Zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 0,63 Mb.
|
6-etaj
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matn uslubining (stilistika) pragmatik tahlili ” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ANNOTATSIYASI Tayanch so’zlar
- Tadqiqot obyektlari
- Tadqiqot metodlari
- Amaliy ahamiyati
- Tatbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi
- Qo’llanilish sohasi
ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI Magistratura bo`limi Muxidova Gulnoza Sayfiddinovna Matn uslubining (stilistika) pragmatik tahlili
DISSERTATSIYA Ilmiy rahbar: f.f.f.d., (PhD), dots. Xolikova N.N.
Ilmiy rahbar _________________________f.f.f.d (PhD), dots. Xolikova N.N. Kafedra mudiri ________________________ f.f.n.,dots. Qosimova N.F. Magistratura bo’lim boshlig’i _________________ f.f.n.,dots. To’rayev A.A. Matn uslubining (stilistika) pragmatik tahlili” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ANNOTATSIYASI Tayanch so’zlar: til, pragmatika, ekvivalent, so’z o’zlashtirilishi, tarjima uslubi, qabul qiluvchi til, stilistika, shakl va mazmun. Tadqiqot obyektlari: Elenor H. Porterning “ Pollyanna ” asaridagi pragma – semantik ifodalar tadqiqi belgilab olingan. Ishning maqsadi: ingliz tilidagi pragma – semantik, funksional xususiyatlarining o‘ziga xos badiiy, lingvistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat bo‘lib, matn uslubining tarjimada berilishi tahlillarini amalga oshirish masalalarini o‘z ichiga oladi. Tadqiqot metodlari: tadqiqot jarayonida mavzuning mazmun mohiyatini oydinlashtirishda tarixiy-qiyosiy, sistem-struktur, tavsifiy, chog‘ishtirma, komponent tahlil, etimologik tahlil usullaridan foydalanildi. Olingan natijalar va ularning yangiligi: tarjimashunoslikda matn uslubiga oid masalalar ingliz tili materialida o‘rganilib, o’zbek tilidagi tarjimasi tahlili qilingan hamda ularning pragmatik-semantik yuzasidan xulosalar ishlab chiqilgan; nutqiy aktlar (lokutsiya, illokutsiya va perlokutsiya) pragmatikaning asosiy vositasi sifatida farqlari aniqlangan hamda faktik materiallar asosida dalillangan; matn uslubi semantik-funksional jihatdan o‘rganilgan va ularning til me’yorlariga munosabati bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Amaliy ahamiyati: tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, erishilgan natijalar qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik, tarjiamshunoslik sohasidagi tadqiqotlarni boyitishga xizmat qiladi. Dissertatsiyada keltirilgan nazariy xulosalardan ma’lum tillardagi matn uslubining semantik xususiyatlarini yoritishda manba sifatida foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalari filologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba, tadqiqotchi, tarjimonlar hamda tilshunoslik bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar amaliy va ilmiy izlanishlarida foydalanishlari mumkinligini ko‘rsatadi. Tatbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi: Tadqiqot ishining tatbiq etish darajasi muammoning aniq qo’yilganligi, olimlarning nazariy fikrlariga tayanilganligi, tadqiqotda zamonaviy tilshunoslik va tarjimashunoslik yutuqlaridan kelib chiqqan holda chiqarilgan xulosalarning stilistik, pragma-semantik, tasniflash qiyoslash va statistik tahlil usullari orqali dalillanganligi bilan belgilanadi. Qo’llanilish sohasi: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati chiqarilgan nazariy xulosalar ingliz adabiyotshunosligi, qiyosiy tilshunoslik, leksikologiya sohasidagi tadqiqotlarni boyitishga xizmat qiladi. Download 0,63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling