Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Hindularni talash va pomeshchik yer egaligining kuchayishi


Download 211.5 Kb.
bet9/18
Sana09.01.2022
Hajmi211.5 Kb.
#268808
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Argentina BMI

2.2. Hindularni talash va pomeshchik yer egaligining kuchayishi

Sarmentoning izdoshlari bo‘lgan prezidentlar – Adelyayeda (1874-1880), Roka (1880-1886) va Xuares (1886-1890) lar davrida reaksion kuchlar yana bosh ko‘tarib chiqdi. Sarmento prezidentlik qilgan davrda mamlakat markaziy zonasidagi (Buyenos-Ayres, Santa-Fe Kordova va boshqa viloyatlar) kuch-qudrati sindirilmagan yirik pomeshchiklar Adelyayeda hukumatiga o‘z ta’sirlarini kuchaytirib uni o‘zlariga bo‘ysundirdilar va keyinchalik prezidentlarni o‘z oralaridan saylaydigan bo‘ldilar. Pomeshchiklar ko‘targan sovuq figuralardan biri general Roka bo‘lib u ikki marta prezidentlik lavozimini egallab turdi va XIX asrning keyingi butun choragi davomida va hatto 1906 yilga qadar Argentinaning siyosiy hayotiga ta’sir ko‘rsatib turdi.

Bu davr pomeshchiklari tomonidan davlat yerlarini talon-taroj qilish, Argentinaning tub aholisi bo‘lgan hindularni shavqatsizlik bilan qirish va ularning yerlarini tortib olish davri bo‘ldi.

1876-yilda immigrasiya va kolonizasiya to‘g‘risida qonun qabul qilindi, bu qonunga muvofiq hali aholi band qilmagan davlat yerlari 80 gektardan oshmaydigan uchastkalarga bo‘linib, kolonistlarga sotiladigan bo‘ldi. Biroq immigrantlarda pul bo‘lmaganligi, hukumat ham ularga qarz bermaganligi uchun bu qonundan yirik pomeshchiklar va ingliz-amerika aksiyali jamiyatlari foydalandilar va katta-katta yer maydonlarini juda arzonga sotib olib, ularda chorvachilik xo‘jaliklari tashkil qildilar.

Ayni vaqtda hindularni yerlaridan haydab, ularni deyarli butunlay qirib tashlash prossesi avj olgan edi. Pomeshchiklarni hukumatlari hindularga qarshi katta-katta harbiy ekspeditsiyalar yuborib turardilar.

1872, 1878, 1879 va 1886 yillardagi ekspeditsiyalar ayniqsa katta bo‘ldi. Himoyasiz hindularga qarshi jazo ekspeditsiyalarini tashkil qilish tashabbuskorlaridan biri ayyor va haddan tashqari shavqatsiz general Roka edi. U hamma yerda hindu qishloqlariga o‘t qo‘ydi, o‘zi o‘tgan yo‘lidan hindularning minglab jasadlarini qoldirib ketdi.

Bu bosqinchilik yurishlari “cho‘llarni zabt etish” deb atalardi. 1870-yildan 1914-yilgacha Argentinada hindularning soni rasmiy sur’atda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatiga qaraganda 4 marta kamayib ketgan14.

Buyenos-Ayresdan janubroqda hindularning hosildor yerlari uchastkalarga bo‘linib ekspeditsion armiyalarning ofiserlari va soldatlariga bepul ulashildi.

Soldatlar esa o‘z navbatida bu yerlarni qora chaqaga chet el kompaniyalari agentlariga va Argentina boylariga sotardilar.

Shunday qilib hindularni talash va qirib tashlash hamda odamlar yashamagan davlat yerlarini vahshiylarcha sotib yuborish va ulashib berish protsessida latinfundiyachi va o‘rmonlarga ega bo‘lgan badavlat aholi tabaqasi paydo bo‘lmoqda edi.

“Hindularni talash va pomeshchiklik yer egaligining kuchayishi” sarlavhali beshinchi faslni tugallar ekanmiz xulosalarimiz quyidagicha bo‘ldi.

1874-1890-yillar Argentinada reaksiya kuchlari bosh ko‘targan davr bo‘ldi.

Pomeshchiklar hukumatga o‘z ta’sirlarini o‘tkazib, hatto prezidentlarni ham o‘zlari saylaydigan va xalqni majbur qiladigan darajaga yetdi, ayni vaqtda hindular (mahalliy aholi)ni yerlarini tortib olib o‘zlarini qirg‘in qilishgacha bordilar. Shuning uchun mamlakatda boshlangan islohotlar samarasi nihoyatda kam bo‘ldi. Bu islohotlar mamlakatni ham sanoatini rivojlantirish, ham qishloq xo‘jaligini taraqqiy ettirishga qaratilgan tadbirlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsada, ular bir tomonlama, faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarnii yetishtirish va qayta ishlashga bo‘ysundirilgan edi. Bu aslida AQSH olib borayotgan siyosat bo‘lib, ular Argentinani doimiy ravishda o‘z hukmronliklari ostida ushlab turish siyosatini olib borganlar. Bunday siyosat oxir-oqibat Argentinani industrial davlatga aylanishi va uning iqtisodiy qudratining yuksalishiga to‘sqinlik qilgan.


Download 211.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling