Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Argentina davlatining umumiy tafsiloti


Download 211.5 Kb.
bet13/18
Sana09.01.2022
Hajmi211.5 Kb.
#268808
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Argentina BMI

2.6. Argentina davlatining umumiy tafsiloti.

Argentina (Argentina), Argentina Respublikasi (Republika Argentina) – Jan.Amerikadagi davlat. Qit’aning jan-sharqiy qismini, Olovli Yerning sharqiy qismini va bir qancha orollarni egallaydi. Atlantika okeani sohilida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 22 viloyat (provinsiya), federal (poytaxt) okrugi va Olovli Yer hududiga bo‘linadi. Mayd. 2767 ming km2. Aholisi 36,1 mln. kishi (1999). Poytaxti Buenos-Ayres sh.

Davlat tuzumi. A. – federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994 y. 24 avg.da qabul qilingan. Davlat boshlig‘i – prezident. Prezident va vitseprezident 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat – Milliy kongress (parlament). Kongress ikki palata: senat va deputatlar palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyat prezident va hukumatdir.

Tabiati. A.ning sharqi keng tekisliklardan va g‘arbi tog‘lardan iborat. Mamlakatning butun shim-sharqini La-Plata pasttekisligi (Gran-Chako, Sharqiy Pampa tekisligi), jan-sharqini Patagoniya yassi tog‘ligi egallaydi. G‘arbdagi tog‘ yon bag‘irlari balandlasha borib, And tog‘lariga ulanib ketadi. Jan. Amerikaning eng baland nuqtasi Akonkagua (6960 m) ham A. hududidadir. Foydali qazilmalari: neft, gaz, temir, polimetallar, uran, mis, qalay, volfram va b. Rudalar. A.tekislik qismining iqlimi – tropik va subtropik, jan.da – mo‘tadil. Eng issiq oy (yanv) ning o‘rtacha harorati shim.da 280, jan.da 100, iyulning o‘rtacha harorati shim.da 180 va jan.da 10. Tog‘larda iqlim mo‘tadil sovuq. Yiliga Patagoniyada 100-300 mm, shim-sharqda 1400-1600 mm, Andning sharqiy yon bag‘irlarida 5000 mm gacha yog‘in yog‘adi. Asosiy daryolari: Parana, Paragvay, Urugvay, Rio-Salado, Rio-Kolorado, Chubut, Rio-Negro. A. Qo‘llarining aksariyati muzliklardan paydo bo‘lgan (Naul-Uapi, Buenos-Ayres, Vyedma va b.). A. Hududining salkam 20% doimiy ko‘m-ko‘k va bargi to‘kiluvchi o‘rmonlar bilan qoplangan. Gran-Chakodagi qizil tuproqda siyrak o‘rmon, Pampadagi unumdor qoratuproqda pichanzor dashtlar, Patagoniyada – yarim cho‘l. A.ning milliy bog‘lari – Igausu, Lanin, Nauel Uapi va b.



Aholisi. Argentinlar (mamlakat aholisining 90%) asosan yevropalik muhojirlardan shakllangan. Shuningdek italyanlar, yahkudiylar, ukrainlar, ispanlar, katalonlar, polyaklar, nemislar, fransuzlar va b.lar ham yashaydi. Tub joy aholisi – indeyslarning aksariyati yevropaliklarning mustamlakachilik harakatlari jarayonida qirilib ketgan. Ularning oz qismi (kechua, tupi-guaranlar va b.) A.ning shim.g‘arbida va Paragvay bilan bo‘lgan chegara yaqinida yashaydi. Rasmiy tili – ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km2 ga 9 kishidan ko‘proq. Aholining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario, La-Plata. Tarixi. Qadim zamonlarda A.hududida ko‘p sonli indeys qabilalari bo‘lgan; ular o‘troq hayot kechirar, dehqonchilik, baliqchilik, ovchilik bilan shug‘ullanar, rangli metallar eritishni, to‘qimachilikni bilar edi. Shim-sharqda va markazda guaranlar, tapeslar va b.yashar, janubda araukanlar va patagonlar ko‘chib yurar edi. 16.a.ning 1-yarmida hoz. A.hududi ispanlar tomonidan bosib olina boshladi. Ispanlar bu mamlakatni Rio-de-La-Plata (ispancha kumush) daryosi nomi bilan La-Plata deb atadilar. Mustamlakachilarga qarshi indeys qabilalari bir necha marta isyon ko‘tardi (1580, 1630, 1657, 1710-11y.lar). 1776 y.da hoz A.hududi butunlay Rio-de-La-Plata vitse-qirolligi tarkibiga qo‘shib olindi. A.da katta feodal yer egaligi vujudga keldi. Amerikadagi ispan mustamlakalarining 1810-26 y.lardagi mustaqillik uchun urushi vaqtida kreollar (dastlabki ispan kelgindilarining avlodlari) M.Belgrano va X.San-Martin rahbarligida 1810-16 y.larda ispan mustamlakachilariga qarshi qurolli kurash olib bordilar. Kurash boshlangan 25 may kuni argentin xalqining milliy bayrami bo‘lib qoldi. 1816 y.da viloyatlar vakillarining Tukuman sh.dagi kongressi La-Plata Birlashgan viloyatlarini mustaqil deb e’lon qildi. 1826 y.da A.Federativ Respublikasi tuzildi. 19-a. Mobaynida vujudga kela boshlagan burjuaziya manfaatlarini ifodalovchi unitariylar bilan yer egalari manfaatlarini himoya qiluvchi federatsiyachilar o‘rtasida kurash davom etdi. 19-a. 2-choragida A.da Buyuk Britaniya iqtisodiy va siyosiy mavqei mustahkamlandi, 1833 y.da u Folklend (Malvin) o.larini bosib oldi. 19-a. oxirlarida mamlakatga Amerika va Germaniya kapitali kirib keldi. Hukmron davlatlar A.ni siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni go‘sht, don va b.hom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatga aylantirdilar. 19-20-a.lar bo‘sag‘asida A.da sanoat rivojlandi. 19-a.ning oxiridan A.da turli harbiy diktaturalar hukmronlik qildi. 2-jahon urushi yillarida A.betaraflik e’lon qilgan bo‘lsa ham, aslida fashistlarga ko‘maklashdi. 1945 y. Martidagina Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush e’lon qildi. 1945 y.dan A.-BMT a’zosi. 1943 y.gi harbiy to‘ntarish natijasida bir guruh ofitserlar hokimiyatni qo‘lga oldilar. Ularning rahbarlaridan biri general X.D.Peron (1946-55 va 1973-74 y.larda A.prezidenti) hukmron ajnabiy davlatlarning mavqeini zaiflashtirish hisobiga mamlakatdagi yuqori tabaqani mustahkamlash siyosatini yuritdi. 1976 y.da general Videla hukmronligi davrida zo‘ravonlik va tartibsizliklarga qarshi qattiq choralar joriy etildi, iqtisodiyotni mustahkamlashga kirishildi. 1981 y.da Roberto Viola prezident etib saylandi, ammo harbiylar keyinroq uni ag‘darib tashladilar. Shu davrda (1982 y.) Folklend (Malvin) o.lari Buyuk Britaniyaga qarashliligini tan olmagan A.ularni egallashga urinib ko‘rdi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1983 y.dagi yalpi saylov natijasida Raul Alfonsin prezident etib saylandi. 1999 y.dan esa Fernando de la Rua A. Prezidenti. 1993 y. 9 sent.da O‘zbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabаtlari o‘rnatgan23.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Fuqaro radikal ittifoqi, 1889 y.da taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tuzilgan. Birlik va taraqqiyot harakati 1957 y.da Fuqaro radikal ittifoqi partiyasidan ajralib chiqqan guruh negizida tuzilgan; Xalq sotsialistik partiyasi, 1982 y.da tuzilgan; Murosaozlik partiyasi, 1963 y.da. Birlik va taraqqiyot harakati partiyasi bo‘linishi natijasida vujudga kelgan; Xustialistik (adolat) partiyasi, 1947 y.da X.Peron tomonidan tuzilgan; Taraqqiyparvar demokratik partiya, Sotsial-demokratik partiya, Demokratik markaz ittifoqi, Xristian-demokratik partiya ham bor. Umummehnat konfederatsiyasi 1930 y.da tuzilgan.

Xo‘jaligi. A. iqtisodiy jihatdan Lotin Amerikasida eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Foydali qazilma konlari ko‘p, malakali ishchi kuchiga ega. Q.h., sanoatning turli tarmoqlari rivojlangan. Ammo 80-y. lar oxirida boshqaruvning samarasizligi oqibatida A.iqtisodiyoti barbod bo‘lish arafasida edi. 1989 y.da saylangan yangi hukumat iqtisodiyotni isloh qilish dasturini amalga oshirdi, natijada A.yana barqaror rivojlana boshladi. 1991 y.da qabul qilingan konvertatsiya to‘g‘risidagi qonunga binoan ko‘pchilik davlat korxonalari xususiylashtirildi, iqtisodiyotga chet el investitsiyalari jalb etila boshladi, budjetga soliqlardan tushum yaxshilandi, ishchilarga kompensatsiya to‘lash tizimi yaratildi.

Sanoati A.asosan, q.h.xom-ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yetakchi tarmoq – oziq-ovqat (go‘sht, yog‘, un, vinochilik, konserva, qand-shakar) sanoati. Go‘sht yetishtirish va eksport qilish sohasida A.dunyoda oldingi o‘rinlardan birida turadi. To‘qimachilik, charm-poyabzal tarmoqlari rivojlanganyu Og‘ir industriyada mashinasozlik (traktor, q.x. mashinalari, avtomobillar, stanoklar, elektr texnika asbob-uskunalari va b.), neftni qayta ishlash, qora metallurgiyaning salmog‘i katta. Sement, sellyuloza-qog‘oz korxonalari bor. Neft, gaz, qo‘rg‘oshin, ruh, temir, uran, berilliy va volfram rudalari qazib olinadi. Yoqilg‘i-energetika balansining salkam 85% ni neft va gaz tashkil qiladi. AES lar qurilgan. Asosiy sanoat markazlari: Buenos-Ayres, Rosario, Kordova, La-Plata.

Qishloq xo‘jaligi. A.chorvachilik mahsulotlarini, don va moyli ekinlar hosilini tovar sifatida tayyorlashga ixtisoslashgan. Yirik yer egaligi rivojlangan: 1 ming dan ortiq yerga ega bo‘lgan xo‘jaliklarga hamma yerlarning 75% qaraydi. Q.x.ga yaroqli yerlarning faqat 20% ga ekin ekiladi. Q.x.ning yetakchi tarmog‘i chorvachilik bo‘lib, unda go‘sht yetishtiriladigan qoramolchilik va go‘sht-jun olinadigan qo‘ychilik ustun turadi. A.da qoramollar 51 mln., qo‘ylar – 29 mln., cho‘chqalar – 4,1 mln.boshni tashkil etadi. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i – g‘allachilik. Bug‘doy, makkajo‘xori, javdar, suli, arpa, texnika ekinlaridan – kungaboqar, zig‘ir, paxta yetishtiriladi. Muhim yem-xashak ekini – beda. Bog‘dorchilik, tokchilik rivojlangan. Qimmatbaho daraxt navi, jumladan dubil ekstrakti olinadigan kebracho tayyorlanadi. Baliq ovlanadi.

Transporti. T.y.lar uzunligi – salkam 34,1 ming km, avtomobil yo‘llari – 211,4 ming km. Asosiy porti – Buenos-Ayres. Xalqaro aeroporti – Eseysa (Buenos-Ayres yaqinida).

Chetga chiqariladigan q.x. mahsulotlarining 80% go‘sht, don, yog‘, xom teri, jun, ho‘l mevalarga to‘g‘ri keladi. Chetdan mashinalar, transport vositalari, metall, yoqilg‘i, kimyoviy tovarlar keltiriladi. Asosiy savdo mijozlari: AQSH, Braziliya, Italiya, Germaniya va Yaponiya. Pul birligi – peso.

Tibbiy xizmati. A.da 133, 8 ming o‘rinli kasalxonalar (1 ming aholiga 6 o‘rin) bor. 53,7 ming shifokor (450 aholiga 1 shifokor) tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Davlat sog‘liqni saqlash tizimi tibbiy yordamin sug‘urtalash va xususiy tibbiy yordamni sug‘urtalash va xususiy shifokorlar xizmati bilan birga qo‘shib olib boriladi. Shifokorlarni un-tlarning 9 tibbiyot f-ti tayyorlaydi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. A.da 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni majburiy ta’limi joriy etilgan. Davlat o‘quv yurtlari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Boshlang‘ich maktablarda 3471 ming, o‘rta o‘quv yurtlarida (umumiy ta’lim, hunar, ped. va.maktablarda) 1125 ming o‘quvchi o‘qiydi. Buenos-Ayres, Kordova, La-Plata, Santa-Fe va b.shaharlarda un-tlar bor. Bir qancha tarmoq akademiyalari, i.t.institutlari va ilmiy jamiyatlar ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Buenos-Ayresda Milliy kutubxona, un-t kutubxonasi va b.bor. tabiiy fanlar, Antarktika, tarix, rassomlik va b.muzeylar mavjud.

Matbuoti, radioeshittirish, teleko‘rsatuvi. Eng ko‘p tarqalgan gaz.lar: “Rason” (“Aql-idrok”, 1905 y.dan), “Prensa” (“Matbuot”, 1869 y.dan), “Gaseta” (“Gazeta”, 1912 y.dan). “Telenotisiosa amerikana” hukumat agentligi 1945 y. tashkil etilgan. 52 xususiy radiost-ya alohida uyushmagan birlashgan. Teleko‘rsatuv 1951 y.dan mavjud. 1959 y.da 22 xususiy telest-yalar uyushmasi tuzilgan24.

Adabiyoti. A.da yashagan indeys qabilalarining og‘zaki ijodi namunalari bizgacha yetib kelmagan. Biroq xalq she’riyati o‘ziga xosligini saqlab qolgan. 16-a.dan 19-a. boshlarida M.de Lavarden, D.de Asuenaga va b.lar ijodida ma’rifatparvarlik tamoyillari namoyon bo‘ldi. 1810-26 y.lar Ispaniyaga qarshi urush va milliy-ozodlik harakati davrida adabiyotda vatanparvar klassizm, V.Lopes-i-Planes (uning “Vatanparvarlik marshi”, 1810, A. madhiyasi bo‘lib qolgan), E.de Luka, X.Kruves Varela asarlari paydo bo‘ldi. Mamlakat mustaqilligi e’lon qilinganidan keyin yangi oqim vakili – faylasuf va milliy poeziya asoschisi E.Echveria she’rlar, dramalar, dostonlar yozdi. Shoir, hikoyanavis, tarixchi olim va adabiyotshunos X.M.Gutyerres argentin romantik prozasining dastlabki namunalarini yaratdi. Publitsist va jamoat arbobi D.F.Sarmyento o‘tkir maqolalar yozdi. 19-a. 2-yarmida “gaucho adabiyoti” urf bo‘ldi, uning asosini pampa aholisining og‘zaki ijoji tashkil qilar edi. 50-70-y.larda I.Askasubi asarlari (siyosiy va lirik qo‘shiqlar, “Santos Vega” she’riy romani, 1851), X.Marmol (dastlabki milliy roman “Amaliya”, 1855), H.Ernandes (uning “Martin Fyerro” qahramonlik dostoni, 1-2-qismlari, 1872-79, milliy adabiyotning eng salmoqli asaridir) asarlari va b.dunyoga keldi. 19-a.o‘rtalarida xalq urf-odatlarini ifodalovchi adabiyot vujudga keldi. Bu oqim namoyandalari L.V.Lopes, E.Vilde, M.Kane va b.dir. 20-a.20-y.larida B.Linch, R.Guyraldeslarning ijtimoiy romanlari chiqdi. 20-a. 2-yarmida E.L.Kastro, A.Varel, R.Larra, X.Kortasar romanlari paydo bo‘ldi.

Tasviriy san’at va me’morligi. A. tub joy aholisining mustamlakachilikdan avvalgi san’ati (16-a.) matolarga solingan geometrik naqshlardan, jig‘alardan, guldor va jimjimador sopol buyumlardan, tosh, yog‘och va loydan yasalgan haykalchalardan iborat edi. A.da milliy rassomlik 19-a. da yuzaga kelib, 20-a. boshlarida taraqqiy etdi. Rassomlar ijodida milliy mavzu, xalq obrazi katta o‘rin egalladi. 19-a. Oxirlarida tarkib topgan milliy haykaltaroshlik 20-a. O‘rtalarida badiiy yuksaklikka ko‘tarildi. A.da mahalliy xalq – indeyslarning me’moriy an’analari kam saqlangan. 18-a.dan boshlab A.me’morligida barakko uslubi hukmronlik qildi. Bu uslubda qurilgan binolardan biri Kordovadagi Kompaniya ibodatxonasidir. Ibodatxonaga ispan iyezuitlari asos solganlar (1646). Hozir ibodatxona Kordova un-ti majmuasiga kiradi. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida A.da mumtoz me’morlik uslubi tarqaldi. Avvalo, aniq va yaxlit (mas., Buenos-Ayresdagi ibodatxona peshayvoni, 1804), keyinchalik 19-a.oxiri – 20-a.boshlarida elektik va hashamatli binolar (Buenos-Ayresdagi “Kolon” teatri, 1908) qurildi. Bu davr turar joy binolari ko‘pincha katta ayvonli bo‘lgan. 20-a.dan hoz. zamon me’morligi rivojlandi. Buenos-Ayresda va mamlakatning boshqa shaharlarida ko‘p qavatli, yaxlit oyna va temir-betondan mehmonxona, bank kabi ma’muriy binolar ko‘plab qurilgan.

Musiqasi. Hoz.zamon. A.hududida yashagan indeys qabilalari hayoti va turmushida musiqa katta o‘rin olgan. And xalqlari – ayniqsa kechua va b. rivojlangan va o‘ziga xos musiqa madaniyatiga ega bo‘lgan; ularning dilrabo yaravi qo‘shiqlari, uayno raqs ohanglari, cholg‘u asboblari (kena nayi va zarbli asboblari) hozirgacha saqlanib qolgan. A.milliy musiqa maktabi 19-a.oxirlarida tarkib topa boshladi. Buenos-Ayresdagi konservatoriya asoschisi, asosan yevropacha kuylar, orkestr va kamer asarlar muallifi A.Vilyams bu maktabning bunyodkorlaridan bo‘ldi. “Pampa” operasining ijodkori A.Berutti A.ning yirik kompozitori bo‘lgan. “Pampa” asarida argentin xalq musiqasiga xos ohanglar yangragan. Buenos-Ayresda “Kolon” opera teatri, 2 konservatoriya, simfonik orkestr, Kordova va La-Platada konservatoriyalar bor.

Teatri. Indeys qabilalarining raqslari va marosim taomillarida teatr harakatlari elementlari bo‘lgan. 16-a.da havaskorlar truppalari maydonga keldi. 1783 y. Buenos-Ayresda “Komediya uyi” nomli birinchi teatr binosi qurildi. 19-a. boshlarida L.A.Morante, K.Enrikes, X.M.Sanches kabi mahalliy dramaturglarning pyesalari shuhrat topdi. 19-a.ning 80-y.larida bosh qahramoni chorvador, dehqon bo‘lgan romantik melodrama janri yuzaga keldi. 19-a.da va 20-a.boshlarida “Viktoriya”, “Apolo” teatrlarida ijtimoiy isyon mavzuidagi pyesalar qo‘yildi. 1920-y.larda A.teatri inqirozga uradi. Ammo bir necha mustaqil teatrlar vujudga kelib, teatr san’atini qayta tiklash va yaxshilashga kirishildi. Ularda milliy dramaturglardan O.Dragun, A.Kusani, K.Gorostisa, L.Barlettalarning asarlari qo‘yilgan. 1935 y.da Buenos-Aresda Milliy komediya teatri bilan Milliy teatrshunoslik in-ti tashkil topdi. 1943 y.da Davlat qo‘g‘irchoq teatri tuzildi. Musiqiy teatr 1825 y.da Buenos-Ayresda birinchi opera spektakli – “Sevilyalik sartarosh” (J.Rossini asari) ni namoyish qildi. 1877 y.da F.Argreaves birinchi A.operasi “Oq mushuk” ni yaratdi. 1925 y.dan milliy balet truppasi ish boshladi: “Kometalar”, “Panambi” kabi milliy baletlar ko‘rsatildi. Hoz.vaqtda Buenos-Ayres A.teatr san’atining markazi bo‘lib, bu yerda “El Pueblo”, “La Maskara”, “Fray Mocho” kabi mustaqil teatrlar, Milliy komediya teatri, “Odeon” kabi tijorat teatrlari ishlamoqda.

Kinosi. A.da film yaratish 1897 y.dan boshlandi. 1908 y.da italiyalik rej. M.Galyo “Dorregoning otilishi” degan birinchi filmni yaratdi, unda teatr aktyorlari ishtirok etishdi. Keyinchalik rej. X.A.Ferreyra (“Gaucho qo‘shig‘i”, 1930), L.Zaslavskiy (“Qochish”, 1937) va b.bir necha film yaratdilar. U Petit de Murat (“Gaucho urushi”). S.Pondel Rios (“111-kilometr”, E.Amorim (“Keksa doktor”) kabi kinossenariychilar barakali ijod qildilar. Keyingi yillarda ishqiy sarguzasht filmlar, kinokomediyalar ishlandi, ayrim adabiy asarlar ekranlashtirildi. A.yirik kino i.ch.firmalari: “Arxentina sono films”, “Kontrakuadro”. Buenos-Ayresda Kino san’ati va kino fani akademiyasi, Milliy kinematografiya inti ishlab turibdi25.


Download 211.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling