Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Download 211.5 Kb.
bet15/18
Sana09.01.2022
Hajmi211.5 Kb.
#268808
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Argentina BMI

Argentometriya. (yun. argentum – kumush va metreo – o‘lchayman) – miqdoriy analizning titrlash usuli. Kumush nitrat (AgNO3) ning titrlangan eritmasidan foydalanishga asoslangan. Bunda tekshirilayotgan eritma – kumush nitrat eritmasi yoki uning ortiqchasi natriy xlorid (NaСl) eritmasi bilan titrlanadi. Titrlashning oxirgi nuqtasini eritmaning bir tekis loyqalanishiga qarab, shuningdek har xil elektr kimyoviy va fotometrik usullardan foydalanib aniqlash mumkin. A.dan kumush, xlor, brom va b.lar elementlarning at.m. ni aniqlashda, ba’zi mamlakatlarda esa kumush tangadagi kumush miqdorini aniqlashda va umuman anionlari kumush kationi bilan kam eruvchan quyqalar hosil qiladigan tuzlar va kislotalar miqdorini yuqori darajadagi aniqlik bilan o‘lchashda foydalaniladi.

Argillitlar (yun. argillos – gil va lithos – tosh) – gil jinslarning suvda bo‘kmaydigan, toshqotgan, qattiq guruhi. A.gil va gilsimon cho‘kindilarning zichlanishi, suvsizlanishi (degidiratsiya) va sementlanishi natidasida hosil bo‘ladi. A.burmalangan o‘lkalarda hamda platforma oblastining qad.yotqiziqlarida uchraydi.

Argishti 1 – Urartu podshosi (mil.av. 8-a. 1-yarmi). A. podsholigi davrida Urartu Yaqin Sharqdagi qudratli davlatga aylangan. Shim.Suriya, Urmiya ko‘li atrofi, jan.Kavkazortiga egalik qilish uchun Ossuriyaga qarshi muvaffaqiyatli urushlar olib borgan. Kavkazortida A.davrida yirik qal’alar – Erebuni (Yerevan yaqinida) va Argishtixinili bunyod etilgan.

Argishtixinili – Urartu podshosi Argeshti I davrida (mil.av.776 y.) qurilgan shahar-qal’a. Topilgan urart mixxat yozuvlaridan ma’lum bo‘lishicha, Ararat vodiysini zabt etgan urartlar qal’a, saroy va ibodatxonalar bunyod etib, atrofini bog‘-rog‘, tokzorlarga aylantirganlar. Mil. av. 4-a.da A.o‘rnida qad.Armaniston poytaxti – Armavir sh.qurilgan.

Argo – (frans. Argot – jargon) – ma’lum toifa kishilardagina tushunarli so‘zlar mavjudligi bilan umumxalq tilidan farq qiluvchi, biror ijtimoiy toifa, guruh (mas., dallollar, sportchilar, talabalar, o‘g‘rilar va h.k.) ga xos yasama til.

Argon – (Argon), Ar – elementlar davriy sistemasining VIII guruhi elementi, inert gazlar jumlasidan. Tartib raqami 18, at.m. 39,948, birinchi marta 1894 y. da havodan ajratib olingan. A.rangsiz va hidsiz gaz. Suyuqlanish t-rasi 189,4, qaynash t-rasi 185,870. A.odatdagi t-rada atomar holda bo‘ladi, birikish reaksiyalariga kirishmaydi. A.kimyo sanoatida inert muhit vujudga keltirishda, elektr lampochkalarini to‘ldirishda, reklama naylarini (ko‘k-havo rang shuhlalanadi) va yuqori chastotalar texnikasida ishlatiladigan naylarni to‘ldirishda qo‘llaniladi.

Argonavtlar – (yun. Argenautai; Argo – kema nomi va nautes – dengizchi) – yunon mifologiyasidagi qahramonlar. A. “Argo” kemasida ajdaho qo‘riqlab turadigan oltin terini olib kelish uchun Yason boshchiligida Kolxidaga boradilar va sehrgar Mediya yordamida uni qo‘lga kiritib, Yunonistonga olib keladilar. A. haqidagi mif yunon dengizchilarining Qora dengiz qirg‘oqlariga suzib kelishlari ko‘hna tarixini aks ettiradi.


Download 211.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling