Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Argon-yoyli payvandlash –


Download 211.5 Kb.
bet16/18
Sana09.01.2022
Hajmi211.5 Kb.
#268808
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Argentina BMI

Argon-yoyli payvandlash – metallarni himoya gazi – argon muhitida elektr yoy bilan payvandlash. Eriydigan (avtomatik payvandlashda) yoki erimaydigan (dastlabki va avtomatik payvandlashda) elektroddan foydalaniladi. List ko‘rinishidagi metall va qotishmalarni, po‘lat quvurlarni payvandlashda ishlatiladi.

Birinchi jahon urushi natijasida Yevropa eksporti kamayganligi tufayli Argentina milliy iqtisodiyoti gurkirab rivojlana boshladi. Bu hodisa, o‘z navbatidа, mamlakat eksportining o‘sishiga xizmat qildi. Chunonchi, Argentina bug‘doy eksport qilish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa (Kanadadan so‘ng), go‘sht mahsulotlari eksporti bo‘yicha esa birinchi o‘ringa chiqdi. Uning asosiy savdo hamkorlari Buyuk Britaniya va AQSH edi. Xususan, 1920-yilda Buyuk Britaniya va Argentina o‘rtasida savdo ayirboshlashi 817 mln. pesoni, AQSH bilan esa 726 mln pesoni tashkil etdi.

Biroq Braziliya bo‘lganidek, Argentina iqtisodiyotidagi o‘sish ham uzoq davom etmadi. 1920-1921-yillardagi iqtisodiy inqiroz mamlakat iqtisodiyotiga katta talofat yetkazdi. Davlat subsidiyasi asosida ishlayotgan korxonalarda ishlab chiqarish to‘xtab qoldi.

Ayni paytda inqiroz Argentinada ish yuritayotgan chet el korxonalari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi. Chunki ularning moliyaviy ahvoli yaxshi edi. Bu hodisa 1920-1921-yillardagi iqtisodiy inqirozning o‘ziga xos xarakterli belgisi edi. Inqiroz ichki siyosiy vaziyatni murakkablashtirdi. Radikal-fuqaro ittifoqi partiyasi vakili Prezident I.Irigoyyen hukumati (1916-1922) islohatlar yo‘li bilan siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga urindi. Xususan, talabalar tashabbusi qondirilib, universitetlar faoliyati demokratik asosda qayta qurila boshlandi. Bundan tashqari, yirik yer egalarining qudratini cheklashga kirishildi.

Hukumat mehnat qonunchiligi sohasida, ayniqsa, jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, 8 soatlik ish kuni, haftada 1 kunlik dam olish kuni, ishchilarga ta’til berish, ish haqining eng kam miqdori joriy etildi.

I.Irigoyyen hukumati o‘tkazgan islohatlarda izchillik ta’minlanmagan bo‘lsa-da, islohatlar ko‘lami va mazmuni hukmron tabaqalarni tashvishga solib qo‘ydi. Ular mamlakat armiyasi orasida hukumatga qarshi tashviqotni kuchaytirdilar.

1922-yilda o‘tkazilgan prezident saylovida radikal partiyaning boshqa bir vakili M.Alveor (1922-1928) g‘alab qozondi. U yangi tuzgan hukumati tarkibiga harbiylar vakillarini ham kiritdi. 1923-yilda Argentina iqtisodiyotida yana jonlanish yuz berdi. Biroq iqtisodiyotda ko‘zlangan maqsadga erishilmadi. Buning sababi mamlakat qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining jahon bozoriga qaramligi edi. 1925-yildan boshlab jahon bozorida narx-navoning pasayishi mamlakat moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi26.

1927-yilda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida yana I.Irigoyyen (1928-1930) g‘alaba qozondi. Hukumat amalga oshirgan eng katta tadbir neft sanoatining milliylashtirilishi bo‘ldi. Bu hodisa yirik sarmoyadorlar hamda chet el monopoliyalari manfaatiga berilgan katta zarba edi.

Ular endi davlat to‘ntarishi o‘tkazishga qaror qildilar. 1930-yilning 6-sentabr kuni general Xose F. Uriburu boshchiligida davlat to‘ntarishi o‘tkazildi. F.Uriburu o‘zini vaqtincha Prezident deb e’lon qildi. Yangi hukumat mamlakat Kongressini tarqatib yubordi, 8 soatlik ish kunini bekor qildi. Mamlakatda qamal holatini joriy etildi. Matbuot uchun qattiq senzura tartibi o‘rnatildi. Mamlakat neft sanoatini milliylashtirish haqidagi qaror bekor qilindi.

General F.Uriburu mamlakatni noqonuniy ravishda uzoq boshqarishi mumkin emas edi. Biroq u prezident saylovida g‘alaba qozona olmas ham edi. Chunki uning obro‘si yo‘q edi. Shuning uchun ham 1931-yilning noyabr oyida prezidentlikka boshqa general – P.Xusto (1932-1938) nomzodi qo‘yildi va u g‘alaba qildi. Yangi hukumat mamlakatda ish tashlashni man etish hamda qamal holati e’lon qilish haqidagi qonunlarni amalda joriy ettirdi. Iqtisodiyotda davlatning aralashuvi siyosati yuritildi.

Tashqi siyosatda esa Buyuk Britaniya bilan yanada yaqinlashish yo‘li qo‘llanildi. Ayni paytda AQShga qaram bo‘lib qolmaslik, Lotin Amerikasida AQShning ta’siri kuchayib ketishining oldini olishga intildi. Shu maqsadda Argentina tashabbusi bilan Lotin Amerikasi davlatlari o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik va yarashuv to‘g‘risidagi shartnomani imzolandi. Shu shartnomaning mohiyatini to‘g‘ri anglab yetgan AQSH prezidenti F.Ruzvelt 1933-yilda Lotin Amerikasi davlatlari bilan munosabatda “yaxshi qo‘shnichilik” tamoyilini e’lon qildi. Ayni paytda AQSH ham yuqorida nomi tilga olingan shartnomani imzoladi. Bu shartnoma tarixga “Savedro Lamas pakti” nomi bilan kirdi. S.Lamas Argentina tashqi ishlar vaziri edi. Bu Argentina diplomatiyasining katta yutug‘i bo‘lgandi.

Prezident P.Xusto davrida ham mamlakat ichki siyosiy haytida barqarolik ta’minlanmadi. Aksincha, fashizm xavfi vujudga keldi. 1938-yilgi prezident saylovida so‘l kuchlar birlikka erisha olmadilar. Natijada o‘ng kuchlar vakili Roberto Ortis (1938-1940) g‘alab qozondi.

R.Ortis ichki siyosatda qisman bo‘lsa-da, konstitutsiyaviy tartiblarni tiklashga harakat qildi. Repressiya va terror to‘lqini pasaydi. Fashizm jilovlandi. Tashqi siyosatda esa AQSH bilan yaqinlashish yo‘li to‘sildi.

Milliy islohotchilikning yetakchi kuchi milliy burjuaziya edi. Ular millatni iqtisoliy va ijtimoiy taraqqiyot hamda davlat suvirentetini mustahkamlash yo‘lida birlashishga da’vat etdilar. Milliy-islohotchilik harakatlari va partiyalarini tuzdilar.

Milliy-islohotchilik harakati Argentinada katta quloch yoydi. Bu yerda u peronizm nomi bilan ataladi. Peronizm keyinchalik Argentina prezidentligiga saylangan general Xuan Domingo Peron nomidan olingan. D.Peron 1943-yilning 4-iyunida o‘tkazilgan davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga keldi.

U Argentinaliklarni qaramlik, qoloqlikni tugatish va turli ijtimoiy tabaqalar hamkorligiga asoslangan adolatli jamiyat qurish yo‘lida jipslashishga chaqirdi. Imperializmni, oligarxiyani tanqid qildi. Qashshoqlarni himoya qilish zarurligini ta’kidladi. Millionlab aholi D.Peron timsolida o‘zlarining himoyachisi va homiysini ko‘rdilar. Argentinadagi kuchli uyushmasi – “Mehnat umumiy konfederatsiyasi” – uning tayanchi bo‘ldi27.

1946-yilda D.Peron mamlakat prezidentligiga o‘tkazilgan saylovda g‘alab qozondi. D.Peron chuqur ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, ish haqi oshirildi. Umumiy pensiya ta’minoti va haq to‘lanadigan ta’til joriy etildi. Fuqarolarning ijtimoiy huquqlari 1949-yilda qabul qilingan yangi Konstitutsiyada mustahkamlanib qo‘yildi. Iqtisodiy siyosatda chet el kompaniyalariga qarashli mulklarni sotib olish yo‘lini qo‘lladi. Temir yo‘l, aloqa, Markaziy bank va boshqa muhim sanoat korxonalari milliylashtirildi.

Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yillik rejasi ishlab chiqildi. Milliy sarmoya rag‘batlantirildi. Chetdan keltiriladigan mahsulotlarni Argentinaning o‘zida ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat tarmog‘ini yaratish siyosati yuritildi.

Biroq 50-yillarning o‘rtalariga kelib vaziyat o‘zgardi. Eksport tovarlarining narxi pasayishi davlat daromadining pasayishiga olib keldi. Mamlakatda iqtisodiy o‘sish sur’ati ham pasaydi. Uni yuqori darajada saqlab turish uchun mablag‘ yo‘q edi. Valyuta zaxirasining katta qismi chet elliklarga qarashli kompaniyalarni sotib olishga sarflab qo‘yilgan edi.

Bu hol boshlangan keng miqyosdagi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni chuqurlashtirish imkoniyatini cheklab qo‘ydi. Natijada mamlakatda chuqur norozilik kelib chiqdi.

Demografik o‘zgarish qishloq aholisini ketishga majbur etdi. Natijada Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardayoq shahar aholisining soni qishloq aholisining sonidan oshib ketdi.

Ayni paytda siyosiy hayotning markazi ham shaharga ko‘chdi. Mintaqa davlatlarining aksariyati milliy islohotchilik yo‘lini tanladi.




Download 211.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling