishda dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. 1914-18 yillarda har yili o‘rtacha 24,6 million sentrnerdan makkajo‘xori chiqarilardi. Argentinadan Yevropaga juda ko‘p kelinardi. Argentinani Yevropa sanoat bozoridan vaqtincha uzib qo‘ygan jahon urushi milliy sanoatning birmuncha o‘sishiga yordam berdi. To‘qimachilik, oyna, sement, metall ishlovchi va kemasozlik sanoatlari rivojlandi. Eski go‘sht korxonalari bor quvvati bilan ishlab turdi, yangilari qurildi. Bunda shu narsa xarakterli ediki, yirik va o‘rtacha korxonalarning uchdan ikki qismi Buyenos-Ayres yirik kapitalistik yirtqich shahar, ishchilar sinfi va dehqonlarni ekspluatatsiya qilish markazi bo‘lib qolgan edi. Argentina sanoatida band bo‘lganlarning umumiy soni 1246 ming kishiga yetgan edi. Bundan tashqari 120 mingga yaqin temir yo‘lchi, port ishchilari va binokor ishchilar bor edi. Argentina sanoati va transporti chet el kapitalining kontroli ostida edi. Uzunligi 25 ming kilometrdan oshiq bo‘lgan temir yo‘l tarmoqlari ingliz kompaniyalarining mulki edi. Oziq-ovqat sanoatining asosiy sohasi bo‘lgan go‘sht-xdodilonik sanoatida bir-biriga raqib bo‘lgan AQSH va Angliya trestlari xo‘jayinlik qilar edi. Britaniya kapitalistlariga katta yer maydonlari, yaylovlar va o‘rmonlar, to‘qimachilik hamda metallsozlik korxonalari shuningdek kommunal xo‘jaligining asosiy sohalari qarardi. Angliyaning solgan kapitali 1914 yilga kelib qariyb 1,5 milliard dollorga yetdi. Argentinaning tashqi savdosini ham ingliz monopoliyalari kontrol qilib turardi. Bu davrda garchi Argentina mustaqil bo‘lsa ham moliyaviy jihatdan Angliyaga qaram bo‘lib qolgan edi. Boshqacha qilib aytsak, Argentina burjuaziyasi ingliz burjuaziyasi bilan mahkam bog‘langan edi. London Liti bankerlari Argentinaga, iqtisodiy va siyosiy hayotiga juda katta ta’sir ko‘rsatardilar. Argentinaning mehnatkash ommasi ikki tomonlama zulm: mahalliy pomeshchiklar va kapitalistlar hamda chet el monopoliyalari zulmi ostida ezilardi. Argentina va chet el ekspluatorlari argentin mollariga talab o‘sishi bilan ish haqini ilgarigi darajasida qoldirganlari holda ishchilar mehnatini jadallashtirar, ish kunini uzaytirardilar. Ko‘pgina korxonalarda, ayniqsa viloyatlardagi korxonalarda ishchilar mehnatini jadallashtirar sutkasiga 10 soat va undan ko‘proq ishlardilar. Ishchilar ekspluatatsiya va zulmining kuchayishiga Jabastovka kurashi bilan javob berardilar21. 1907-1912 yillardayoq Jabastovkalarning dastlabki to‘lqini bo‘lib o‘tdi. 1912 yilda ishchilarning Jabastovka harakati juda kuchli bo‘ldi. Ayni bir vaqtda dehonlarning g‘alayonlari ham boshlanib ketdi. Mamlakatda dehqonlarning birinchi lekin yirik tashkiloti – Argentina agrar federatsiyasi (1912 y) tuzildi. U soliqlarni ijara haqini kamaytirishni agrar reforma o‘tkazishni talab qilib chiqdi. Ommaning tazyiqi bilan hukmron yuqori tabaqalar sotsial va siyosiy xarakterga ega bo‘lgan ba’zi yon berishlarga majbur bo‘ldi. 1912 yili yashirin ovoz berish to‘g‘risida qonun chiqarildi. Hukmron yuqori tabaqalardan tortib olingan bu reforma hatto progressiv ahamiyatga ega bo‘ldi. Xalqning so‘llashuvi va 1912 yilgi saylov qonuni burjua radikal partiyasiga 1916 yilgi parlament va prezident saylovlarida g‘alaba qozonish imkoniyatini berdi. Radikallarning og‘ir iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun hech nima qilmadi. Jabastovka harakati o‘sib bormoqda edi. 1917 yili Argentinada 136 ming ishchi qatnashgan edi, 138 ta yirik Jabastovka bo‘lib o‘tdi. Shu vaqtga kelib anarxizmni ishchilar orasidagi ta’siri tugab borayotgan edi. Ishchilar ilg‘or markizm ideologiyasiga intilmoqda edilar. 1910, 1913 yillardagi parlament saylovlari va munitsial saylovlarda katta muvaffaqiyatga erishgan sotsialistik partiya reformizm botqog‘iga botib bormoqda edi. Shu sababli sotsialistik partiya saflarida rahbarlarning militaristik yo‘l tutishi natijasida 1915 yildayoq ajralish yuz bera boshladi. “Argentina 1-jahon urushi arafasida va urush yillarida” sarlavhali so‘nggi faslni xulosalar ekanmiz, quyidagi holatlarni qayd etamiz. Argentina urush arafasida Lotin Amerikasi mamlakatlari orasida eng rivojlangan davlatga aylangan edi. Garchi Argentina iqtisodiyoti jahondagi eng rivojlangan davlatlar (AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya va boshqalar) singari mavqega ega bo‘lmasada, jahon savdosi va iqtisodiyotida ma’lum rol o‘ynadi. Urush yillarida Argentina betaraf davlat sifatida faoliyat yuritib, asosan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari: oziq-ovqat, go‘sht va sut mahsulotlari yetkazib bergan. Poytaxt Buyenos-Ayres yirik sanoat markaziga aylandi, temir yo‘lchilar, port ishchilari, binokor ishchilar va boshqa tarmoq mehnatkashlari jamlangan edi. Ularning ahvollari nihoyatda og‘ir bo‘lib, ishchi harakatlari ham aynan poytaxtda boshlanar va chekka hududlarga tarqalar edi. Lotin Amerikasidagi, shu jumladan, Argentinadagi ishchilarning ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘lgan. Ish haqlari nihoyatda past, ish sharoitlari juda yomon, hatto oilalarini boqishga ham kuchlari yetmagan. Ayniqsa hindular va negr (zanji) lar shafqatsizlarcha ishlatilgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan birinchi jahon urushiga qadar yerlarning asosiy qismi nomeshchik yer egalarining qo‘lida to‘plangan. Pomeshchiklar, yirik yer egalari va chet el kompaniyalari davlatga qarashli bo‘sh yerlarni egallay boshladilar, hududlarning esa yerlarini zo‘rlik bilan tortib olib, a’zolarini iqlimi og‘ir tog‘li joylarga surib chiqarganlar. Hindu ishchilari, yollanma batraklar arzimagan narsadan ayovsiz kaltaklarga va hatto o‘ldirib yuborilgan. Ayniqsa qullarning ahvoli og‘ir bo‘lib, ular ko‘z ko‘rib-quloq eshitmagan yo‘llar va usullarda ekspluatatsiya qilingan. Qullarni himoya qiladigan na bir qonun, na bir boshqa himoya bo‘lmagan. Lotin Amerikasining barcha mamlakatlarida pomeshchiklar va cherkov diktaturasi rejimi hukm surib kelgan. Hukmron sinflarning, yuqori tabaqalar va chet el monopoliyalari xizmatida bo‘lgan diktatorlar hokimiyati cheklanmagan edi. Ular vahshiyona shafqatsizlik bilan idora qilar, o‘zboshimchalik bilan konstitutsiyani sotar, yerlarni talon-taroj etib, xazina hisobidan boyib olardilar. Diktatorlar (kaydilar – “boshliq” lar) hokimiyat uchun bir-biri bilan olib borgan kurashi doimo bo‘lib turadigan isyon, fitna, to‘ntarishlar shaklida yuz berar edi. Bunday to‘ntarishlar natijasida mamlakatda hokimiyat bir to‘dadan ikkinchisiga o‘tar edi xolos. Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlab o‘tish kerakki, bir-biriga qarshi bo‘lgan bunday to‘dalar hech qachon hukmron yer egalariga qarshi chiqamaganlar22. Diktator-kaydilarning ko‘pchiligi ommani aldash maqsadida demagogiyadan foydalanib, xalqning ahvolini yengillatishga, mamlakatni ravnaq toptirishga va taraqqiyot yo‘lidan olib borishga va’dalar berganlar. Ulardan ba’zilari xalq ommasining chiqishlarini oldini olish maqsadida ayrim burjua-demokratik islohotlarni ham amalga oshirganlar, masalan, zulmni cheklovchi qonunlar chiqar- ganlar, maktab, kasalxona, tosh yo‘llar, ko‘priklar qurganlar. Shu bilan birga qayerda xalq harakati ko‘tarilsa, shafqatsiz bostirganlar. “Argentinaning mustaqillikka erishish va taraqqiy etishi” mavzusidagi ushbu bitiruv malakaviy ishimizni yakunlar ekanmiz, bu mamlakatning o‘tmishi va hozirgi tarixiga ham qisqa nazar tashlaymiz. Qadim zamonlarda Argentina hududida ko‘p sonli indeyes qabilalari yashagan bo‘lib, ular urug‘-jamoa munosabatlarida bo‘lganlar. Shimoliy-g‘arbda duagitlar, charrua va kerandilar eng rivojlangan hindu qabilalari bo‘lganlar. Ular o‘troq hayot kechirganlar, dehqonchilik, baliqchilik, ovchilik bilan shug‘ullanganlar. Shu bilan birga hunarmandchilik rangli metallarni eritish, to‘qimachilikni bilganlar. Shimoliy-sharq va markazda guaranlar, tapeslar, janubda araykanlar va patagonlar ko‘chib yurganlar. XVI asrning 1-yarmida bu hudud ispanlar tomonidan bosib olingan. Ispanlar bu o‘lkani Rio-de-La-Plata (ispancha kumush) deb ataganlar. Hudud qabilalari ko‘p marta mustamlakachilarga qarshi isyon ko‘targanlar, ammo bu qo‘zg‘olonlar shafqatsiz bostirilgan. Bu kurash 1580 yildan 1776 yilgacha davom etgan. 1776 yili hozirgi Argentina hududi Rio-de-La-Plata qirolligi atrofida birlashtirildi va Ispaniya hukmronligi uzil-kesil o‘rnatildi. Faqat XIX asr boshlarida general Xose San-Martin boshchiligida ozodlik harakati bilan Argentina ozodlikka va mustaqillikka erishdi. Birinchi jahon urushi natijasida Yevropa eksporti kamayganligi tufayli Argentina milliy iqtisodiyoti gurkirab rivojlana boshladi. Bu hodisa, o‘z navbatidа, mamlakat eksportining o‘sishiga xizmat qildi. Chunonchi, Argentina bug‘doy eksport qilish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa (Kanadadan so‘ng), go‘sht mahsulotlari eksporti bo‘yicha esa birinchi o‘ringa chiqdi. Uning asosiy savdo hamkorlari Buyuk Britaniya va AQSH edi. Xususan, 1920-yilda Buyuk Britaniya va Argentina o‘rtasida savdo ayirboshlashi 817 mln. pesoni, AQSH bilan esa 726 mln pesoni tashkil etdi. Biroq Braziliya bo‘lganidek, Argentina iqtisodiyotidagi o‘sish ham uzoq davom etmadi. 1920-1921-yillardagi iqtisodiy inqiroz mamlakat iqtisodiyotiga katta talofat yetkazdi. Davlat subsidiyasi asosida ishlayotgan korxonalarda ishlab chiqarish to‘xtab qoldi. Ayni paytda inqiroz Argentinada ish yuritayotgan chet el korxonalari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi. Chunki ularning moliyaviy ahvoli yaxshi edi. Bu hodisa 1920-1921-yillardagi iqtisodiy inqirozning o‘ziga xos xarakterli belgisi edi. Inqiroz ichki siyosiy vaziyatni murakkablashtirdi. Radikal-fuqaro ittifoqi partiyasi vakili Prezident I.Irigoyyen hukumati (1916-1922) islohatlar yo‘li bilan siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga urindi. Xususan, talabalar tashabbusi qondirilib, universitetlar faoliyati demokratik asosda qayta qurila boshlandi. Bundan tashqari, yirik yer egalarining qudratini cheklashga kirishildi. Hukumat mehnat qonunchiligi sohasida, ayniqsa, jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, 8 soatlik ish kuni, haftada 1 kunlik dam olish kuni, ishchilarga ta’til berish, ish haqining eng kam miqdori joriy etildi. I.Irigoyyen hukumati o‘tkazgan islohatlarda izchillik ta’minlanmagan bo‘lsa-da, islohatlar ko‘lami va mazmuni hukmron tabaqalarni tashvishga solib qo‘ydi. Ular mamlakat armiyasi orasida hukumatga qarshi tashviqotni kuchaytirdilar. 1922-yilda o‘tkazilgan prezident saylovida radikal partiyaning boshqa bir vakili M.Alveor (1922-1928) g‘alab qozondi. U yangi tuzgan hukumati tarkibiga harbiylar vakillarini ham kiritdi. 1923-yilda Argentina iqtisodiyotida yana jonlanish yuz berdi. Biroq iqtisodiyotda ko‘zlangan maqsadga erishilmadi. Buning sababi mamlakat qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining jahon bozoriga qaramligi edi. 1925-yildan boshlab jahon bozorida narx-navoning pasayishi mamlakat moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 1927-yilda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida yana I.Irigoyyen (1928-1930) g‘alaba qozondi. Hukumat amalga oshirgan eng katta tadbir neft sanoatining milliylashtirilishi bo‘ldi. Bu hodisa yirik sarmoyadorlar hamda chet el monopoliyalari manfaatiga berilgan katta zarba edi. Ular endi davlat to‘ntarishi o‘tkazishga qaror qildilar. 1930-yilning 6-sentabr kuni general Xose F. Uriburu boshchiligida davlat to‘ntarishi o‘tkazildi. F.Uriburu o‘zini vaqtincha Prezident deb e’lon qildi. Yangi hukumat mamlakat Kongressini tarqatib yubordi, 8 soatlik ish kunini bekor qildi. Mamlakatda qamal holatini joriy etildi. Matbuot uchun qattiq senzura tartibi o‘rnatildi. Mamlakat neft sanoatini milliylashtirish haqidagi qaror bekor qilindi. General F.Uriburu mamlakatni noqonuniy ravishda uzoq boshqarishi mumkin emas edi. Biroq u prezident saylovida g‘alaba qozona olmas ham edi. Chunki uning obro‘si yo‘q edi. Shuning uchun ham 1931-yilning noyabr oyida prezidentlikka boshqa general – P.Xusto (1932-1938) nomzodi qo‘yildi va u g‘alaba qildi. Yangi hukumat mamlakatda ish tashlashni man etish hamda qamal holati e’lon qilish haqidagi qonunlarni amalda joriy ettirdi. Iqtisodiyotda davlatning aralashuvi siyosati yuritildi. Tashqi siyosatda esa Buyuk Britaniya bilan yanada yaqinlashish yo‘li qo‘llanildi. Ayni paytda AQShga qaram bo‘lib qolmaslik, Lotin Amerikasida AQShning ta’siri kuchayib ketishining oldini olishga intildi. Shu maqsadda Argentina tashabbusi bilan Lotin Amerikasi davlatlari o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik va yarashuv to‘g‘risidagi shartnomani imzolandi. Shu shartnomaning mohiyatini to‘g‘ri anglab yetgan AQSH prezidenti F.Ruzvelt 1933-yilda Lotin Amerikasi davlatlari bilan munosabatda “yaxshi qo‘shnichilik” tamoyilini e’lon qildi. Ayni paytda AQSH ham yuqorida nomi tilga olingan shartnomani imzoladi. Bu shartnoma tarixga “Savedro Lamas pakti” nomi bilan kirdi. S.Lamas Argentina tashqi ishlar vaziri edi. Bu Argentina diplomatiyasining katta yutug‘i bo‘lgandi. Prezident P.Xusto davrida ham mamlakat ichki siyosiy haytida barqarolik ta’minlanmadi. Aksincha, fashizm xavfi vujudga keldi. 1938-yilgi prezident saylovida so‘l kuchlar birlikka erisha olmadilar. Natijada o‘ng kuchlar vakili Roberto Ortis (1938-1940) g‘alab qozondi. R.Ortis ichki siyosatda qisman bo‘lsa-da, konstitutsiyaviy tartiblarni tiklashga harakat qildi. Repressiya va terror to‘lqini pasaydi. Fashizm jilovlandi. Tashqi siyosatda esa AQSH bilan yaqinlashish yo‘li to‘sildi. Milliy islohotchilikning yetakchi kuchi milliy burjuaziya edi. Ular millatni iqtisoliy va ijtimoiy taraqqiyot hamda davlat suvirentetini mustahkamlash yo‘lida birlashishga da’vat etdilar. Milliy-islohotchilik harakatlari va partiyalarini tuzdilar. Milliy-islohotchilik harakati Argentinada katta quloch yoydi. Bu yerda u peronizm nomi bilan ataladi. Peronizm keyinchalik Argentina prezidentligiga saylangan general Xuan Domingo Peron nomidan olingan. D.Peron 1943-yilning 4-iyunida o‘tkazilgan davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga keldi. U Argentinaliklarni qaramlik, qoloqlikni tugatish va turli ijtimoiy tabaqalar hamkorligiga asoslangan adolatli jamiyat qurish yo‘lida jipslashishga chaqirdi. Imperializmni, oligarxiyani tanqid qildi. Qashshoqlarni himoya qilish zarurligini ta’kidladi. Millionlab aholi D.Peron timsolida o‘zlarining himoyachisi va homiysini ko‘rdilar. Argentinadagi kuchli uyushmasi – “Mehnat umumiy konfederatsiyasi” – uning tayanchi bo‘ldi. 1946-yilda D.Peron mamlakat prezidentligiga o‘tkazilgan saylovda g‘alab qozondi. D.Peron chuqur ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, ish haqi oshirildi. Umumiy pensiya ta’minoti va haq to‘lanadigan ta’til joriy etildi. Fuqarolarning ijtimoiy huquqlari 1949-yilda qabul qilingan yangi Konstitutsiyada mustahkamlanib qo‘yildi. Iqtisodiy siyosatda chet el kompaniyalariga qarashli mulklarni sotib olish yo‘lini qo‘lladi. Temir yo‘l, aloqa, Markaziy bank va boshqa muhim sanoat korxonalari milliylashtirildi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yillik rejasi ishlab chiqildi. Milliy sarmoya rag‘batlantirildi. Chetdan keltiriladigan mahsulotlarni Argentinaning o‘zida ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat tarmog‘ini yaratish siyosati yuritildi. Biroq 50-yillarning o‘rtalariga kelib vaziyat o‘zgardi. Eksport tovarlarining narxi pasayishi davlat daromadining pasayishiga olib keldi. Mamlakatda iqtisodiy o‘sish sur’ati ham pasaydi. Uni yuqori darajada saqlab turish uchun mablag‘ yo‘q edi. Valyuta zaxirasining katta qismi chet elliklarga qarashli kompaniyalarni sotib olishga sarflab qo‘yilgan edi. Bu hol boshlangan keng miqyosdagi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni chuqurlashtirish imkoniyatini cheklab qo‘ydi. Natijada mamlakatda chuqur norozilik kelib chiqdi. Demografik o‘zgarish qishloq aholisini ketishga majbur etdi. Natijada Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardayoq shahar aholisining soni qishloq aholisining sonidan oshib ketdi. Ayni paytda siyosiy hayotning markazi ham shaharga ko‘chdi. Mintaqa davlatlarining aksariyati milliy islohotchilik yo‘lini tanladi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizni yakunlar ekanmiz, Argentina davlatining umumiy tarixi, ya’ni o‘tmishi va hozirgi zamondagi jahonda tutgan o‘rni ham uning aloqalari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
Download 211.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling