Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
Qishloq xo‘jaligi va sanoatning o‘sishi
Download 211.5 Kb.
|
Argentina BMI
2.3. Qishloq xo‘jaligi va sanoatning o‘sishi.
Tovar dehqonchiligi va chorvachiligi nihoyat darajada tez taraqqiy qilib bordi. 1875-yilda Argentina bug‘doy sotib olishni to‘xtatib qo‘ydi. 90-yillarda esa dunyoda bug‘doyni eksport qiluvchi eng yirik mamlakatlardan biriga aylandi. Agar 1870-yili ekin maydonlari 1 million gektarga yetmagan bo‘lsa , 1895-yilda 4,9 million gektarga, 1908-yilda esa 16,3 million gektarga yetdi. Bug‘doy, makkajo‘xori va zig‘ir asosiy ekinlar bo‘lib qolaverdi. Chorvachilikning o‘sishi (ayniqsa qoramol va qo‘ylar sonini ko‘payishi) qishloq xo‘jaligi boshqa hamma sohalarining rivojlanishidan oldinda bordi. 1895 yilda Argentidana 21,7 million, 1908 yilda esa qariyb 30 million bosh qoramol bor edi. Go‘shtni eksport qilish yil sayin o‘sib bordi. O‘tgan asrning oxirigacha qo‘ylar ham juda ko‘payib bordi. 1870-yilda esa 78 million qo‘y bor edi. O‘tgan asrning keyingi choragida go‘sht va don yetishtirishning o‘sishi bilan birga oziq-ovqat sanoati va mahsuloti qayta ishlovchi sanoatning yangi tarmoqlari – qand, vino, spirt va hokazolar ishlab chiqaradigan yangi tarmoqlari paydo bo‘ldi. 1887 yili Buyenos-Ayresda 42321 ishchisi bo‘lgan 10349 ta fabrika bor edi. Fabrikalarning ko‘pchiligi 2 tadan 10 tagacha ishchisi bo‘lgan yarim kustar korxonalar edi. 1895 yilda fabrikalar soni 8439 taga qisqardi. Ammo ularning ko‘pchiligi o‘sha davrning yirik korxonalariga aylangan edi. Bu fabrikalardagi ishchilar soni 73 ming kishiga yetdi15. Qishloq xo‘jaligi tovar mahsulot ishlab chiqarishi va sanoatning o‘sishi bilan bir vaqtda aloqa vositalari takomillashdi va temir yo‘l tarmoqlari uzaydi. Argentina aholisi immigrantlar hisobiga ko‘paydi. 1870 yildan 1900 yilgacha mamlakatga 2 milliondan ko‘proq kishi ko‘chib keldi, lekin 1 milliondan oshig‘i pomeshchiklar qo‘lida batrak bo‘lib ishlashni istamay shaharlarda esa ish topa olmay Yevropaga qaytib ketdi. 1900 yilga kelib mamlakat portlari va shaharlarida aholi soni ancha o‘sganligiga qaramay umuman Argentina aholisi hali ham kam edi. Masalan Buyenos-Ayresda aholi soni 1870-yilda 180 ming kishidan 1904-yil 950 ming kishiga yetdi. Lotin Amerikasidagi siyosiy jihatdan mustaqil davlatlardan tashkil topish jarayoni 1870 yilga kelib, asosan, tugallangan edi. Ba’zi Lotin Amerikasi mamlakatlari chet el zulmiga – ispanlar va portugallarning mustamlakachilik siyosatiga qarshi uzoq vaqt qattiq kurash olib borish natijasida o‘z mustaqilliklarini saqlab qolib, ichki hayotda yuz bergan feodal anarxiyaga ham qarshi kurash davrini boshidan kechirib ma’lum darajada birlashishib olish va mustahkamlanib olishga erishdilar. Argentina, Meksika, Chili, Braziliya, Urugvay, Venesuyela, Kolumbiya ana shunday davlatlardan edi. Lotin Amerikasi davlatlari, shu jumladan, Argentina ham endigina kapitalistik taraqqiyot yo‘liga o‘tgan edi. Ularning iqtisodiyotida kapitalistik munosabatlar bilan birga feodal munosabatlar, qulchilik qoldiqlari va hatto hindularning juda sodda urug‘-qabilachilik jamoalari mavjud edi. Hayotning eski, o‘z umrini tugatayotgan shakllari va xo‘jalik ukladlari kapitalistik munosabatlarning o‘sishiga to‘sqinlik qilardi. Bu mamlakatlarning asriy qoloqligidan Angliya, Fransiya, AQSH va Germaniya kabi davlatlar foydalanib qoldilar. Latin Amerikasi mamlakatlarining va biz o‘rganayotgan Argentinaning iqtisodiyoti asta-sekin xorij monopoliyalari, birinchi navbatda Angliya va AQSH trestlari manfaatlariga bo‘ysuntirildi va o‘z mamlakatlari manfaatlarini ko‘zlagan holda rivojlanmasdan, Yevropa va AQSH bozorlarining talablari moslashib, juda sust, bir yoqlama rivojlandi. XIX asrning oxirlariga kelib Lotin Amerikasi mamlakatlari ingliz va amerikalik monopoliyalarga iqtisodiy qaram bo‘lib qoldilar. Argentina asosan dehqonchilik va chorvachilik mamlakati bo‘lib qolaverdi. Dehqonchilikda yetishtirilgan bug‘doy, makkajo‘xori, zig‘ir kabi texnika ekinlari asosan xorijga chiqarilgan va chet el kompaniyalarining talabini qondirgan. Chorvachilik qoramol va qo‘ylar boqilib go‘sht va ko‘p (teri) eksport qilingan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiradigan dehqonlarning aksariyati ijarachi batraklardan iborat bo‘lgan. Keyinchalik chet el kompaniyalari ularning yerlarini tortib oldilar, natijada yerdan mahrum bo‘lgan dehqonlar ishchilarga aylanganlar. Yeri borlari ham soliqlar va to‘lovlar natijasida g‘oyat og‘ir ahvolda edilar16. “Qishloq xo‘jaligi va sanoatning o‘sishi” sarlavhali oltinchi faslni xulosalab quyidagilarni alohida ko‘rsatamiz. 1875-1890 yillarda mamlakat qishloq xo‘jaligi o‘sdi. Bu davrda Argentina o‘z-o‘zini bug‘doy bilan ta’minladi va chetga bug‘doy eksport darajaga erishdi. Shu bilan birga chorvachilik, ya’ni go‘sht-sut mahsulotlari yetishtirish ham ko‘paydi. Eng muhimi Argentina qishloq xo‘jaligida mahsulotlarni qayta ishlaydigan sanoat jadallik bilan rivojlandi. Qishloq xo‘jaligiga kapitalistik munosabatlar kirib kela boshladi, milliy burjuaziya va ishchilar sinfi vujudga keldi, savdo-sotiq vujudga keldi. Buning natijasida aholi soni ham oshdi. Ammo hali aholining ko‘p qismi (70% dan ortig‘i) qishloqlarda yashar edi, bu hol Argentina davlati XIX asr oxiri XX asr boshlarida agrar mamlakat ekanligini ko‘rsatar edi. Birinchi jahon urushi natijasida Yevropa eksporti kamayganligi tufayli Argentina milliy iqtisodiyoti gurkirab rivojlana boshladi. Bu hodisa, o‘z navbatidа, mamlakat eksportining o‘sishiga xizmat qildi. Chunonchi, Argentina bug‘doy eksport qilish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa (Kanadadan so‘ng), go‘sht mahsulotlari eksporti bo‘yicha esa birinchi o‘ringa chiqdi. Uning asosiy savdo hamkorlari Buyuk Britaniya va AQSH edi. Xususan, 1920-yilda Buyuk Britaniya va Argentina o‘rtasida savdo ayirboshlashi 817 mln. pesoni, AQSH bilan esa 726 mln pesoni tashkil etdi. Biroq Braziliya bo‘lganidek, Argentina iqtisodiyotidagi o‘sish ham uzoq davom etmadi. 1920-1921-yillardagi iqtisodiy inqiroz mamlakat iqtisodiyotiga katta talofat yetkazdi. Davlat subsidiyasi asosida ishlayotgan korxonalarda ishlab chiqarish to‘xtab qoldi. Ayni paytda inqiroz Argentinada ish yuritayotgan chet el korxonalari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi. Chunki ularning moliyaviy ahvoli yaxshi edi. Bu hodisa 1920-1921-yillardagi iqtisodiy inqirozning o‘ziga xos xarakterli belgisi edi. Inqiroz ichki siyosiy vaziyatni murakkablashtirdi. Radikal-fuqaro ittifoqi partiyasi vakili Prezident I.Irigoyyen hukumati (1916-1922) islohatlar yo‘li bilan siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga urindi. Xususan, talabalar tashabbusi qondirilib, universitetlar faoliyati demokratik asosda qayta qurila boshlandi. Bundan tashqari, yirik yer egalarining qudratini cheklashga kirishildi. Hukumat mehnat qonunchiligi sohasida, ayniqsa, jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, 8 soatlik ish kuni, haftada 1 kunlik dam olish kuni, ishchilarga ta’til berish, ish haqining eng kam miqdori joriy etildi. I.Irigoyyen hukumati o‘tkazgan islohatlarda izchillik ta’minlanmagan bo‘lsa-da, islohatlar ko‘lami va mazmuni hukmron tabaqalarni tashvishga solib qo‘ydi. Ular mamlakat armiyasi orasida hukumatga qarshi tashviqotni kuchaytirdilar. 1922-yilda o‘tkazilgan prezident saylovida radikal partiyaning boshqa bir vakili M.Alveor (1922-1928) g‘alab qozondi. U yangi tuzgan hukumati tarkibiga harbiylar vakillarini ham kiritdi. 1923-yilda Argentina iqtisodiyotida yana jonlanish yuz berdi. Biroq iqtisodiyotda ko‘zlangan maqsadga erishilmadi. Buning sababi mamlakat qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining jahon bozoriga qaramligi edi. 1925-yildan boshlab jahon bozorida narx-navoning pasayishi mamlakat moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 1927-yilda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida yana I.Irigoyyen (1928-1930) g‘alaba qozondi. Hukumat amalga oshirgan eng katta tadbir neft sanoatining milliylashtirilishi bo‘ldi. Bu hodisa yirik sarmoyadorlar hamda chet el monopoliyalari manfaatiga berilgan katta zarba edi. Ular endi davlat to‘ntarishi o‘tkazishga qaror qildilar. 1930-yilning 6-sentabr kuni general Xose F. Uriburu boshchiligida davlat to‘ntarishi o‘tkazildi. F.Uriburu o‘zini vaqtincha Prezident deb e’lon qildi. Yangi hukumat mamlakat Kongressini tarqatib yubordi, 8 soatlik ish kunini bekor qildi. Mamlakatda qamal holatini joriy etildi. Matbuot uchun qattiq senzura tartibi o‘rnatildi. Mamlakat neft sanoatini milliylashtirish haqidagi qaror bekor qilindi. General F.Uriburu mamlakatni noqonuniy ravishda uzoq boshqarishi mumkin emas edi. Biroq u prezident saylovida g‘alaba qozona olmas ham edi. Chunki uning obro‘si yo‘q edi. Shuning uchun ham 1931-yilning noyabr oyida prezidentlikka boshqa general – P.Xusto (1932-1938) nomzodi qo‘yildi va u g‘alaba qildi. Yangi hukumat mamlakatda ish tashlashni man etish hamda qamal holati e’lon qilish haqidagi qonunlarni amalda joriy ettirdi. Iqtisodiyotda davlatning aralashuvi siyosati yuritildi. Tashqi siyosatda esa Buyuk Britaniya bilan yanada yaqinlashish yo‘li qo‘llanildi. Ayni paytda AQShga qaram bo‘lib qolmaslik, Lotin Amerikasida AQShning ta’siri kuchayib ketishining oldini olishga intildi. Shu maqsadda Argentina tashabbusi bilan Lotin Amerikasi davlatlari o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik va yarashuv to‘g‘risidagi shartnomani imzolandi. Shu shartnomaning mohiyatini to‘g‘ri anglab yetgan AQSH prezidenti F.Ruzvelt 1933-yilda Lotin Amerikasi davlatlari bilan munosabatda “yaxshi qo‘shnichilik” tamoyilini e’lon qildi. Ayni paytda AQSH ham yuqorida nomi tilga olingan shartnomani imzoladi. Bu shartnoma tarixga “Savedro Lamas pakti” nomi bilan kirdi. S.Lamas Argentina tashqi ishlar vaziri edi. Bu Argentina diplomatiyasining katta yutug‘i bo‘lgandi. Prezident P.Xusto davrida ham mamlakat ichki siyosiy haytida barqarolik ta’minlanmadi. Aksincha, fashizm xavfi vujudga keldi. 1938-yilgi prezident saylovida so‘l kuchlar birlikka erisha olmadilar. Natijada o‘ng kuchlar vakili Roberto Ortis (1938-1940) g‘alab qozondi. R.Ortis ichki siyosatda qisman bo‘lsa-da, konstitutsiyaviy tartiblarni tiklashga harakat qildi. Repressiya va terror to‘lqini pasaydi. Fashizm jilovlandi. Tashqi siyosatda esa AQSH bilan yaqinlashish yo‘li to‘sildi. Milliy islohotchilikning yetakchi kuchi milliy burjuaziya edi. Ular millatni iqtisoliy va ijtimoiy taraqqiyot hamda davlat suvirentetini mustahkamlash yo‘lida birlashishga da’vat etdilar. Milliy-islohotchilik harakatlari va partiyalarini tuzdilar. Milliy-islohotchilik harakati Argentinada katta quloch yoydi. Bu yerda u peronizm nomi bilan ataladi. Peronizm keyinchalik Argentina prezidentligiga saylangan general Xuan Domingo Peron nomidan olingan. D.Peron 1943-yilning 4-iyunida o‘tkazilgan davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga keldi. U Argentinaliklarni qaramlik, qoloqlikni tugatish va turli ijtimoiy tabaqalar hamkorligiga asoslangan adolatli jamiyat qurish yo‘lida jipslashishga chaqirdi. Imperializmni, oligarxiyani tanqid qildi. Qashshoqlarni himoya qilish zarurligini ta’kidladi. Millionlab aholi D.Peron timsolida o‘zlarining himoyachisi va homiysini ko‘rdilar. Argentinadagi kuchli uyushmasi – “Mehnat umumiy konfederatsiyasi” – uning tayanchi bo‘ldi. 1946-yilda D.Peron mamlakat prezidentligiga o‘tkazilgan saylovda g‘alab qozondi. D.Peron chuqur ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, ish haqi oshirildi. Umumiy pensiya ta’minoti va haq to‘lanadigan ta’til joriy etildi. Fuqarolarning ijtimoiy huquqlari 1949-yilda qabul qilingan yangi Konstitutsiyada mustahkamlanib qo‘yildi. Iqtisodiy siyosatda chet el kompaniyalariga qarashli mulklarni sotib olish yo‘lini qo‘lladi. Temir yo‘l, aloqa, Markaziy bank va boshqa muhim sanoat korxonalari milliylashtirildi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yillik rejasi ishlab chiqildi. Milliy sarmoya rag‘batlantirildi. Chetdan keltiriladigan mahsulotlarni Argentinaning o‘zida ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat tarmog‘ini yaratish siyosati yuritildi. Biroq 50-yillarning o‘rtalariga kelib vaziyat o‘zgardi. Eksport tovarlarining narxi pasayishi davlat daromadining pasayishiga olib keldi. Mamlakatda iqtisodiy o‘sish sur’ati ham pasaydi. Uni yuqori darajada saqlab turish uchun mablag‘ yo‘q edi. Valyuta zaxirasining katta qismi chet elliklarga qarashli kompaniyalarni sotib olishga sarflab qo‘yilgan edi. Bu hol boshlangan keng miqyosdagi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni chuqurlashtirish imkoniyatini cheklab qo‘ydi. Natijada mamlakatda chuqur norozilik kelib chiqdi. Demografik o‘zgarish qishloq aholisini ketishga majbur etdi. Natijada Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardayoq shahar aholisining soni qishloq aholisining sonidan oshib ketdi. Ayni paytda siyosiy hayotning markazi ham shaharga ko‘chdi. Mintaqa davlatlarining aksariyati milliy islohotchilik yo‘lini tanladi. Shuning uchun ham biz oldingi faslda ko‘rsatganimizdek, asosan, qishloq xo‘jaligi mamlakati bo‘lib qolgan edi. Sanoati asosan qishloq xo‘jaligi xom-ashyosini qayta ishlashga moslashtirilgan. Hozirgi paytda qishloq xo‘jaligida chorvachilik mahsulotlari, don va moyli ekinlar yetishtiriladi. Yirik yer egaligi rivojlangan. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i – g‘allachilikdir. Bug‘don, makkajo‘xori, javdar, suli, arpa, texnika ekinlaridan – kungaboqar, zig‘ir, paxta yetishtiriladi. Muhim em-xashak ekini – beda ekiladi. Bog‘dorchilik – tokchilik rivojlangan. Qimmatbaho – kebracho daraxti ko‘plab ekiladi, undan dubul ekstrakti tayyorlanadi17. Download 211.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling