X U L O S A
Argentinaning mustaqillikka erishishi va taraqqiy etishi mavzusidagi ushbu bitiruv malakaviy ishimizni yakunlar ekanmiz quyidagi umumiy xuloslarga keldik:
Birinchidan, Lotin Amerikasida mustaqil davlatlar – Argentinaning tashkil topishi jarayoni bayon etildi.
Ikkinchidan, Argentinaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli o‘rganildi va qoloq, agrar davlat ekanligi ko‘rsatib berildi.
Uchinchidan, AQSH ning Lotin Amerikasi qit’asida hukmronligi sabablari ochib berildi.
To‘rtinchidan, XIX asr oxiridagi islohotlar va ularning natijalari hamda ahamiyati yoritildi.
Beshinchidan, Xindularni talash va pomeshchik yer egaligining kuchayishi sabablari ko‘rsatildi.
Oltinchidan, Qishloq xo‘jaligi va sanoatning o‘sishi tavsiflandi.
Yettinchidan, Ishchilar harakati ularning ahvoli o‘rganib chiqildi.
Sakkizinchidan, Argentinaning 1-jahon urushi arafasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hayoti bayon etildi.
Bitiruv malakaviy ishimiz bo‘yicha amaliy tavsiyalarimiz shuki, ushbu mavzu kam o‘rganilgan, uni kelgusida yanada kengroq o‘rganish maqsadga muvofiq.
Hozirgi kunda Yurtboshimiz I.A.Karimov Vatanimiz tarixini chuqur o‘rganish bilan birga jahon tarixi, madaniyati va iqtisodiyotini ham yaxshi bilish vazifasini qo‘yganlar. Bu prezidentimizning: “Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bu zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar jarayonida egallab turgan o‘rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayotgan hayot talablariga javob berishimiz kechayotgan davr bilan hamqadam bo‘lishimiz shart”28, deb aytgan so‘zlarida o‘z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |