Ўзбекистон республикаси олий ва


Download 294.29 Kb.
bet10/18
Sana08.11.2023
Hajmi294.29 Kb.
#1755274
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
ТЖА фан дастури 2023 (2)

IV. Kurs loyihasi bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Kurs loyihasining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlari asosida amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, bevosita ishlab chiqarishdagi real sharoitlarga mos texnik yechimlarni qabul qilish va zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishdir.
Kurs loyihasida talabalar tipik ob’yektni boshqarishni avtomatlashtirish tizimlarini yoki tarmoq texnologik jarayonlarini ishlab chiqadilar. Loyiha kompleks xarakterli bo‘lishi kerak. Kurs loyihasi ishlab chiqilgan avtomatlashtirishning funksional sxemasini, nazoratning texnik vositalarini tanlash, signalizasiya va boshqaruv, nostandart avtomatik qurilmalarni ishlab chiqish, alohida qurilmalar va avtomatlashtirish sxemalari hisobi, vaqtning haqiqiy masshtabida avtomatlashtirilgan nazorati hamda boshqaruvi uchun algoritmlarning tarkibi va dasturlarini o‘z ichiga olishi shart. Loyihaning grafik qismi avtomatlashtirish tizimlarining funksional va struktura sxemasini, avtomatlashtirishning nostandart texnik vositalari chizmalarini, nazorat va boshqaruv algoritmining blok sxemalarini, qurilmalarni tajribaviy va hisobiy tekshirish hamda avtomatlashtirish tizimlarining natijalarini uz ichiga oladi. Har bir talabaga shaxsiy mavzu beriladi.
Kurs loyihasining taxminiy mavzulari

  1. Rostlashning lokal tizimlar bazasida tarmoqning aniq texnologik jarayonini avtomatlashtirish.

  2. Neftni tuzsizlantirish va suvsizlantirish jarayonini avtomatlashtirish.

  3. Tabiiy gazni syeolit yordamida oltingugurt birikmalaridan tozalash.

  4. Bug‘ni qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish.

  5. Neftni atmosferali haydash jarayonini avtomatlashtirish.

  6. Suvni tozalash jarayonini avtomatlashtirish.

  7. Xlorat magniy defoliantini ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish.

  8. Sintetik ammiakni ishlab chiqarishda asosiy jarayonlarni avtomatlashtirish.

  9. Propan-butan aralashmasini olish qurilmasini avtomatlashtirish.

  10. Bug‘ ishlab chiqarish qurilmasini avtomatlashtirish.

  11. Gaz kondensatini qayta ishlash jarayonining rektifikasiya kolonnasini avtomatlashtirish.

  12. Nordon gazlardan oltingugurt olish jarayonini avtomatlashtirish.

  13. Gazni qayta ishlash zavodida gazni quritish jarayonini avtomatlashtirish.

  14. Boshqaruvning taqsimlash tizimlari bazasida tarmoqning aniq texnologik jarayonini avtomatlashtirish.

  15. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi bazasida tarmoq boshqaruvining aniq ob’yektini avtomatlashti­rish.

  16. Tarmoq avtomatik boshqarish sistemasi texnologik jarayonlarining nazorat va boshqaruv algoritmlarini ishlab chiqish.

  17. Ammiak sintezi texnologik jarayonini avtomatlashtirish.

  18. Xlormetanlarni olish jarayonini avtomatlashtirish.

  19. Ammofosni ishlab chiqarishda granulyasiyalosh va quritish jarayonini avtomatlashtirish.

  20. Biokimyoviy ishlab chiqarishda ko‘p korpusli bug‘latish qurilmasidagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish.

  21. Chervyakli mashinaning issiqlik rejimlarini avtomatlashtirish.

  22. Achitqi ishlab chiqarishda fermentlash jarayonini avtomatlashtirish.

  23. Og‘ir neft maxsulotlaridan texnik uglerodni olish jarayonini avtomatlashtirish.

  24. Sutni quritish jarayonini avtomatlashtirish.

  25. Galvanik ruxlash liniyasini avtomatlashtirish.

  26. Syellyulozani pishirish jarayonini avtomatlashtirish.

  27. Syellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish.

  28. Motor moylarini olish jarayonini avtomatlashtirish.

  29. Kaprolaktamni uzluksiz polimerlash qurilmasidagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish.

  30. Viskozani olish jarayonini avtomatlashtirish.

  31. O‘simlik yog‘larini olishda asosiy jarayonlarini avtomatlashtirish.

  32. Suniy yuvish vositalari ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.


Download 294.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling